Oltin bitiklar – Golden Scripts 3-jild 3-son (2021)
“Yusuf va Zulayxo” dostonlaridagi obrazlar tizimi: DOI 10.52773/tsuull.gold.2021.3/BQVQ1492
Jumayeva, Dilnoza
Annotatsiya
Mazkur maqola “Yusuf va Zulayxo” turkumidagi dostonlar obrazlar tizimining tahliliga bag’ishlangan. Dunyo matnshunosligida ilohiy-ma’rifiy manbalar asosidagi sayyor syujetlar, jumladan, “ahsan-ul-qisas” deb ta’riflangan “Yusuf va Zulayxo” qissasi muayyan darajada о‘rganildi. Lekin har bir davr tadqiqotchilar oldiga yangi ilmiy muammolarni qо‘yadi. Ularga tо‘g‘ri ilmiy-nazariy yechim topish uchun masalaning ildiziga – birlamchi manbalar tahliliga, о‘rganilayotgan adabiy materialning genezisi hamda matn yuzaga kelishining barcha jarayonlari tadqiqiga e’tibor qaratish alohida ahamiyatga ega. “Yusuf va Zulayxo” turkumidagi dostonlarni ana shu aspektda о‘rganish matnshunoslik ilmi oldida turgan muhim vazifalardandir. Maqolada Abdurahmon Jomiyning “Yusuf va Zulayxo” dostoni (Ogahiy tarjimasi), Durbek, Mirzo Olim Devona va Xolis qalamiga mansub yusufnoma turkumidagi dostonlar hamda Nurmuhammad Andalibning ushbu mavzudagi qissalaridagi obrazlar turkumi o‘zaro qiyoslanib tahlil qilingan.
sayyor syujet, qissa, “Yusuf va Zulayxo”, doston, obraz.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex toʻliq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.