Oltin bitiklar – Golden Scripts Volume 4 Issue 4 (2021)
Rind, rindlik va rind timsoli etimologiyasi xususida: DOI 10.52773/tsuull.gold.2021.4/PWED6978
Boboqulova, Oyjamol
Abstract
Maqolada adabiyotshunosligimizda kam o‘rganilgan rind va rindlik masalasi xususida fikr yuritilgan. Rind tabiatini ochib berishda muhim o‘rin tutgan may istilohi ildizlari ilmiy nuqtayi nazardan tahlil etilgan. Rind timsolining etimologiyasi hamda ushbu atamaning timsolga aylanishiga asos bo‘lgan omillar xususida mulohazalar bildirilgan. Sharq xalqlari ijtimoiy-madaniy hayotida muayyan o‘rin tutgan rindlikning tasavvufga oid nazariy manbalarda inson ma’naviy kamolotining muhim belgilarini mujassamlashtirgan faoliyat sifatida e’tirof etilishi aniqlangan. Rindlikni o‘rganishda tayanch tushunchalardan biri – may istilohidir. Rindona she’riyatda may majozan qo‘llangan timsolmi yoki uning moddiy asosi (mayning mast qiluvchi xususiyatlari) bilan aloqadorligi ham saqlanib qolganmi? Rind va rindlik mohiyatini anglashda bu ikki jihat o‘rtasidagi uyg‘unlikning o‘rni qanday? Muallifning ushbu masalalar xususidagi fikrlari rind va rindlik haqiqatini ochishga ko‘mak beradi.
rind, rindlik, timsol, etimologiya, may, tasavvuf, azal, istiloh.
Metadata source: the journal's OAI-PMH archive · Sindex does not store the full text; it links to the source.