Oltin bitiklar – Golden Scripts 1-том 1-сан (2022)
Badiiy asarni sharhlash mezonlari: mushtaraklik va o‘ziga xosliklar: DOI 10.52773/tsuull.gold.2022.4.1/PUTC3648
Eshonqulov, Husniddin
Аннотация
Maqolada badiiy asarni sharhlash tushunchasi, jumladan, katta bir asarni to‘liq – kitob holida sharhlash, lirik turning muayyan janrida yozilgan asarga sharhlar bitish singari an’analarning mavjudligi xususida so‘z yuritiladi. Unda “tahlil”, “talqin”, “tafsir” va “ta’vil” singari istilohlarning mohiyatan “sharh”ga yondosh ma’nolarda qo‘llanilishi, ulardagi mushtaraklik Rahmoniy kalom yoki badiiy, ilmiy, falsafiy, diniy, tasavvufiy asarlarni soha mutaxassisi, yirik tadqiqotchi olimlar tomonidan kitobxonga tushuntirishda namoyon bo‘lishi, garchi ayrim o‘rinlarda “oyat sharhi” jumlasi qo‘llanilsa-da, uni oyatning izohi, tafsiri ma’nosida tushunish maqsadga muvofiqligi hamda ayni tushunchalarning o‘ziga xosliklari manbalarga tayangan holda ko‘rsatiladi. Sharhda tahlil va talqinga xos unsurlar mavjud bo‘lsa-da, biroq uning tadqiqot yoki interperetatsiya sanalmasligi, tahlil o‘z qamrovining kengligi, mutaxassisga yoki ommaga mo‘ljallanganlik xarakteri va shu kabi tasniflari bilan sharhdan farqlanishi, sharhda, ko‘pincha, o‘quvchiga tushunilishi murakkab bo‘lgan ilohiy-irfoniy tushuncha va iboralar, tamsil va timsol kabilarni soddaroq anglatish nazarda tutilishi, ayni jihatiga ko‘ra sharh ommaga mo‘ljallanishi kabir masalalar ochib beriladi.
sharh, tafsir, ta’vil, tahlil, talqin, yirik hajmli asarni sharhlash, lirik janrdagi asarlarni sharhlaish.
Метадайындар булагы: журналдын OAI-PMH архиви · Sindex толук текстти сактабайт, булакка шилтеме берет.