Oltin bitiklar – Golden Scripts Ҷилди 2 № 2 (2022)
Mavlono Faxruddin Aliy Safiy Koshifiy Hiraviyning yangi topilgan asarlari: DOI 10.52773/tsuull.gold.2022.2/MAFT9316
Umurzoqov, Bahriddin
Аннотатсия
Mazkur maqola, xususan, Faxruddin Aliy Safiy Koshifiy Hiraviy (vaf. 939/1532-1533)ning ilmiy-adabiy merosi, ijodkor yozgan asarlarning sanog'i, ulardan Aliy Safiy qalamiga tegishli bo'lmaganini ajratish hamda ota va o'g'il Koshifiylar asarlarining mualliflik masalasiga yanada aniqlik kiritish kabi matnshunoslik va adabiy manbashunoslik yo'nalishidagi muhim masalalar tahliliga bag'ishgan.Maqolada Faxruddin Aliy Safiyning shu kungacha fanga noma’lum bo‘lgan “Sharhi Masnaviy”, “G‘azali Aliy Safiy”, ‘Tuhfat ul-Xoniy” kabi bir nechta yangi asarlari qo‘lyozmalari haqida ma’lumotlar berilgan. Muallif Faxruddin Aliy Safiy Koshifiy Hiraviyning (vaf. 939/1532–1533) ilmiy-adabiy merosini o‘rganib chiqib, ulardan Aliy Safiy qalamiga tegishli bo‘lmaganlarini ajratish hamda ota-o‘g‘il Koshifiylar (Mavlono Husayn Voiz Koshifiy uning otasi bo‘lgan) asarlarining mualliflik masalasiga aniqlik kiritish kabi matnshunoslik va adabiy manbashunoslik yo‘nalishidagi muhim masalalarga e’tibor qaratgan.
qo‘lyozma, manbashunoslik, “Sharhi Masnaviy” – “Lubbi lubob”, “Kitobi Ma’naviy fiy intixobi al-Masnaviy”, ‘Tuhfayi Xoniy” (“Xoniyga tuhfa”), “G‘azali Aliy Safiy”, “Devon” (G‘azallar to‘plami), e’tiqod, odob-axloq (etika), tasavvuf, irfon.
Манбаи метамаълумот: бойгонии OAI-PMH-и маҷалла · Sindex матни пурраро нигоҳ намедорад, ба манбаъ пайванд медиҳад.