Oltin bitiklar – Golden Scripts Том 3 № 3 (2022)
Alisher Navoiy devonlarining Turkiston va boshqa hududlardagi toshbosma nusxalari
Rustamova, Dilnoza
Аннотация
Jahon sivilizatsiyasiga sabab bo‘lgan Gutenberg ixtirosidan qariyb besh asr o‘tib, Turkistonga matbaachilik kirib kelgan bo‘lsa-da, uning jadal rivojlanishi o‘lka madaniy hayotida jiddiy ahamiyat kasb etdi. Turkiston general gubernatorligi va Xiva xonligida dastlab, davlat matbaalari, so‘ngra xususiy matbaalar paydo bo‘lishi mahalliy kitoblarning keng yoyilishida davrning asosiy ko‘makchisi bo‘lib xizmat qildi.Toshkent, Samarqand, Buxoro, Xiva, Qo‘qon, Andijon, Namangan kabi shaharlarning bosmaxonalarida chop etilgan kitoblarning eng qiymatlilarini sanaganda, shubhasiz, Alisher Navoiy asarlari salmoqli o‘rin egallaydi. Bugungi davrgacha olib borilgan tadqiqotlarga ko‘ra, 1879–1917-yillar davomida shoirning asarlari yetmish martadan ziyod nashr etilgan.
terma devon, toshbosma kitob, kotib, noshir, matbaa, kolofon, lirik janrlar.
Источник метаданных: OAI-PMH архив журнала · Sindex не хранит полный текст, а даёт ссылку на источник.