Педиатрия 1-son (2026) · 308-315-betlar

СРАВНИТЕЛЬНАЯ ХАРАКТЕРИСТИКА РЕЗУЛЬТАТОВ ХИРУРГИЧЕСКОГО ЛЕЧЕНИЯ ПЕРЕДНИХ ФОРМ ГИПОСПАДИИ У ДЕТЕЙ (ОБЗОР ЛИТЕРАТУРЫ И АНАЛИЗ СОБСТВЕННЫХ ДАННЫХ)

Султанов А.К., Рахматуллаев А.А., Марданов М.М., Чулъбаев А.И.

Manbada oʻqish PDF

Annotatsiya

Dolzarbligi: Gipospadiyaning oldingi (distal) shakllari ushbu tug‘ma anomaliyaning barcha holatlarining 70% gacha tashkil qiladi. Nisbatan anatomik yengillikka qaramay, operatsiyadan keyingi asoratlar chastotasi turli mualliflar ma’lumotlariga ko‘ra 5% dan 20% gacha barqaror yuqori bo‘lib, optimal uretroplastika usulini tanlash bo‘yicha munozaralar davom etmoqda.Tadqiqot maqsadi: Bolalarda gipospadiyaning oldingi shakllarini jarrohlik korreksiyasining turli usullarining yaqin va uzoq natijalarini qiyosiy tahlil qilish va optimal davolash taktikasini aniqlash.Material va usullar: Ish 2019–2025 yillar davomida Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi klinikasida davolangan, gipospadiyaning oldingi shakllari (boshcha, tojsimon, distal poyali) bo‘lgan 164 bolaning davolash natijalari tahliliga asoslangan. Bemorlar operativ davolash usuliga qarab 5 guruhga bo‘lingan: 1-guruh (n=20) – Thiersch-Duplay operatsiyasi; 2-guruh (n=39) – Snodgrass bo‘yicha uretroplastika (uretral plastinkani kesish va neouretrani dorsal sunnat terisi qopqog‘i bilan qoplash); 3-guruh (n=66) – ekssentrik uretroplastika (klinikaning modifikatsiyalangan TIP-usuli); 4-guruh (n=11) – Mathieu bo‘yicha uretroplastika; 5-guruh (n=28) – SLAM (Slit-like Adjusted Mathieu Technique); baholash mezonlari: erta va kech asoratlar chastotasi (oqmalar, stenozlar, meatus retraksiyasi, neouretra ajralishi), estetik va funksional natijalar.Natijalar: 1-guruhda meatus retraksiyasi 3 (15%) bemorda, uretroteri oqmalari – 2 (10%), meatus stenоzi – 1 (5%) da qayd etilgan. 2-guruhda (Snodgrass) oqmalar 7 (17,9%), meatus stenоzi – 4 (10,2%) da aniqlangan. 3-guruhda (ekssentrik uretroplastika) oqmalar 4 (6,6%), meatus stenоzi – 2 (3%) da aniqlangan. 4-guruhda (Mathieu) oqmalar 1 (9,1%), neouretra ajralishi – 2 (18,2%) da aniqlangan. 5-guruhda (SLAM) oqmalar kuzatilmagan, neouretra ajralishi – 1 (3,6%) da. A’lo va yaxshifunksional hamda estetik natijalarga 1-guruh bemorlarining 80%, 2-guruhning 71,9%, 3-guruhning 90,4% (p<0,05), 4-guruhning 72,7%, 5-guruhning 96,4% da erishilgan.Xulosalar: Bolalarda gipospadiyaning distal shakllarini jarrohlik davolashda ekssentrik uretroplastika va SLAM ni neouretrani majburiy vaskulyarizatsiyalangan qopqoq bilan qoplash bilan qo‘llash asoratlar chastotasining eng pastligi va eng yaxshi funksional hamda estetik natijalar tufayli afzal tanlov usuli hisoblanadi.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex toʻliq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.

Iqtibos olish

APA 7
Султанов А.К., Рахматуллаев А.А., Марданов М.М., Чулъбаев А.И. (2026). СРАВНИТЕЛЬНАЯ ХАРАКТЕРИСТИКА РЕЗУЛЬТАТОВ ХИРУРГИЧЕСКОГО ЛЕЧЕНИЯ ПЕРЕДНИХ ФОРМ ГИПОСПАДИИ У ДЕТЕЙ (ОБЗОР ЛИТЕРАТУРЫ И АНАЛИЗ СОБСТВЕННЫХ ДАННЫХ). Педиатрия, (1), 308-315.
GOST R 7.0.5
Султанов А.К., Рахматуллаев А.А., Марданов М.М., Чулъбаев А.И. СРАВНИТЕЛЬНАЯ ХАРАКТЕРИСТИКА РЕЗУЛЬТАТОВ ХИРУРГИЧЕСКОГО ЛЕЧЕНИЯ ПЕРЕДНИХ ФОРМ ГИПОСПАДИИ У ДЕТЕЙ (ОБЗОР ЛИТЕРАТУРЫ И АНАЛИЗ СОБСТВЕННЫХ ДАННЫХ) // Педиатрия. 2026. № 1. С. 308-315.
BibTeX
@article{а.и.2026,
  author  = {Султанов А.К., Рахматуллаев А.А., Марданов М.М., Чулъбаев А.И.},
  title   = {СРАВНИТЕЛЬНАЯ ХАРАКТЕРИСТИКА РЕЗУЛЬТАТОВ ХИРУРГИЧЕСКОГО ЛЕЧЕНИЯ ПЕРЕДНИХ ФОРМ ГИПОСПАДИИ У ДЕТЕЙ (ОБЗОР ЛИТЕРАТУРЫ И АНАЛИЗ СОБСТВЕННЫХ ДАННЫХ)},
  journal = {Педиатрия},
  year    = {2026},
  number  = {1},
  pages   = {308-315}
}
RIS
TY  - JOUR
AU  - Султанов А.К., Рахматуллаев А.А., Марданов М.М., Чулъбаев А.И.
TI  - СРАВНИТЕЛЬНАЯ ХАРАКТЕРИСТИКА РЕЗУЛЬТАТОВ ХИРУРГИЧЕСКОГО ЛЕЧЕНИЯ ПЕРЕДНИХ ФОРМ ГИПОСПАДИИ У ДЕТЕЙ (ОБЗОР ЛИТЕРАТУРЫ И АНАЛИЗ СОБСТВЕННЫХ ДАННЫХ)
JO  - Педиатрия
PY  - 2026
IS  - 1
SP  - 308
EP  - 315
ER  -