Педиатрия № 1 (2026) · Саҳифаҳои 316-319
TUG’MA PNEVMONIYA BILAN TUG’ILGAN BOLALARDA TIZIMLI YALLIG'LANISH VA SEPSIS RIVOJLANISHIDA IMMUNITETNING DISREGULYATSION TUG'MA MEXANIZMLARI
Rasulova R.M., Rahmatillayeva M.Sh.
Аннотатсия
Maqolada tug‘ma immunitet reaksiyasining disregulyatsiyasi natijasida rivojlanadigan tizimli yallig‘lanish va sepsisga o‘xshash holatlarning patogenetik mexanizmlari tahlil qilingan. Tug‘ma immunitet nuqsonlari, sitokinlar giperproduksiyasi, inflammasoma faollashuvi hamda immun disbalansning bolalarda og‘ir klinik kechishga olib kelishi ko‘rib chiqilgan.Maqsad: Pnevmoniyaga chalingan bolalarda immunitetning tug‘ma nuqsonlari bilan bog‘liq tizimli yallig‘lanish va sepsisga o‘xshash holatlarning rivojlanish mexanizmlarini adabiyotlar asosida tahlil qilish.Material va usullar: Mahalliy va xorijiy ilmiy adabiyotlar, zamonaviy klinik tavsiyalar hamda PubMed, Scopus va Web of Science bazalaridagi maqolalar asosida adabiyotlar sharhi o‘tkazildi. Immun disregulyatsiya, inflammasomalar, sitokinlar va tizimli yallig‘lanishga oid ma’lumotlar tahlil qilindi.Natijalar va muhokama: Adabiyotlar tahlili natijasida tug‘ma immun javobining buzilishi, NLRP3 inflammasoma faollashuvi, IL-1β, IL-6 va TNF-α sitokinlarining ortishi tizimli yallig‘lanish hamda sepsisga o‘xshash holatlarning asosiy patogenetik omillari ekanligi aniqlandi. Endotelial disfunktsiya, tromboinflammatsiya va koagulyatsion buzilishlar kasallikning og‘ir kechishiga sabab bo‘lishi qayd etildi.Xulosa: Tug‘ma immunitet reaksiyasining disregulyatsiyasi bolalarda tizimli yallig‘lanish va sepsisga o‘xshash sindromlarning rivojlanishida muhim rol o‘ynaydi. Immunologik va genetik markerlarni erta aniqlash diagnostika aniqligini oshirish, individual terapiya tanlash va asoratlar xavfini kamaytirishga xizmat qiladi.
Манбаи метамаълумот: бойгонии OAI-PMH-и маҷалла · Sindex матни пурраро нигоҳ намедорад, ба манбаъ пайванд медиҳад.