Педиатрия № 1 (2026) · Саҳифаҳои 40-55

HOZIRGI BOSQICHDA OROL MINTAQASI EKOLOGIK MUAMMOLARINING BOLALARDA GLOMERULOPATIYALAR KECHISHIGA TA’SIRI (adabiyotlar sharhi)

Rakhmanova L.K., Azizova F.L., Matkarimova Sh.D., Sidiqov D.A., Turekhanova A.A.

Дар манбаъ хондан PDF

Аннотатсия

Kirish. So‘nggi o‘n yilliklarda bolalar orasida glomerulopatiyalar ko‘rsatkichlarining barqaror o‘sish tendensiyasi kuzatilmoqda. Shu bilan birga, nefropatiya rivojlanishi muayyan hududiy xususiyatlar, jumladan Orolbo‘yi mintaqasiga xos omillar bilan bog‘liq. Bunday omillarga turli tibbiy, ijtimoiy, tabiiy va ekologik omillarning xususiyati, bolaning anamnezi, onadagi kasalliklar, ilgari o‘tkazilgan infeksion jarayonlar, shuningdek siydik yo‘llari kasalliklariga irsiy moyillik belgilarining aniqlanishi kiradi.Maqsad: hozirgi bosqichda bolalarda o‘tkir glomerulopatiyalar kechishining zamonaviy xususiyatlarini hamda Orolbo‘yi mintaqasidagi ekologik muammolarning bolalarda glomerulopatiyalar kechishiga ta’sirini o‘rganishdan iborat.Materiallar va usullar: Bolalarda glomerulopatiyalar mavzusiga bag‘ishlangan so‘nggi o‘n yillikda chop etilgan ilmiy adabiyotlar retrospektiv tahlil qilindi. Olingan ma’lumotlar matematik usulda tekshirildi va yillar bo‘yicha taqqoslandi.Natijalar va muhokama: Aniqlanishicha, hozirgi vaqtda pediatrik populyatsiyada o‘tkir glomerulopatiyalar, shu jumladan o‘tkir poststreptokokk glomerulonefritning tarqalishi, uning surunkali shaklga o‘tishi va asoratli kechishi ortib bormoqda hamda o‘ziga xos hududiy xususiyatlarga ega. Bunda aralash infeksiya, ya’ni bakterial va virusli infeksiyalarning birgalikda uchrashi, ekologiyaning ona va bola salomatligiga zararli ta’siri, aholining turmush tarzi, ijtimoiy maqomi, shuningdek o‘tkir glomerulonefritning allergik, immun tanqislik va metabolik kasalliklar bilan komorbid kechishi katta ahamiyatga ega.Xulosa: Orolbo‘yi mintaqasidagi ekologik muammolar aholi salomatligiga, ayniqsa onalar va bolalar salomatligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Bu esa Orolbo‘yi hududida yashovchi bolalarda turli kasalliklar, jumladan o‘tkir poststreptokokk glomerulonefrit kechishining klinik-immunologik va genetik xususiyatlarini chuqur o‘rganishni, shuningdek immunkorreksiya va profilaktika usullarini takomillashtirishni talab qiladi.

Манбаи метамаълумот: бойгонии OAI-PMH-и маҷалла · Sindex матни пурраро нигоҳ намедорад, ба манбаъ пайванд медиҳад.

Иқтибос гирифтан

APA 7
Rakhmanova L.K., Azizova F.L., Matkarimova Sh.D., Sidiqov D.A., Turekhanova A.A. (2026). HOZIRGI BOSQICHDA OROL MINTAQASI EKOLOGIK MUAMMOLARINING BOLALARDA GLOMERULOPATIYALAR KECHISHIGA TA’SIRI (adabiyotlar sharhi). Педиатрия, (1), 40-55.
GOST R 7.0.5
Rakhmanova L.K., Azizova F.L., Matkarimova Sh.D., Sidiqov D.A., Turekhanova A.A. HOZIRGI BOSQICHDA OROL MINTAQASI EKOLOGIK MUAMMOLARINING BOLALARDA GLOMERULOPATIYALAR KECHISHIGA TA’SIRI (adabiyotlar sharhi) // Педиатрия. 2026. № 1. С. 40-55.
BibTeX
@article{a.a.2026,
  author  = {Rakhmanova L.K., Azizova F.L., Matkarimova Sh.D., Sidiqov D.A., Turekhanova A.A.},
  title   = {HOZIRGI BOSQICHDA OROL MINTAQASI EKOLOGIK MUAMMOLARINING BOLALARDA GLOMERULOPATIYALAR KECHISHIGA TA’SIRI (adabiyotlar sharhi)},
  journal = {Педиатрия},
  year    = {2026},
  number  = {1},
  pages   = {40-55}
}
RIS
TY  - JOUR
AU  - Rakhmanova L.K., Azizova F.L., Matkarimova Sh.D., Sidiqov D.A., Turekhanova A.A.
TI  - HOZIRGI BOSQICHDA OROL MINTAQASI EKOLOGIK MUAMMOLARINING BOLALARDA GLOMERULOPATIYALAR KECHISHIGA TA’SIRI (adabiyotlar sharhi)
JO  - Педиатрия
PY  - 2026
IS  - 1
SP  - 40
EP  - 55
ER  -