World of Philology Volume 5 Issue 01 (2026) · pp. 117-123
TOG‘AY MUROD PROZASIDA KOMMUNIKATIV NIYAT VA NUTQ AKTLARI TAHLILI
Shahrizoda Mahsutali qizi, Akbarova
Abstract
Mazkur ilmiy maqolada o‘zbek adabiyotining yirik namoyandasi Tog‘ay Murod prozasida kommunikativ niyat va nutq aktlarining pragmatik xususiyatlari chuqur ilmiy tahlil qilinadi. Tadqiqot davomida yozuvchi asarlarida uchraydigan dialogik va monologik nutq shakllari, personajlarning nutqiy xatti-harakatlari hamda ularning maqsadga yo‘naltirilgan kommunikativ strategiyalari aniqlanadi. Nutq aktlari nazariyasi asosida illokutiv va perlokutiv aktlarning badiiy matndagi funksional ahamiyati ochib beriladi. Shuningdek, nutqiy birliklarning kontekst bilan o‘zaro aloqasi, diskurs doirasida yuzaga keladigan pragmatik ma’nolar ham tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari Tog‘ay Murod ijodining pragmatik qirralarini ochib berish bilan birga, badiiy matn pragmatikasi yo‘nalishida muhim ilmiy xulosalar chiqarishga xizmat qiladi.
pragmatika, kommunikativ niyat, nutq aktlari, illokutiv akt, perlokutiv akt, diskurs, badiiy matn, Tog‘ay Murod
Metadata source: the journal's OAI-PMH archive · Sindex does not store the full text; it links to the source.