World of Philology Ҷилди 5 № 02 (2026) · Саҳифаҳои 156-164
ZAMONAVIY SHE’RIYATDA BADIIY ZAMON VA MAKON POETIKASI
Nilufar A’zam qizi, Chuliyeva
Аннотатсия
Badiiy asar har bir ijodkorning ideallari, ko‘ra olgan haqiqatlari, ijtimoiy munosabatlar tartibi va shu olamning shakliy xususiyatlarini aks ettiruvchi ulkan, murakkab tizimdir. Bu olamning mavjudlik shakllari esa zamon va makondir. San’at, jumladan, adabiyot ham olamning davomiy o‘zgaruvchan, yaxlit manzarasini badiiy-individual tasvirlaydi. Badiiy asar muallif tomonidan real olamni subyektiv, xayoliy-emotsional tasvirlash hisobiga xususiylik kasb etadi. Ammo bu tasvirlarni adabiyotshunoslik mohiyatan umumlashtiradi. Natijada, olamning vaqtinchalik badiiy modeli yaratiladi. Ushbu badiiy modelning yaratilishida zamon va makon unsurlari katta ahamiyatga ega. She’riyatdagi zamon va makon masalasini o‘rganish ham mazkur turning boshqa adabiy turlardan farqlanish xususiyatlari, tasvirlash imkoniyatlari yoki chegaralari haqida muayyan xulosalar chiqarishga daxl etadi
adabiy tur, she’riyat, janr, badiiy zamon, badiiy makon, ritm, metaforik makon, tarixiy makon, tarixiy vaqt, falsafiy vaqt, siklik vaqt
Манбаи метамаълумот: бойгонии OAI-PMH-и маҷалла · Sindex матни пурраро нигоҳ намедорад, ба манбаъ пайванд медиҳад.