World of Philology Volume 5 Issue 02 (2026) · pp. 250-257
QARAMA-QARSHILIK IFODALOVCHI STILISTIK FIGURALAR YUZAGA KELISH JARAYONIGA TARIXIY NAZAR
Avazbek Akmaljon o‘g‘li, Axmadjonov
Abstract
Ushbu ilmiy tadqiqot obyekti sifatida qarama-qarshilik ifodalovchi stilistik figuralar tanlab olingan bo‘lib, ularning shakllanishi, tilshunoslik, falsafa va ijtimoiy mavzularda qo‘llanilishi, turli xil davrlarda lingvistik jarayonda qo‘llanilishi hodisalari o‘rganilgan. Ushbu figuralar ichidan antiteza va xiazm hodisalari alohida tahlil qilinadi va antik davr, uyg‘onish davri, zamonaviy adabiyot namunalarida kelgan figuralardan foydalanilgan. Mavzuga tarixiy yondashish orqali ushbu stilistik figuralarning yuzaga kelishi, turli shaklga ega figuralar o‘rtasidagi o‘xshashlik va farqlari ustida izlanish olib borilgan. Kontrast ifodalovchi bu figuralar inson tafakkuriga aqliy va hissiy ta’sir o‘tkazishi yana bir bor aniqlanib, ular orqali so‘zlovchi o‘z fikrlarini poetik va emotsional tarzda yetkazib berishi ta’kidlab o‘tilgan. Tadqiqotning asosiy maqsadi kontrast ifodalovchi stilistik figuralarning paydo bo‘lishi aynan qaysi davr to‘g‘ri kelishi, qadimdan ushbu figuralar qay maqsadlarda va qaysi sohalarda yorqin misollar yordamida foydalanib kelinganligini tahlil qilish etib olingan.
stilistika, antik davr, xiazm, antiteza, oksimoron, kontrast, lingvistika, ritorik
Metadata source: the journal's OAI-PMH archive · Sindex does not store the full text; it links to the source.