TerDU xabarlari Ҷилди 2 № 02-2025 (2025)
Sopolli madaniyati taqinchoqlarining turlari va vazifasi xususida dastlabki ma'lumotlar
Kattayeva, Gulmira, Kattayeva, Gulmira, Kattayeva, Gulmira
Аннотатсия
Sopolli madaniyati bronza davri (mil. avv. 2250-1450) da shakllangan Oks sivilizatsiyasining mahalliy shimoliy Baqtriya madaniyati bo‘lib, bugungi kungacha Janubiy O‘zbekiston hududida ushbu madaniyatga oid 70 dan ortiq yodgorliklar aniqlangan. Ushbu madaniyat sohiblari dehqonchilik, chorvachilik bilan bir qatorda hunarmandchilikni ham teng rivojlantirgan jamoa hisoblanadi, ayniqsa hunarmandchilikning bir tarmog‘i hisoblangan zargarlik sohasida juda katta yutuqlarga erishishgan. Sopolli madaniyati yodgorliklaridan zargarlik san’ati buyumlarining to‘g‘nog‘ich, diadem, sirg‘a, munchoq, marjon, shokila, tumor, bilaguzuk va uzuk kabi turlari aniqlangan. Ushbu maqolada Sopolli madaniyati yodgorliklaridan topilgan taqinchoqlarning turlari va ularning vazifasi to‘g‘risidagi tarixiy va arxeologik ma’lumotlar ilmiy tahlil qilingan.
Sopolli madaniyatiSopollitepaJarqo‘tonMo‘lalitepaBo‘ston VIBo‘ston VIITillabuloqtaqinchoqlarto‘g‘nog‘ichsirg‘a
Манбаи метамаълумот: бойгонии OAI-PMH-и маҷалла · Sindex матни пурраро нигоҳ намедорад, ба манбаъ пайванд медиҳад.