Центральноазиатский журнал междисциплинарных исследований и менеджмента Ҷилди 3 № 9 (2026) · Саҳифаҳои 22-28
PISA TOPSHIRIQLARINING TUZILISHI, TURLARI VA O‘QUVCHILARNING KOMPETENSIYALARINI SHAKLLANTIRISHDAGI O‘RNI
Shuxratov, G’olibjon, Valixonova, Nigora
Аннотатсия
Mazkur maqolada xalqaro o‘quvchilarni baholash dasturi — PISA doirasida qo‘llaniladigan topshiriqlarning tuzilishi, mazmuniy xususiyatlari va asosiy turlari hamda ularning o‘quvchilarda funksional savodxonlik va turli kompetensiyalarni shakllantirishdagi o‘rni tahlil qilinadi. PISA topshiriqlarining an’anaviy bilimlarni qayta tiklashga emas, balki o‘quvchining egallagan bilimlarini real hayotiy vaziyatlarda qo‘llay olish, muammoni aniqlash, ma’lumotlarni tahlil qilish, dalillarga asoslangan xulosa chiqarish va mustaqil qaror qabul qilish qobiliyatlarini baholashga yo‘naltirilgani yoritiladi. Shuningdek, topshiriqlarning kontekst, muammo, axborot manbalari va savol kabi tarkibiy qismlari hamda ochiq va yopiq turdagi topshiriqlarning o‘ziga xos jihatlari ko‘rib chiqiladi. PISA topshiriqlaridan ta’lim jarayonida samarali foydalanish o‘quvchilarning tanqidiy va analitik fikrlashi, muammoni hal qilish, axborot bilan ishlash, kommunikativ va amaliy kompetensiyalarini rivojlantirishga xizmat qilishi asoslanadi.
Манбаи метамаълумот: бойгонии OAI-PMH-и маҷалла · Sindex матни пурраро нигоҳ намедорад, ба манбаъ пайванд медиҳад.