Zamonaviy dunyoda innovatsion tadqiqotlar Volume 5 Issue 27 (2026) · pp. 129-132
O‘zbekistonda Davlat Oliy Ta’lim Muassasalarining Moliyaviy Mustaqilligi va Daromad Manbalarini Diversifikatsiyalash Darajasini Baholash
Xalikov, Akmal
Abstract
Zamonaviy sharoitda davlat oliy ta’lim muassasalarining barqaror rivojlanishi faqat budjetdan ajratiladigan mablag‘lar hajmiga emas, balki ularning mustaqil daromad shakllantirish salohiyati va moliyalashtirish manbalarini diversifikatsiyalash darajasiga ham bog‘liq. O‘zbekistonda ushbu yo‘nalishdagi islohotlarning strategik asoslari Prezidentning 2019-yil 8-oktabrdagi PF-5847- son Farmoni bilan tasdiqlangan Oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasida belgilangan bo‘lib, unda oliy ta’lim muassasalarining moliyaviy mustaqilligi va barqarorligini ta’minlash, moddiy-texnik bazasini mustahkamlash hamda investitsiyaviy jozibadorligini oshirish ustuvor vazifa sifatida qayd etilgan.
Metadata source: the journal's OAI-PMH archive · Sindex does not store the full text; it links to the source.