Yosh olimlar Volume 4 Issue 66 (2026) · pp. 150-156

TIL BILISHDAN ILMIY IZLANISHGACHA: INGLIZ TILINING YOSH AYOLLAR RIVOJIDAGI O‘RNI

Rustamova, Shahrizoda

Read at source PDF

Abstract

Mazkur maqolada ingliz tilini bilishning yosh ayollarning akademik va ilmiy rivojlanishidagi o‘rni tahlil qilinadi. Tadqiqotda ingliz tilining oliy ta’lim, ilmiy axborotga kirish, xalqaro akademik muloqot va tadqiqot faoliyatidagi ahamiyati o‘rganilgan. UNESCO hamda boshqa ilmiy va statistik manbalar asosida ayollarning ilm-fandagi ishtiroki va O‘zbekistondagi ingliz tili darajasi bilan bog‘liq ko‘rsatkichlar tahlil qilindi. Qiyosiy tahlil va statistik ma’lumotlarni umumlashtirish usullaridan foydalanildi. Natijalar ingliz tilini bilish yosh ayollarning xalqaro ilmiy resurslardan foydalanishi, akademik ko‘nikmalarini rivojlantirishi va ilmiy hamkorlik imkoniyatlarini kengaytirishida muhim omil bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatadi. Tadqiqot natijalari yosh ayollarning ingliz tili kompetensiyasini rivojlantirishga qaratilgan ta’limiy va ilmiy tashabbuslarni takomillashtirish zarurligini ko‘rsatadi.

ingliz tili, yosh ayollar, ilmiy faoliyat, akademik rivojlanish, ingliz tili kompetensiyasi, oliy ta’lim, ilmiy tadqiqot, xalqaro hamkorlik, akademik nashrlar, gender tengligi.

HTML full text

TIL BILISHDAN ILMIY IZLANISHGACHA: INGLIZ TILINING YOSH AYOLLAR RIVOJIDAGI O‘RNI Rustamova Shahrizoda Alisher qizi Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili) yo‘nalishi 2-bosqich talabasi rustamovashahrizoda00@gmail.com Annotatsiya: Mazkur maqolada ingliz tilini bilishning yosh ayollarning akademik va ilmiy rivojlanishidagi o‘rni tahlil qilinadi. Tadqiqotda ingliz tilining oliy ta’lim, ilmiy axborotga kirish, xalqaro akademik muloqot va tadqiqot faoliyatidagi ahamiyati o‘rganilgan. UNESCO hamda boshqa ilmiy va statistik manbalar asosida ayollarning ilm-fandagi ishtiroki va O‘zbekistondagi ingliz tili darajasi bilan bog‘liq ko‘rsatkichlar tahlil qilindi. Qiyosiy tahlil va statistik ma’lumotlarni umumlashtirish usullaridan foydalanildi. Natijalar ingliz tilini bilish yosh ayollarning xalqaro ilmiy resurslardan foydalanishi, akademik ko‘nikmalarini rivojlantirishi va ilmiy hamkorlik imkoniyatlarini kengaytirishida muhim omil bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatadi. Tadqiqot natijalari yosh ayollarning ingliz tili kompetensiyasini rivojlantirishga qaratilgan ta’limiy va ilmiy tashabbuslarni takomillashtirish zarurligini ko‘rsatadi. Kalit so‘zlar: ingliz tili, yosh ayollar, ilmiy faoliyat, akademik rivojlanish, ingliz tili kompetensiyasi, oliy ta’lim, ilmiy tadqiqot, xalqaro hamkorlik, akademik nashrlar, gender tengligi.

ОТ ВЛАДЕНИЯ ЯЗЫКОМ ДО ИССЛЕДОВАНИЙ: РОЛЬ АНГЛИЙСКОГО ЯЗЫКА В РАЗВИТИИ МОЛОДЫХ ЖЕНЩИН Аннотация: В этой статье анализируется роль владения английским языком в академическом и научном развитии молодых женщин. В исследовании рассматривалась роль английского языка в высшем образовании, доступ к научной информации, международный академический диалог и исследовательская деятельность. Показатели участия женщин в науке и уровне английского языка в Узбекистане анализировались с использованием ЮНЕСКО и других научных и статистических источников. Использовались методы сравнительного анализа и статистического обобщения данных. Результаты свидетельствуют о том, что владение английским языком может быть ключевым фактором доступа молодых женщин к международным академическим ресурсам, развитию академических навыков и расширению возможностей научного сотрудничества. Результаты исследования указывают на необходимость дальнейших образовательных и исследовательских инициатив для повышения владения английским языком у молодых женщин. Ключевые слова: Английский язык, молодые женщины, научная деятельность, академическое развитие, владение английским языком, высшее образование, исследования, международное сотрудничество, академические публикации, гендерное равенство.

FROM LANGUAGE PROFICIENCY TO RESEARCH: THE ROLE OF ENGLISH IN THE DEVELOPMENT OF YOUNG WOMEN Annotation: This article analyzes the role of English proficiency in young women's academic and scientific development. The study explored the role of English in higher education, access to scientific information, international academic dialogue and research activities. Indicators of women's participation in science and English language level in Uzbekistan were analyzed using UNESCO and other scientific and statistical sources. Comparative analysis and statistical data generalization methods were used. The results suggest that English language proficiency can be a key factor in young women's access to international academic resources, the development of academic skills and the expansion of scientific collaboration. The results of the study indicate the need for further educational and research initiatives to improve young women's English competency. Keywords: English, young women, scientific activities, academic development, English language proficiency, higher education, research, International Cooperation, academic publications, gender equality. Kirish. Zamonaviy raqamlashuv sharoitida ingliz tili kompetensiyasini egallash yosh avlod uchun akademik tayyorgarlik, ilmiy izlanishlar va professional o‘sish samaradorligini belgilovchi asosiy omildir. Ingliz tili xalqaro ilmiy muloqot, oliy ta’lim, zamonaviy axborot resurslari va professional hamkorlikning asosiy vositalaridan biri sifatida alohida ahamiyatga ega. Shu sababli ingliz tilini o‘rganish nafaqat til ko‘nikmalarini shakllantirish jarayoni, balki yoshlarning intellektual va akademik salohiyatini rivojlantirishga xizmat qiluvchi jarayon sifatida baholanmoqda. Ayniqsa, ingliz tilini bilish yosh ayollar uchun ta’lim va kasbiy rivojlanish imkoniyatlarini kengaytirishda muhim ko‘makchi bo‘lishi mumkin. Til kompetensiyasi ularga xalqaro ilmiy manbalardan foydalanish, akademik muloqotda faol ishtirok etish, zamonaviy kasbiy axborotlarni mustaqil izlash va xalqaro ta’lim imkoniyatlaridan foydalanish uchun zarur bo‘lgan ko‘nikmalarni rivojlantirishga yordam beradi. BMT Bosh Assambleyasi tomonidan 11-fevralning Xalqaro ilm-fan sohasidagi xotinqizlar kuni sifatida e’lon qilinishi ayollarning ilmiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan muhim xalqaro tashabbuslardan biridir.[1] Shu nuqtai nazardan, ingliz tilini bilish zamonaviy mehnat bozorida qo‘shimcha til kompetensiyasidan ko‘ra kengroq — ta’lim va kasbiy rivojlanishga xizmat qiluvchi strategik ko‘nikma sifatida namoyon bo‘lmoqda. Ilm-fan tarixiga nazar tashlanganda ham ayollarning ilmiy taraqqiyotga qo‘shgan hissasi alohida e’tiborga loyiq.

Turli davrlarda ayol tadqiqotchilar mavjud ijtimoiy va institutsional to‘siqlarga qaramay, fizika, kimyo, biologiya va dasturlash kabi fanlarning rivojiga muhim hissa qo‘shgan. Ularning ilmiy faoliyati bugungi yosh ayollar uchun ilm-fan va tadqiqot sohasida rivojlanish imkoniyatlari mavjudligini ko‘rsatuvchi muhim tarixiy tajriba hisoblanadi.[2] Mazkur maqolada ingliz tili kompetensiyasining yosh ayollar ta’limiy imkoniyatlari, ilmiy izlanishlari, kasbiy istiqbollari va o‘z-o‘zini rivojlantirish jarayonidagi o‘rni tahlil qilinadi. Tadqiqotning asosiy maqsadi ingliz tilini bilish yosh ayollarning rivojlanish imkoniyatlarini qaysi jihatlar orqali kengaytirishini ilmiy manbalar va mavjud dalillar asosida yoritishdan iborat. Adabiyotlar tahlili. Ingliz tilining ta’lim jarayonidagi ahamiyati so‘nggi yillarda olib borilgan tadqiqotlarda keng yoritib kelinmoqda. Ayniqsa, oliy ta’limda ingliz tilini yetarli darajada bilish talabaning akademik materiallarni o‘zlashtirishi, ilmiy manbalardan foydalanishi va ta’lim jarayonida faol ishtirok etish imkoniyatlari bilan chambarchas bog‘liq.

Jahondagi ilmiy manbalar va intellektual resurslarning salmoqli qismi aynan ingliz tilida chop etilishi ushbu tilni global akademik makonga integratsiyalashuvning birlamchi vositasiga aylantirdi. Nature Index ma’lumotlariga ko‘ra, ingliz tili kompetensiyasi oliy ta’limda ma’ruzalarni tushunish, akademik munozaralarda ishtirok etish, baholash jarayonlarida o‘z bilimlarini namoyon qilish hamda mustaqil ta’lim olish kabi jihatlarga ta’sir ko‘rsatishi mumkin.[3] Shuningdek, ingliz tilini yaxshi egallash talabalarning akademik o‘ziga bo‘lgan ishonchini mustahkamlashi va turli fanlarga oid terminologiyani o‘zlashtirishini osonlashtirishi qayd etiladi. Bu jihatlar ingliz tilining oddiy kommunikativ vosita emas, balki akademik rivojlanishni qo‘llab-quvvatlovchi kompetensiya ekanini ko‘rsatadi. Bundan tashqari, ingliz tilini bilish ilmiy axborotga kirish imkoniyatlarini kengaytiradi. Xalqaro ilmiy jurnallar, konferensiya materiallari, elektron ma’lumotlar bazalari va turli ta’lim platformalaridagi resurslarning katta qismi ingliz tilida taqdim etiladi. Natijada ingliz tilini yaxshi biladigan talabalar o‘z sohasi bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumotlarni mustaqil izlash, turli ilmiy qarashlarni solishtirish va yangi bilimlarni o‘zlashtirish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Bu esa ularning tadqiqotchilik ko‘nikmalarini rivojlantirish uchun muhim sharoit yaratadi. Mazkur imkoniyatlar yosh ayollar istiqbolida ham alohida ahamiyatga ega. Ingliz tilini o‘rganish ularga oliy ta’limdagi bilimlarni chuqurlashtirish bilan bir qatorda, xalqaro ilmiy hamjamiyat bilan aloqa o‘rnatish, xorijiy tajribalarni o‘rganish va kelajakdagi kasbiy faoliyati uchun zarur bo‘lgan bilimlarni mustaqil ravishda egallash imkonini beradi. Shu sababli til kompetensiyasini rivojlantirish yosh ayollarning ta’limiy va professional imkoniyatlarini kengaytiruvchi omillardan biri sifatida qaralishi mumkin. Biroq ingliz tilini bilishning mavjud imkoniyatlardan foydalanishga ta’siri faqat til darajasi bilan belgilanmaydi. Ta’lim muhiti, sifatli til ta’limiga kirish, texnologik resurslardan foydalanish, iqtisodiy sharoit va individual motivatsiya kabi omillar ham muhim rol o‘ynaydi. Shuning uchun ingliz tilining yosh ayollar rivojidagi o‘rnini baholashda uni boshqa ijtimoiy va ta’limiy omillar bilan bog‘liq holda tahlil qilish maqsadga muvofiqdir. Tahlil va natijalar. Bugungi kunda ingliz tili nafaqat xalqaro muloqot vositasi, balki oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot faoliyatiga kirish imkoniyatlarini kengaytiruvchi muhim akademik kompetensiyalardan biri sifatida namoyon bo‘lmoqda. Ayniqsa, yosh ayollar uchun ingliz tilini egallash xorijiy ilmiy adabiyotlardan foydalanish, xalqaro akademik muloqotda ishtirok etish, ilmiy natijalarni xalqaro auditoriyaga taqdim etish va professional aloqalarni kengaytirish imkoniyatlarini yaratadi.

Yosh ayollarning ilm-fandagi ishtirokini baholashda xalqaro statistik ko‘rsatkichlar ham muhim ahamiyatga ega. UNESCO Institute for Statistics ma’lumotlariga ko‘ra, 2015–2018yillarda 107 mamlakat bo‘yicha ayollar tadqiqotchilarning 33,3 foizini tashkil etgan. Mazkur ko‘rsatkich ayollarning ilmiy-tadqiqot faoliyatidagi ishtiroki sezilarli darajaga yetganini ko‘rsatsa-da, ilm-fanda to‘liq gender tengligiga erishilganini anglatmaydi. UNESCO ma’lumotlarida ayrim hududlarda tadqiqotchilar bo‘yicha jins kesimidagi statistik ma’lumotlarning muntazam yig‘ilmasligi ham qayd etilgan. [4] 1-rasm. Dunyoda tadqiqotchilar orasida ayollar ulushi. Manba: UNESCO Institute for Statistics, 2021. Mazkur statistik ma’lumot yosh ayollarning ilmiy salohiyatini rivojlantirish masalasining xalqaro miqyosdagi dolzarbligini ko‘rsatadi. Markaziy Osiyo va boshqa ayrim hududlarda ayol tadqiqotchilar ulushining nisbatan yuqori bo‘lishi esa xotin-qizlarning ilmiy faoliyatga jalb qilinish imkoniyatlari mavjudligini ko‘rsatadi. Shu bilan birga, ilmiy faoliyatda ishtirok etishning o‘zi yetarli emas. Zamonaviy ilm-fan xalqaro axborot almashinuvi va akademik hamkorlikka asoslanganligi sababli tadqiqotchining xalqaro ilmiy resurslardan foydalanish kompetensiyasi ham muhim omil hisoblanadi. O‘zbekiston misolida ingliz tilini bilish masalasi yanada dolzarb ko‘rinishga ega. 2025yilgi EF English Proficiency Index ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston 123 mamlakat orasida 104o‘rinni egallagan va mamlakatning o‘rtacha ko‘rsatkichi 429 ballni tashkil etgan. Ushbu natija CEFR mezonlari bo‘yicha B1 darajasiga mos keladi. Shuningdek, 2025-yilgi ma’lumotlarda 18– 20 yoshdagi respondentlarda ingliz tili bo‘yicha eng past ko‘rsatkichlar kuzatilgani qayd etilgan. 1-jadval. O‘zbekistonning EF English Proficiency Index ko‘rsatkichlari. Manba: EF English Proficiency Index 2025; Kun.uz, 27.01.2026. Ko‘rsatkich Natija 2023-yilgi o‘rin 93/113 2024-yilgi o‘rin 98/114 2025-yilgi o‘rin 104/123 2025-yilgi o‘rtacha ball 429/700 Jadvaldan ko‘rinadiki, O‘zbekistonning EF EPI reytingidagi o‘rni so‘nggi yillarda pasaygan. Shu bilan birga, mazkur indeks natijalarini O‘zbekistondagi barcha yoshlar yoki aynan yosh ayollarning ingliz tili darajasini to‘liq ifodalovchi ko‘rsatkich sifatida talqin qilish to‘g‘ri emas. Chunki indeks EF SET testini topshirgan respondentlar ma’lumotlariga asoslangan. Biroq 18– 20 yosh guruhidagi past natija yoshlar uchun ingliz tili kompetensiyasini rivojlantirishga qaratilgan qo‘shimcha ta’limiy choralar muhimligini ko‘rsatadigan ko‘rsatkich sifatida qaralishi mumkin.[5] Ingliz tilining ilmiy rivojlanishdagi ahamiyati, avvalo, xalqaro ilmiy axborotdan foydalanish imkoniyatida namoyon bo‘ladi. Ilmiy maqolalar, tadqiqot natijalari, akademik konferensiyalar materiallari va zamonaviy ilmiy adabiyotlarning katta qismi ingliz tilida taqdim etilishi tadqiqotchidan nafaqat umumiy til ko‘nikmalarini, balki akademik ingliz tilini ham egallashni talab qiladi. Ingliz tilini bilish tadqiqotchiga xorijiy manbalarni bevosita o‘qish, turli ilmiy qarashlarni taqqoslash va o‘z tadqiqotining nazariy asoslarini kengaytirish imkonini beradi. Bu jarayonda ingliz tili yosh ayollar uchun ilmiy mustaqillikni shakllantirish vositasiga aylanishi mumkin. Rivojlanayotgan mamlakatlarda yosh ayollarning ilm-fan va texnologiya sohalaridagi ishtirokini oshirish barqaror rivojlanish uchun muhimdir. UNCTAD ma’lumotlariga ko‘ra, yosh ayol olimlarning yetishmasligi ilm-fandagi gender tafovutini kamaytirish zaruratini ko‘rsatadi. Shu maqsadda Young Female Scientist Programme rivojlanayotgan mamlakatlarda yosh ayollarning ilmiy salohiyatini rivojlantirish va ilm-fan sohasida inson kapitalini kuchaytirishga xizmat qiladi. [6] Xalqaro ilmiy tadqiqotlarda ingliz tili turli til va madaniyat vakillari o‘rtasidagi muloqot va hamkorlikni ta’minlovchi muhim vosita sifatida namoyon bo‘ladi. Ingliz tilidan foydalanish tadqiqotchilarga xalqaro ilmiy hamkorlikda ishtirok etish, ilmiy natijalarni nashrlar orqali kengroq auditoriyaga yetkazish hamda xalqaro ilmiy forumlarda faol qatnashish imkonini beradi. [7] Shu nuqtai nazardan, ingliz tilini bilish ilmiy bilimni olish vositasi bo‘lish bilan birga, uni xalqaro ilmiy hamjamiyatga yetkazish vositasi sifatida ham namoyon bo‘ladi.

O‘zbekistonda ayollarning ilmiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan institutsional imkoniyatlar ham mavjud. Jumladan, O‘zbekiston “Olima” ayollar uyushmasi 1992-yilda tashkil etilgan bo‘lib, mamlakatning turli hududlaridagi ayol olimalarni birlashtirish va xotinqizlarning ilmiy, ijodiy hamda amaliy salohiyatini rivojlantirishga ko‘maklashish maqsadini ko‘zlaydi. Uyushmaning oliy ta’lim muassasalari va ilmiy-tadqiqot institutlari bilan bog‘liq faoliyati ayollarning ilmiy muhitdagi ishtirokini qo‘llab-quvvatlovchi muhim institutsional omillardan biridir.[8] Bundan tashqari, O‘zbekiston Milliy universitetida ayol olimalarning davlat ilmiy dasturlari doirasidagi grantlarda ishtirok etishi va ularning ilmiy faoliyati e’tirof etilishi mamlakatda xotin-qizlarning ilmiy salohiyatini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan amaliy tashabbuslar mavjudligini ko‘rsatadi.[9] Bunday imkoniyatlardan samarali foydalanishda ingliz tilini bilish muhim qo‘shimcha kompetensiya bo‘lishi mumkin, chunki xalqaro ilmiy hamkorlik, xorijiy ilmiy manbalarni o‘rganish va xalqaro akademik muhitga chiqish til kompetensiyasini talab qiladi. Shunday qilib, tahlil qilingan ma’lumotlar ingliz tili va yosh ayollarning ilmiy rivojlanishi o‘rtasidagi bog‘liqlikni bir necha bosqichda ko‘rsatish imkonini beradi. Birinchi bosqichda ingliz tili akademik axborotga kirish imkoniyatini kengaytiradi. Ikkinchi bosqichda xorijiy ilmiy manbalarni o‘qish va tahlil qilish tadqiqot ko‘nikmalarining rivojlanishiga xizmat qiladi. Uchinchi bosqichda akademik kommunikatsiya xalqaro konferensiyalar, ilmiy hamkorlik va nashr imkoniyatlariga chiqish uchun zamin yaratadi. Natijada ingliz tili yosh ayolning faqat til kompetensiyasini emas, balki uning ilmiy va kasbiy rivojlanish imkoniyatlarini ham kengaytiruvchi vosita sifatida namoyon bo‘ladi. Biroq ingliz tilini bilishning o‘zi ilmiy muvaffaqiyatni kafolatlamaydi. Tadqiqot metodologiyasi, ilmiy fikrlash, akademik yozuv, axborotni tanqidiy baholash va mustaqil izlanish ko‘nikmalari ham muhim ahamiyatga ega. Shu sababli ingliz tilini o‘qitish jarayoni umumiy kommunikativ kompetensiya bilan cheklanmasdan, akademik ingliz tili va ilmiy tadqiqot ko‘nikmalari bilan integratsiyalashgan holda tashkil etilishi maqsadga muvofiqdir. Xulosa va takliflar.

Olib borilgan tahlil natijalari ingliz tilini bilish yosh ayollarning akademik va ilmiy rivojlanishi uchun muhim imkoniyatlardan biri ekanligini ko‘rsatdi. Ingliz tili orqali yosh tadqiqotchilar xalqaro ilmiy adabiyotlardan foydalanish, zamonaviy tadqiqotlar bilan tanishish, ilmiy qarashlarni taqqoslash va o‘z bilim doirasini kengaytirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Shu bilan birga, ingliz tilidagi akademik kommunikatsiya xalqaro konferensiyalar, ilmiy hamkorlik va tadqiqot natijalarini kengroq auditoriyaga yetkazish uchun qo‘shimcha imkoniyat yaratadi. UNESCO ma’lumotlarida ayollar dunyo tadqiqotchilarining 33,3 foizini tashkil etishi ilm-fanda xotin-qizlarning ishtiroki muhim darajaga yetganini ko‘rsatadi. O‘zbekiston bo‘yicha EF EPI ma’lumotlarida esa ingliz tili darajasining nisbatan pastligi va 18–20 yoshdagi respondentlarda eng past natijalar qayd etilgani yoshlar, jumladan, kelajakdagi yosh tadqiqotchilar uchun til kompetensiyasini rivojlantirish masalasiga alohida e’tibor qaratish zarurligini ko‘rsatadi. Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, OTMlarda chet tili ta’limini shunchaki muloqot darajasida emas, balki sohaviy va ilmiy-tadqiqot amaliyoti bilan chuqur integratsiya qilgan holda olib borish lozim. Xususan, talabalarga umumiy til ko‘nikmalari bilan bir qatorda akademik maqola o‘qish va yozish, ilmiy manbalarni izlash, konferensiyada taqdimot qilish hamda ilmiy muloqot olib empirik ko‘nikmalarini rivojlantiruvchi mashg‘ulotlarni ko‘paytirish mumkin. Yosh ayollarni xalqaro ilmiy loyihalar, konferensiyalar, seminarlar va ilmiy almashinuv dasturlariga jalb etish ham muhim yo‘nalishlardan biridir. Bunday faoliyat ingliz tilidan amaliy foydalanish imkoniyatini kengaytirib, yosh tadqiqotchilarning xalqaro akademik muhitga moslashishiga yordam beradi. Shuningdek, ta’lim muassasalarida yosh ayollar uchun ingliz tilidagi ilmiy resurslardan foydalanish bo‘yicha maxsus seminar va treninglar tashkil etish, xalqaro ilmiy ma’lumotlar bazalari bilan ishlash ko‘nikmalarini shakllantirish hamda akademik yozuv bo‘yicha qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarini rivojlantirish tavsiya etiladi. Umuman olganda, ingliz tilini yosh ayollar rivojining yagona omili sifatida emas, balki ta’lim, ilmiy izlanish, xalqaro muloqot va kasbiy rivojlanish imkoniyatlarini kengaytiruvchi vosita sifatida baholash lozim. Ingliz tili kompetensiyasini ilmiy-tadqiqot ko‘nikmalari bilan uyg‘unlashtirish yosh ayollarning ilm-fandagi ishtirokini kuchaytirish va ularning ilmiy salohiyatini xalqaro miqyosda namoyon etish imkoniyatlarini kengaytirishi mumkin.

Kelgusidagi tadqiqotlarda O‘zbekiston 155mpi ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan yosh ayollar o‘rtasida so‘rovnoma o‘tkazish orqali ingliz tili darajasi, xalqaro ilmiy resurslardan foydalanish chastotasi, konferensiyalardagi ishtirok va ilmiy nashr faolligi o‘rtasidagi bog‘liqlikni 155mpiric jihatdan o‘rganish maqsadga muvofiq.

Adabiyotlar, References, Литературы: 1. Qobulova, G. “Zamonaviy ilm-fanda olima ayollarning o‘rni: global taraqqiyot va innovatsiyalar strategiyasi.” Ma’rifat, 25 February 2026. 2.

3. Kawakibi, M. A., & Indrawan, F. “Importance of English in International Science Research Collaboration.” Teaching English as Foreign Language Literature and Linguistics, 4(1), 40–44, 4.

5. Nature Index. “2026 Research Leaders” Nature Index, 2026. 6.

7. UNESCO. “One in Three Researchers Is a Woman.” UNESCO, 11 February 2021. Last updated 20 April 2023. 8.

9. EF English Proficiency Index. EF English Proficiency Index 2025. EF Education First, 2025. See also: Kun.uz, 27.01.2026. 10. UNCTAD. Young Female Scientist Programme. United Nations Conference on Trade and Development. https://unctad.org/ 11. UNESCO. Advancing Gender Equality in STEM Education: Inspiring Girls to Pursue Science. UNESCO, 2024. 12. https://www.unesco.org/en/articles/advancing-gender-equality-stem-educationinspiring-girls-pursue-science 13. Association of Women Scientists of Uzbekistan. “About the Association.”

14. NUUz Information Service. “O‘zMU olima ayollari nufuzli forumda taqdirlandi.” National University of Uzbekistan. 15. https://nuu.uz/en/ozmu-olima-ayollari-nufuzli-forumda-taqdirlandi/

The text was automatically extracted from the article's PDF. Images, tables and formulas may not be reflected in the text · see the PDF for the original view.

Metadata source: the journal's OAI-PMH archive.

Cite

APA 7
Rustamova, Shahrizoda (2026). TIL BILISHDAN ILMIY IZLANISHGACHA: INGLIZ TILINING YOSH AYOLLAR RIVOJIDAGI O‘RNI. Yosh olimlar, 4(66), 150-156.
GOST R 7.0.5
Rustamova, Shahrizoda TIL BILISHDAN ILMIY IZLANISHGACHA: INGLIZ TILINING YOSH AYOLLAR RIVOJIDAGI O‘RNI // Yosh olimlar. 2026. Т. 4. № 66. С. 150-156.
BibTeX
@article{shahrizoda2026,
  author  = {Rustamova, Shahrizoda},
  title   = {TIL BILISHDAN ILMIY IZLANISHGACHA: INGLIZ TILINING YOSH AYOLLAR RIVOJIDAGI O‘RNI},
  journal = {Yosh olimlar},
  year    = {2026},
  volume  = {4},
  number  = {66},
  pages   = {150-156}
}
RIS
TY  - JOUR
AU  - Rustamova, Shahrizoda
TI  - TIL BILISHDAN ILMIY IZLANISHGACHA: INGLIZ TILINING YOSH AYOLLAR RIVOJIDAGI O‘RNI
JO  - Yosh olimlar
PY  - 2026
VL  - 4
IS  - 66
SP  - 150
EP  - 156
ER  -