Zamonaviy dunyoda ilm-fan va texnologiya 5-том 24-нөмір (2026) · 40-44-беттер

O‘ZBEKISTONNING JAHON SAVDO TASHKILOTIGA A’ZO BO‘LISH YO‘LIDA BOJXONA TO‘LOVLARINING TAKOMILLASHTIRILISHI

Pardayev, Toʻlqin, Nomozov, Abduvohid

Дереккөзден оқу PDF

Аңдатпа

Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasining Jahon savdo tashkilotiga (JST) a’zo bo‘lish jarayonida bojxona to‘lovlari tizimini takomillashtirish, shu bilan birga  bojxona to‘lovlarini Xalqaro standartlarga yanada moslashtirish  masalalari tahlil qilingan. Mamlakatimizning xalqaro savdodagi faolligini kuchaytirish, savdo jarayonlarini yеngillashtirish va xalqaro standartlarga mos qonunchilik bazasini yaratishda bojxona to‘lovlari muhim ahamiyat kasb etadi. Maqolada amaldagi bojxona to‘lovlari tizimi, uning huquqiy asoslari, mavjud muammolar hamda JST talablari bilan solishtirma tahlil asosida o‘rganilgan. Shu bilan birga xalqaro tajribaga tayanilgan holda O‘zbekistonda bojxona to‘lovlarini takomillashtirish bo‘yicha amaliy takliflar ilgari surilgan.

Jahon savdo tashkiloti, xalqaro savdo, tashqi savdo aylanmasi, bojxona to‘lovlarini takomillashtirish, import bojxona boji, elektron bojxona tizimi, bojxona qiymati, xalqaro bojxona standartlari.

HTML толық мәтін

O‘ZBEKISTONNING JAHON SAVDO TASHKILOTIGA A’ZO BO‘LISH YO‘LIDA BOJXONA TO‘LOVLARINING TAKOMILLASHTIRILISHI Pardayev Toʻlqin Nasirovich Bojxona qoʻmitasi Bojxona instituti professori, iqtisod fanlari doktori, e-mail: tulkinpardayev65@mail.ru Nomozov Abduvohid Abdurazzoq oʻgʻli Bojxona qo'mitasining Bojxona instituti mustaqil tadqiqotchisi. E-mail:nomozovabduvohid@gmail.com Tel: +99897 760-96-94 Annotatsiya. Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasining Jahon savdo tashkilotiga (JST) a’zo bo‘lish jarayonida bojxona to‘lovlari tizimini takomillashtirish, shu bilan birga bojxona to‘lovlarini Xalqaro standartlarga yanada moslashtirish masalalari tahlil qilingan. Mamlakatimizning xalqaro savdodagi faolligini kuchaytirish, savdo jarayonlarini yеngillashtirish va xalqaro standartlarga mos qonunchilik bazasini yaratishda bojxona to‘lovlari muhim ahamiyat kasb etadi. Maqolada amaldagi bojxona to‘lovlari tizimi, uning huquqiy asoslari, mavjud muammolar hamda JST talablari bilan solishtirma tahlil asosida o‘rganilgan. Shu bilan birga xalqaro tajribaga tayanilgan holda O‘zbekistonda bojxona to‘lovlarini takomillashtirish bo‘yicha amaliy takliflar ilgari surilgan. Kalit soʻzlar: Jahon savdo tashkiloti, xalqaro savdo, tashqi savdo aylanmasi, bojxona to‘lovlarini takomillashtirish, import bojxona boji, elektron bojxona tizimi, bojxona qiymati, xalqaro bojxona standartlari. Xalqaro globallashuv jarayonida davlatlar o‘rtasidagi tashqi savdo munosabatlarining rivojlanishi bojxona tizimining samaradorligini oshirish kerakliligini ko‘rsatmoqda. Bojxona to‘lovlari tashqi savdo jarayonlarida muhim omil hisoblanib, ularning adolatli, shaffof va xalqaro standartlarga muvofiq tarzda tashkil etilishi, har qanday imtiyoz va qulayliklar aʼzo bo‘luvchi davlatlarga bir xilda qo‘llanilishi Jahon savdo tashkiloti (JST) talablaridan hisoblanadi. Mamlakatimiz 2019-yildan buyon JSTga a’zo bo‘lish bo‘yicha faol harakatlarni boshladi. Ushbu jarayon bojxona sohasidagi qonunchilikni JSTning 166 mamlakat tomonidan qo‘llaniladigan xalqaro standartlariga moslashtirishni talab etadi. Mamlakatimizda iqtisodiy salohiyatni to‘laqonli ro‘yobga chiqarish, uning global ishlab chiqarish va qo‘shilgan qiymat zanjiriga integratsiyasini yana-da chuqurlashtirish, erkin bozor tamoyillarini amalda tatbiq etishni kengaytirish hamda O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga qo‘shilishini jadallashtirish maqsadida keng qamrovli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Jahon savdo tashkilotining Savdo va tariflar bo‘yicha Bosh bitimning 1-moddasi 1-bandiga muvofiq har qanday imtiyoz va qulayliklar aʼzo bo‘luvchi davlatlarga bir xilda qo‘llanilishi majburiy ekanligi belgilangan. Yaʼni ushbu tashkilotga aʼzo davlat qolgan barcha aʼzo 166 davlatga bojxona bojlarini qo‘llashda bir xilda yondashish kerakliligini talab etadi.

O‘zbekistonning tashqi savdo yo‘nalishidagi ikki va ko‘p tomonlama xalqaro shartnomalari asosida 10 ta mamlakat bilan erkin savdo rejimi, 47 ta mamlakat bilan eng ko‘p qulaylik berish rejimi amal qiladi. O‘zbekiston Respublikasining Bojxona kodeksiga asosan savdo-iqtisodiy munosabatlarda eng ko‘p qulaylik berishni nazarda tutilmagan mamlakatlarda ishlab chiqarilgan yoxud ishlab chiqarilgan mamlakati aniqlanmagan tovarlarga nisbatan amaldagi import bojlari stavkalarining 2 baravari qo‘llanilishi belgilangan. O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lishidagi muhim qadamlardan biri bu – bojxona kodeksida belgilangan import boji stavkalarining 2 barobarini qo‘llash amaliyotidan voz kechish ilgari surilganligidir. Mazkur o‘zgarishning qabul qilinishi import va eksport hajmining oshishiga hamda mamlakatimizning Jahon savdo tashkilotiga qo‘shilishiga ijobiy taʼsir ko‘rsatadi. Shuningdek bojxona to‘lovlarini Jahon savdo tashkiloti talablariga moslashtirish, a’zo davlatlar uchun yеngilliklar berish masalalari yuzasidan ko‘plab amaliy ishlar qilinmoqda. Jumladan import boji stavkalari ayrim tovarlarga nisbatan 2025-yil 1-iyundan boshlab: - Zargarlik sanoatida foydalaniladigan ligaturalarga (TIF TN kodi 7106 92 000 0) nisbatan 2027-yil 1-oktyabrga qadar (shu muddat ham kiradi) 0 %ni (oldin 5 %ni); - Tayyor zargarlik mahsulotlariga (TIF TN kodi 7113 19 000 0 va 7114 19 000 0) nisbatan 2027-yil 1-yanvarga qadar (shu muddat ham kiradi) 10 %ni (oldin 20 %ni); - Tabiiy yoki sun’iy еtishtirilgan marvaridlar, tashish qulayligi uchun vaqtincha tikilgan tabiiy yoki madaniy marvaridlarga(TIF TN kodi 7101) nisbatan 2026-yil 1-yanvarga qadar (shu muddat ham kiradi) 0 %ni (oldin 10 %ni); - Olmoslar, ishlov berilgan yoki ishlov berilmagan mahsulotlarga( TIF TN kodi 7102) nisbatan nisbatan 2026-yil 1-yanvarga qadar (shu muddat ham kiradi) 0 %ni(oldin 10 %ni); - Qimmatbaho (olmosdan tashqari) va yarim qimmatbaho toshlar, ishlov berilgan yoki ishlov berilmagan, saralangan yoki saralanmagan, toshlarga(TIF TN kodi 7103) nisbatan 2026yil 1-yanvarga qadar (shu muddat ham kiradi) 0 %ni (oldin 10 %ni); - Qimmatbaho yoki yarim qimmatbaho toshlar, sun’iy yoki rekonstruksiya qilingan, qayta ishlangan yoki ishlov berilmagan, saralangan yoki saralanmagan, lekin bog‘lanmagan toshlarga (TIF TN kodi 7104) nisbatan 2026-yil 1-yanvarga qadar (shu muddat ham kiradi) 0 %ni (oldin 10 %ni); - Transport vositalari, faqat uchqunli o‘t oldiriladigan porshenli ichki yonuv dvigatel bilan, dvigatel silindrlarining ish hajmi 1000 sm³ dan ko‘p emas, yangi, ishlab chiqarilgan paytidan bir yildan ko‘p bo‘lmagan vaqt o‘tgan tovarlariga(TIF TN kodi 8703211011, 8703211092, 8703211096) nisbatan 2026-yil 1-yanvarga qadar 0 %ni (oldin 15 + 0,4 AQSh dollari har bir kub. sm. uchun); - Transport vositalari, faqat siqilishdan (dizel yoki yarim dizel) alangalanuvchi porshenli ichki yonuv dvigatel bilan, dvigatel silindrlarining ish hajmi 1000 sm³ dan ko‘p emas, yangi, ishlab chiqarilgan paytidan bir yildan ko‘p bo‘lmagan vaqt o‘tgan tovarlariga (TIF TN kodi 8703311011, 8703311091) nisbatan 2026-yil 1-yanvarga qadar 0 %ni (oldin 15 + 0,6 AQSh dollari har bir kub. sm. uchun); - Transport vositalari, faqat uchqunli o‘t oldiriladigan porshenli ichki yonuv dvigatel bilan, dvigatel silindrlarining ish hajmi 1000 sm³ dan ko‘p, lekin 1200 sm³ dan ko‘p emas, yangi, ishlab chiqarilgan paytidan bir yildan ko‘p bo‘lmagan vaqt o‘tgan tovarlariga (TIF TN kodi 8703221011, 8703221092, 8703221096) nisbatan 2026-yil 1-yanvarga qadar 5 %ni (oldin 15 + 0,6 AQSh dollari har bir kub. sm. uchun); - Transport vositalari, faqat siqilishdan (dizel yoki yarim dizel) alangalanuvchi porshenli ichki yonuv dvigatel bilan, dvigatel silindrlarining ish hajmi 1000 sm³ dan ko‘p, lekin 1200 sm³ dan ko‘p emas, yangi, ishlab chiqarilgan paytidan bir yildan ko‘p bo‘lmagan vaqt o‘tgan tovarlariga (TIF TN kodi 8703311013, 8703311093) nisbatan 2026-yil 1- xsa yanvarga qadar 5 %ni (oldin 15 + 0,6 AQSh dollari har bir kub. sm. uchun) tashkil etadi.[1] Shuni alohida ta’kidlash kerakki, Savdo tartibotlarini soddalashtirish Bitimi asosan bojxonaga doir tartibotlarni o‘z ichiga oladi.

Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lishda Bitimda belgilangan 37 ta tadbirlarni implementatsiya qilish talab etiladi. Jumladan, dastlabki qaror, xavfni boshqarish, yig‘imlarni undirish, chegaradagi hamkorlik, yagona darcha, bojxona auditi va boshqa shu kabi tadbirlardan iborat. O‘zbekiston Respublikasida amalda bo‘lgan bojxona boji, yig‘imlari va qiymatini Jahon savdo tashkilotining Tariflar va savdo bo‘yicha bosh bitimi (GATT 1994) talablariga muvofiqlashtirish maqsadida: 2025-yil 1-yanvardan boshlab joriy etiladigan bojxona yig‘imlarining fiskal maqsadlarda undirilmasligi belgilandi.[2] Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lishda nafaqat tijorat maqsadidagi tovarlar, balki notijorat maqsadidagi jismoniy shaxslar tomonidan olib kelinadigan tovarlar va ularga nisbatan me’yoriy qiymatlarni belgilashda Xalqaro standartlarga moslashtirish zaruriyati tug‘iladi. Bugungi kunda mamlakatimizda ilg‘or xorijiy davlatlarning tajribasi o‘rganilib, jismoniy shaxslar uchun notijorat tovarlarini bojsiz olib kirishda tovarlarning qiymatiy me’yorlari takomillashtirilib borilmoqda. Xorijiy davlatlarda va O‘zbekistonda jismoniy shaxslar tomonidan notijorat tovarlarini bojsiz olib kirishning o’rtacha arifmetik me’yoriy qiymatining tahlili:[3] Quruqlik va № Hududlar Хalqaro kuryerlik Avia transportida dengiz jo’natmalari uchun transportida 1 Yevropa davlatlari 155$ (Belarussiya 250$, Islandiya 26$)

555$ (Ukraina 1200$, qolganlar 480$)

360$ Shimoliy va Janubiy amerika 115$ (Ekvador 400$, Argentina 50$)

500$ (Venasuella 1000$, Beliz 100$)

550$ Okeaniya davlatlari va Avstraliya 280$ (Avstraliya 750$, Indoneziya 3$)

faqat Malayziyada 220$ 630$ Afrika davlatlari 140$ (Zambiya 2000$, Tanzaniya 3$)

1 430$ Osiyo davlatlari 172$ (Baxrayn 790$, Pokiston 10$)

Markaziy Osiyo 400$ (Qozog’iston 580$, Qirg’iziston 232$)

O’zbekiston Xalqaro kuryerlik 200$(har oyda), Xalqaro pochta 100$ 1 000$ 1 650$ Temiryo’l va daryo transportida 500$, аvtomobil(piyoda) 300$ O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga (JST) a’zo bo‘lishi xalqaro savdoga integratsiyalashuvni ta’minlash, mamlakatning iqtisodiy rivojlanishini tezlashtirish va investitsiyaviy iqlimni yaxshilash uchun muhim qadam hisoblanadi. Ushbu jarayonda bojxona to‘lovlarining takomillashtirilishi mamlakatning tashqi savdoda raqobatbardoshligini oshirishga, shaffoflikni ta’minlashga va bojxona amaliyotini xalqaro standartlarga moslashtirishga xizmat qiladi. Bojxona tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar, bojxona tartib-taomillarining raqamlashtirilishi va jahon tajribasiga moslashtirish jarayonlari natijasida bojxona to‘lovlarining samaradorligi oshmoqda. Bunday o‘zgarishlar, mamlakatning savdo sohasidagi xalqaro munosabatlarini mustahkamlaydi. O‘zbekiston JSTga a’zo bo‘lishga intilayotgani holda, bojxona to‘lovlari tizimini to‘liq xalqaro standartlar asosida qayta ko‘rib chiqish va mukammallashtirish, shubhasiz, mamlakatimizning savdo va iqtisodiy munosabatlarini yangi bosqichga olib chiqadi. O‘rganishlar va turli tadqiqotlar natijasida O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lishida bojxona to‘lovlarini takomillashtirish masalalari yuzasidan quyidagi takliflarni beramiz: - Jahon savdo tashkiloti talablariga mos kelish maqsadida, O‘zbekiston bojxona to‘lovlari va protseduralarini xalqaro mezonlarga asoslanib qayta ko‘rib chiqish. - Tashqi iqtisodiy faoliyat qatnashchilari uchun tashqi savdo sohasida bojxona to‘lovlari bilan bog‘liq maslahat markazlarni tashkil etish. - Mavjud imtiyozlar va preferensiyalar tizimini qayta ko‘rib chiqish. Xulosa qilar ekanmiz, O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lishi mamlakatning xalqaro savdoga integratsiyalashuvi, iqtisodiy rivojlanishini va investitsiyaviy jozibadorligini oshirishda muhim qadam hisoblanadi. Bu jarayonda bojxona to‘lovlarining takomillashtirilishi muhim ahamiyatga ega. Mavjud bojxona tizimidagi islohotlar, tariflarning shaffofligi va bojxona amaliyotining xalqaro standartlarga moslashuvi mamlakatning savdo faoliyatini samarali tashkil qilishga qaratilgan. Shu bilan birga, O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lishi uchun bojxona to‘lovlarini tartibga solishda yana bir qator muammolar mavjud. Ulardan biri, ishlab chiqaruvchilarnining Xalqaro bozorga chiqishida raqobatbardosh tovarlar ishlab chiqarishning sekinligi. Bu kabi holatlar mamlakatning xalqaro savdodagi raqobatdoshligini kamaytiradi. Ichki ishlab chiqaruvchilarimizni Xalqaro standartlarga javob beradigan tovar va mahsulotlar ishlab chiqarishini rag‘batlantirishimiz kerak. Shunday ekan, ushbu muammolarni bartaraf etish orqali O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lish yo‘lidagi intilishlarini tezlashtiradi.

Adabiyotlar, References, Литературы: 1.

Davlat bojxona qo'mitasining rasmiy veb-sayti: customs.uz.

2.

Jahon Savdo Tashkilotining (JST) rasmiy sayti www.wto.org.

3.

Jahon savdo tashkilotining Savdo va tariflar bo‘yicha Bosh bitimi.

4.

O‘zbekiston Respublikasi bojxona kodeksi.

5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yildagi 3-iyundagi “Bozor islohotlarini yanada jadallashtirish va O‘zbekiston Respublikasi milliy qonunchiligini Jahon savdo tashkiloti bitimlariga muvofiqlashtirish bo‘yicha navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-85-son Farmoni. 6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yildagi 2-iyundagi “O‘zbekiston Respublikasining Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lish jarayonini jadallashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi PQ-181-son Qarori. 7. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yildagi 14-maydagi “O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasini tasdiqlash to‘g‘risida” gi PQ-181son Qarori. 8. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yildagi 29-iyundagi “O‘zbekiston Respublikasining tashqi iqtisodiy faoliyatini yanada tartibga solish hamda bojxona-tarif jihatdan tartibga solish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi PQ-3818-son Qarori.

Мәтін мақала PDF-інен автоматты түрде алынған. Сурет, кесте және формулалар мәтінде көрінбеуі мүмкін · түпнұсқа көрінісі үшін PDF-ті қараңыз.

Метадеректер дереккөзі: журналдың OAI-PMH архиві.

Дәйексөз алу

APA 7
Pardayev, Toʻlqin & Nomozov, Abduvohid (2026). O‘ZBEKISTONNING JAHON SAVDO TASHKILOTIGA A’ZO BO‘LISH YO‘LIDA BOJXONA TO‘LOVLARINING TAKOMILLASHTIRILISHI. Zamonaviy dunyoda ilm-fan va texnologiya, 5(24), 40-44.
GOST R 7.0.5
Pardayev, Toʻlqin, Nomozov, Abduvohid O‘ZBEKISTONNING JAHON SAVDO TASHKILOTIGA A’ZO BO‘LISH YO‘LIDA BOJXONA TO‘LOVLARINING TAKOMILLASHTIRILISHI // Zamonaviy dunyoda ilm-fan va texnologiya. 2026. Т. 5. № 24. С. 40-44.
BibTeX
@article{toʻlqin2026,
  author  = {Pardayev, Toʻlqin and Nomozov, Abduvohid},
  title   = {O‘ZBEKISTONNING JAHON SAVDO TASHKILOTIGA A’ZO BO‘LISH YO‘LIDA BOJXONA TO‘LOVLARINING TAKOMILLASHTIRILISHI},
  journal = {Zamonaviy dunyoda ilm-fan va texnologiya},
  year    = {2026},
  volume  = {5},
  number  = {24},
  pages   = {40-44}
}
RIS
TY  - JOUR
AU  - Pardayev, Toʻlqin
AU  - Nomozov, Abduvohid
TI  - O‘ZBEKISTONNING JAHON SAVDO TASHKILOTIGA A’ZO BO‘LISH YO‘LIDA BOJXONA TO‘LOVLARINING TAKOMILLASHTIRILISHI
JO  - Zamonaviy dunyoda ilm-fan va texnologiya
PY  - 2026
VL  - 5
IS  - 24
SP  - 40
EP  - 44
ER  -