Zamonaviy dunyoda innovatsion tadqiqotlar Том 5 № 25 (2026) · с. 163-166
TANA ICHKI HOLATINING INTEROSEPTIV FRAZEOLOGIK BIRLIKLAR ORQALI IFODALANISHI
Namozova, Feruza
Аннотация
Mazkur maqolada tananing ichki umumiy holatini ifodalovchi interoseptiv frazeologik birliklar semantik xususiyatiga ko‘ra tahlil qilingan. Iboralarning mazmun-mohiyati hamda ularning sinonim, antonim, omonim, polisemantiklik munosabatiga kirishishi, shevaga oid variantlari misollar orqali izohlab berilgan.
interosepsiya, sezgi, frazeologik birlik, organizm, semantik xususiyat, umumiy ichki tana, harorat, ehtiyoj
Полный текст в HTML
TANA ICHKI HOLATINING INTEROSEPTIV FRAZEOLOGIK BIRLIKLAR ORQALI IFODALANISHI Namozova Feruza Xomidovna Tayanch doktorant NavDU Annotatsiya. Mazkur maqolada tananing ichki umumiy holatini ifodalovchi interoseptiv frazeologik birliklar semantik xususiyatiga ko‘ra tahlil qilingan. Iboralarning mazmun-mohiyati hamda ularning sinonim, antonim, omonim, polisemantiklik munosabatiga kirishishi, shevaga oid variantlari misollar orqali izohlab berilgan. Kalit soʻzlar: interosepsiya, sezgi, frazeologik birlik, organizm, semantik xususiyat, umumiy ichki tana, harorat, ehtiyoj Interoseptiv sezgilarini ifodalalovchi lingvistik sath tizimida frazeologik birliklar katta va muhim guruhlardan biri sifatida ahamiyatlidir. Aslini olganda, frazeologik birliklarning mazmuniy jihati nihoyatda murakkab, chunki ayrim iboralar to‘liq ko‘chma ma’no ifodalasa (yulduzni benarvon uradi), ayrim iboralar tarkibidagi so‘zlar o‘z ma’nosini saqlab qoladi (og‘zi qulog‘ida). H. Jamolxonov iboralar anglatgan mazmundan tashqari ularda turli uslubiy bo‘yoqlar borligi haqida aytib o‘tadi1. Masalan, Parhez ovqat yemayman, juda me’damga tegdi. Jumladagi me’damga tegdi birligi biror ovqatni yeyishni istamaslik ma’nosini beradi. Bundan tashqari bu ibora salbiy bo‘yoqni anglatib, takror-takror uchrayverib, siyqasi chiqqan; o‘ziga tortish o‘rniga, o‘zidan itarib tashlamoq2 mazmunini ham anglatadi. Masalan, Shu ming‘irsing‘irlar ham me’daga tegdi. Interoseptiv sezgi ifodalovchi frazeologik birliklar tananing ichki qismida idrok etilgan sezgilarni bayon qiladi. Bunday holat umumiy tanada yoki uning alohida a’zolarida – bosh (miya nazarda tutilgan), yurak, qon-tomir a’zolari, oshqozon-ichak, nafas olish kabi tizimlarida sodir bo‘lishi mumkin. Quyida tananing alohida a’zolarini emas, balki uning umumiy ichki holatini ifodalagan iboralarni tahlilga tortganmiz. a) darmondan qolmoq, darmoni qurimoq, holdan ketmoq, holdan toymoq, ichinda jon yo‘q, kuchdan qolmoq, tinka-madori qurimoq, tinkasi qurimoq, sillasi qurimoq, oyog‘ida oyoq qolmadi. Ushbu frazeologik birliklarning barchasi holsizlik va jismoniy quvvatning susayishini ifodalashga xizmat qilgan. Ularning umumiy sematik belgisi inson organizmining ichki fiziologik holatida yuz beradigan charchoq, darmonsizlik, madorsizlik va energiya tanqisligini ifodalashdan iborat. Ularda organizmning ichki resurslari tugaganligi obrazli tarzda tasvirlangan. Shu jihatdan ular interoseptiv sezgilarning “energetik holat” yoki “jismoniy quvvat” bilan bog‘liq semantik maydonlarini tashkil etadi. Masalan, Orifjonning darmoni qurib, o‘zini yostiqqa tashladi.(S.Ahmad,“Saylanma”) Mehribon ota keksa, kuchdan qolgan, madorsiz edi. (Sh.Toshmatov,“Erk qushi”) Sizni qidira berib, oyog‘imda oyoq qolmadi, Rahimjon aka!
(A.Qahhor, “Yangi yer”) Madinaning sillasi quridi. Ko‘zlari tinib, sal qolsa yiqilayozdi.( https://old.adolat.uz › news) Xorazmiyning ketib aqli boshidin, Turur tik surati, yo‘q jon ichinda. (Xorazmiy, “Muhabbatnoma”) Keltirilgam misollardagi darmoni qurib, kuchdan qolgan, oyog‘imda oyoq qolmadi, sillasi quridi frazelamari tanadagi charchoq, holsizlik, kuchsizlikni bildirgan, ichinda jon yo‘q frazemasi ham xuddi shu ma’noda qo‘llangan. Biroq bu Jamolxonov H. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. Toshkent – “Talqin”, 2005, 217-271b.
G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot matbaa ijodiy uyi, 2022. 312– 636 bet.
frazeologik birlik hozirda arxaiklashgan hisoblanadi. Bundan tashqari jonimda jon qolmadi, harakatim quridi kabi frazeologik birliklar garchi charchoq, madorsizlik mazmunini anglatsada, O‘TIL, O‘TIFLlarida uchratmadik. Masalan, Jonimda jon qolmas yugurib-yelib, Ko‘ngil aytganimga ko‘nadi bir kun.(M.Yusuf) Besh-olti kundan beri ishtaham yo‘q, hatakatim qurib, boshim aylanadi. (Ijtimoiy tarmoqdan) Yoki Sh.Rahmatullayevning O‘TFLda oyoqdan qolmoq iborasi keraksiz, ortiqcha bo‘lib qolmoq, taqdiri hech kimni qiziqtirmay qo‘ymoq ma’nosini ifodalashi ko‘rsatilgan. U o‘zining bunchalik pastlab, oyoqdan qolishiga, asosan, Yoqutoyimni sababchi deb bilar, lekin dami ichida edi.(S.Anorboyev,“Oqsoy”) Biroq, kuzatishlarimiz jarayonida oyoqdan qolmoq iborasining “charchamoq” ma’nosini ham anglatishiga guvoh bo‘ldik. Masalan, Shaharga yozi bilan qatnadim. Qatnab oyoqdan qoldim.(Vikilug‘at) ...kuni bilan yuraverib oyoqdan qolgandi. Bok xonim ham quymoq va bulochka mojarolari bilan bog‘liq besaranjomlikdan keyin dam olishi kerak edi. (A. Lindgren,“Mittivoy va Karlson” Husan Ro‘zimatov tarjimasi) Bundan tashqari sillai madori ketmoq birligi ham aynan shu ma’noda qo‘llanilib, iboraning bu varianti yozuvchi Qo‘chqor Norqobil asarlarida uchratdik: Sillai madori ketib, oyoqlari uvishdi. Ko‘z oldi xira tortdi, boshi tanasiga og‘irlik qila boshladi. (Q.Norqobil,“Ayol qayta tug‘ildi”) b) darmonga kirmoq, darmonga to‘lmoq, kuchga kirmoq, kuchga to‘lmoq, orom bermoq, orom topmoq, orom olmoq kabi frazemalar organizmdagi enrgiya, kuch-quvvatning qayta tiklanish holatini ifoda etadi. Masalan, Anorxon tug‘ruqxonadan kelgandan keyin sekin-asta darmonga kirib, uy yumushlarini o‘zi qiladigan bo‘ldi. (A.Muxtor, “Oksana”) Shunda vujudi daf’atan kuchga to‘ldi, quyoshdan qoraygan yuziga qon yugurgandek bo‘ldi.(Yoshlik) Lekin hech qayerda o‘zini yupatolmadi. Faqat endigina, shu odamlar orasida uning g‘am-g‘ussaga botgan joni biroz orom topdi. (P.Tursun,“O‘qituvchi”) d) tobi qochmoq, tobi yo‘q, mazasi qochdi, hushini yo‘qotdi, o‘zidan (hushidan) ketmoq, kuni bitgan, paymona(si) to‘lgan kabi frazeologik birliklarda organizmning ichki holati bosqichmabosqich dinamik jarayon sifatida namoyon bo‘ladi. Dastlab organizmda umumiy fiziologik muvozanatning buzilishi quvvat (tobi qochmoq, tobi yo‘q, mazasi qochdi), so‘ng markaziy nerv tizimi faoliyatining izdan chiqishi (hushini yo‘qotdi, o‘zidan ketmoq) va nihoyat hayotiy faoliyatning yakunlanishi (kuni bitgan, paymonasi to‘lgan) ifodalanadi. Demak, mazkur frazeologizmlar inson salomatligining yomonlashuvi va organizm funksiyalarining susayishidan tortib hayotning nihoyasigacha bo‘lgan interoseptiv holatlarni yagona semantik tizimda aks ettiradi. Masalan, Borardim-u, bolam, lekin tobim qochib turibdi-da. (N.Nazir.
“So‘nmas chaqmoqlar”) Qattiq og‘riq sababli hushimdan ketayozdim. (Gazetadan) . – Kunim bitganini sezib turibman. – Nafasni sovuq qilmang. (O‘. Umarbekov) e) jon kirmoq, hushiga keldi, hushi o‘ziga kelmoq, o‘ziga kelmoq, yengil tortmoq kabi frazeologik birliklari organizmning hayotiy funksiyalari tiklanishi, fiziologik me’yorning qayta qaror topishi hamda psixofiziologik muvozanatning barqarorlashishini ifodalovchi interoseptiv semantik maydonni hosil qiladi. Ularning mazmuniy tuzilishida sog‘ayish jarayoni hayotiy energiyaning qaytishi, vertikal holatning tiklanishi, ongning o‘z me’yoriga kelishi va ichki og‘irlikdan xalos bo‘lish kabi konseptual modellar orqali ifodalanadi. Bu esa mazkur frazeologizmlarning o‘zbek xalqining sog‘liq va tiklanish haqidagi milliy konseptual tasavvurlari hamda interoseptiv tajribasining til birliklarida aks etgan yorqin namunasi ekanligini ko‘rsatadi. Yuqoridagi iboralarning ko‘pchiligida sinonim, antonim, omonim va polisemantik xususiyatlar mavjud ekanligi ko‘zga tashlanadi. Masalan, hushiga keldi, hushi o‘ziga kelmoq, o‘ziga kelmoq iboralari o‘zaro simonimlik munosabatiga ega. Tilimizda yengil tortmoq iborasi polisemantik xususiyatga ega bo‘lib quyidagi ma’nolarni ifodalaydi: yengil tortmoq: 1) ruhiy azoblanishi tarqamoq: Qorako‘z begim endi yengil tortdi va dadillanib ta’zim qildi. (P.Qodirov,“Yulduzli tunlar”); 2) kasalligi yengillashmoq: O‘sha dorini ichgandan keyin singlingiz ancha yengil tortdi.(S.Ahmad,“Qo‘shiq”) f) uyqu bosdi, uyqu elitmoq, uyqusi keldi, uyqusi qochdi, uyqusini qochirib yubordi kabi frazeologik birliklar o‘zbek tilidagi interoseptiv frazeologizmlar tarkibida inson organizmining biologik ehtiyojlari va fiziologik ritmlarini ifodalovchi alohida semantik guruhni tashkil etadi. Ushbu birliklarning umumiy semantik asosini organizmning uyquga bo‘lgan ichki ehtiyoji, uyqu holatining yuzaga kelishi yoki aksincha, uning buzilishi bilan bog‘liq interoseptiv sezgilar tashkil etadi. g) bosh qorong‘i, dard tutmoq, to‘lg‘oq tutmoq kabi iboralar o‘zbek tilidagi interoseptiv frazeologizmlar tizimida organizmning ichki fiziologik o‘zgarishlari, og‘riq sezgilari va biologik jarayonlarning boshlanishini ifodalovchi semantik guruhni tashkil etadi. Ular inson tanasida yuz berayotgan o‘zgarishlarni bevosita emas, balki xalqning ko‘p asrlik kuzatuvlari va tajribasi asosida shakllangan obrazli tafakkur vositasida ifodalaydi. Masalan, – Bu yer yutkur qanday balo ekan!... Odamlarday gulutaga, tuzga, kesakka boshqorong‘i bo‘lsam-chi! (Q.Qahhor, “Anor”)
Demak, bosh qorong‘i – homiladorlikning dastlabki oylarida nimanidir ko‘ngli tusash holati3ni anglatadi. Ushbu interoseptiv sezgi ifodalovchi frazeologik birlik Sirdaryo viloyatining Yangiyer tumanida istiqomat qiluvchi aholi tomonidan jerik bo‘lmoq4(jerigi tutmoq, jerigi kelmoq) tarzida ifodalanishi manbalarda ko‘rsatilgan. Interoseptiv sezgi ifodalovchi shevaga xos birliklarni namunasi sifatida tahlilga kirityapmiz, aslida, bu kabi birliklar miqdori juda ko‘p ekanligiga hech shubhamiz yo‘q. Shunga guvoh bo‘ldikki, interosepsiyaning jismoniy salomatlik va ruhiy salomatlikka ta’sirini aniqlaydigan katta ko‘lamdagi tadqiqotlar mavjud. Shuningdek, eng keng tarqalgan yo‘nalishlardan biri interosepsiya va his-tuyg‘ularning o‘zaro bog‘liqligi ustida olib borilayotgan izlanishlardir5. Emotsiyalar ko‘pincha organizmdagi muayyan jismoniy o‘zgarishlar bilan birga kechadi. Masalan, uyalganimizda yuzimizning qizarishi, qo‘rquv yoki hayajon paytida yurak urishining o‘zgarishi, nafas olishning tezlashishi shular jumlasidandir. Emotsiyalar va tana o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlik haqidagi g‘oya dastlab psixolog olim U. Jeyms tomonidan ilmiy jihatdan asoslab berilgan. Unga ko‘ra, emotsiyalar organizmda yuz beradigan periferik vegetativ o‘zgarishlar bilan chambarchas bog‘liqdir6. Olimlarning fikriga asoslanib, hech ikkilanmasdan, ruhiyatimizda sodir bo‘lgan qo‘zg‘alishlar organizmning tashqarisida yoki ichki qismida o‘zgarish yuz berishiga sabab bo‘ladi deyish mumkin.
G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot matbaa ijodiy uyi, 2022. 100 – 636 bet.
Adolf F., Couto B., Richter F., Decety J., Lopez J., Sigman M., Manes F.,Ibáñez A. Convergence of interoception, emotion, and social cognition: A twofold fMRI meta-analysis and lesion approach // Cortex. – 2017. – URL: http://doi: 10.1016/j.cortex.2016.12.019.
James, W. (1884). What is an emotion? Mind, 9, 188–205.
Adabiyotlar, References, Литературы: 1. Jamolxonov H. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. Toshkent – “Talqin”, 2005, -271b. 2. Rahmatullayev Sh., Mahmudov N., Хоlmanova Z., O‘razova I., K.Rixsiyeva. O‘zbek tili frazeologik lug‘ati – T.: G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot matbaa ijodiy uyi, 2022. – 636 bet. 3.
4. Adolf F., Couto B., Richter F., Decety J., Lopez J., Sigman M., Manes F.,Ibáñez A. Convergence of interoception, emotion, and social cognition: A twofold fMRI meta-analysis and lesion approach // Cortex. – 2017. – URL: http://doi: 10.1016/j.cortex.2016.12.019. 5. James W. (1884). What is an emotion? Mind, 9, 188–205.
Текст автоматически извлечён из PDF статьи. Изображения, таблицы и формулы могут не отображаться в тексте · для исходного вида смотрите PDF.
Источник метаданных: OAI-PMH архив журнала.