Zamonaviy dunyoda innovatsion tadqiqotlar Volume 5 Issue 26 (2026) · pp. 16-19
NUTQNING MEʼYORIY RIVOJLANISHIGA TAʼSIR QILUVCHI OMILLAR
Rahimjonova, Munavvar, Goipova, N.B.
Abstract
Ushbu maqolada bolalarda nutqning shakllanishi, meʼyoriy rivojlanishiga taʼsir qiluvchi omillar, nutqning buzilish sabablari va nuqsonlarning oldini olish haqida keng yoritilgan. Bunda nutq apparatining biologik butunligi , tashqi muhit, muloqot yetishmovchiligi va zamonaviy texnologiyalarning nutq boyligiga koʼrsatadigan taʼsiri tahlil qilinadi. Shuningdek, bu maqolada bolalarning nutqiy nuqsonlarining oldini olish, Korreksion-pedagogik yondashuvlar orqali nutqiy faollikni oshirish masalalari ilmiy asoslab berilgan.
biologik omillar, tashqi muhit, nutq apparati, korreksion yondashuv, zamonaviy texnologiyalar.
HTML full text
NUTQNING MEʼYORIY RIVOJLANISHIGA TAʼSIR QILUVCHI OMILLAR Rahimjonova Munavvar Namangan davlat pedagogika instituti Pedagogika fakulteti Maxsus pedagogika: logopediya yoʼnalishi talabasi @uzuz68864@gmail.com +998930461503 N.B.Goipova Annotatsiya: Ushbu maqolada bolalarda nutqning shakllanishi, meʼyoriy rivojlanishiga taʼsir qiluvchi omillar, nutqning buzilish sabablari va nuqsonlarning oldini olish haqida keng yoritilgan. Bunda nutq apparatining biologik butunligi , tashqi muhit, muloqot yetishmovchiligi va zamonaviy texnologiyalarning nutq boyligiga koʼrsatadigan taʼsiri tahlil qilinadi. Shuningdek, bu maqolada bolalarning nutqiy nuqsonlarining oldini olish, Korreksionpedagogik yondashuvlar orqali nutqiy faollikni oshirish masalalari ilmiy asoslab berilgan. Kalit soʻzlar: biologik omillar, tashqi muhit, nutq apparati, korreksion yondashuv, zamonaviy texnologiyalar.
FACTORS AFFECTİNG THE NORMATİVE DEVELOPMENT OF NUT Rahimjonova Munavvar Scientific Supervisor: N.B.Goipova goipovan42@gmail.com NamSPI Nutq - Inson kamolotida nutqning o‘rni beqiyos. Muloqot va fikrlashning asosiy vositasi hisoblanadi. Uni shunchaki tovushlar yig‘indisi yoki oddiy muloqot quroli deb tushunish yetarli emas. Nutq inson tafakkurining tashqi ko‘rinishidir. Ya’ni biz qanday fikrlasak, shunday gapiramiz; qanday gapirsak dunyoni shunday idrok etamiz. Shuning uchun ham bolaning til chiqishi shunchaki mexanik jarayon emas, balki butun boshli miyaning, ayniqsa, asab tizimining ulkan g‘alabasi hisoblanadi. Bolaning birinchi so‘z aytishi ortida miya po‘stlog‘ining faol ishlashi, eshitish a’zosining tovushlarni aniq ajratishi va nutq apparatining normal holatlari yotadi. Nutq ham biologik va ijtimoiy omillarning birgalikdagi ta’siri o‘laroq natijasida paydo bo‘ladi.Nutq rivojlanishi uchun bola tanasida fiziologik imkoniyatlar mavjud bo‘lishi kerak. Аннотация: В статье представлен всесторонний обзор процесса формирования речи у детей, факторов, влияющих на ее нормальное развитие, причин возникновения речевых расстройств и мер по их профилактике. Анализируются биологическая целостность речевого аппарата, воздействие внешней среды, последствия дефицита общения и влияние современных технологий на развитие речи. Кроме того, в статье приводится научное обоснование профилактики речевых нарушений и стимулирования речевой активности детей с помощью коррекционно-педагогических методов. Ключевые слова: биологические факторы, внешняя среда, речевой аппарат, коррекционный подход, современные технологии. Biologik omillar. Ayrim hollarda nutq rivojlanishining kechikishi genetik xarakterga ega bo‘lishi mumkin.Agar ota yoki onada nutq kech chiqqan bo‘lsa, bu bolada takrorlanish ehtimoli bor.Agar ota yoki onada nutq kech chiqqan bo‘lsa, bu bolada takrorlanish ehtimoli bor. Onaning homiladorlik paytidagi salomatligi, infeksiyalar, intoksikatsiyalar va tug‘ruq jarayonidagi travmalar nutq markaziga bevosita taʼsir koʻrsatishi mumkin. Eshitish qobiliyati: Nutq taqlid asosida shakllanadi. Agar bola tovushlarni eshitmasa, u nutqni idrok eta olmaydi va takrorlay olmaydi. Ijtimoiy-psixologik omillar. Atrof-muhitning roli: Hatto bola mutlaqo sogʼlom tugʼilsa ham agar u ijtimoiy muhitdan uzib qoʼyilsa, uning nutqi rivojlanmaydi. Nutq rivojlanishi uchun bolada muloqot qilish istagi boʼlishi shart. Kattalar bolani suhbatga tortishi, undan javob kutishi va savollar berishi uning nutqiy faolligini oshiradi. Bola doimiy qo‘rquv, stress yoki oiladagi nosog‘lom muhitda yashayotgan bo‘lsa, nutqiy tutilish kuzatilishi mumkin. Nutq — ijobiy his-tuyg‘ular bilan bog‘liq jarayondir.Bolaning diqqati qanchalik barqaror bo‘lsa, u yangi so‘zlarni shunchalik tez o‘zlashtiradi.Diqqatning tarqoqligi nutqiy nuqsonlarni keltirib chiqaradi.
Zamonaviy texnologiyalar. (gadjetlar, ijtimoiy tarmoqlar, sun’iy intellekt): Nutq rivojlanishiga ikki xil ham ijobiy, ham salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Salbiy taʼsiri eng katta xavf — bu bolalarning telefonga qaramligi. Muloqotning kamayishiga ham olib keladi. Bola planshet yoki telefon bilan vaqt oʻtkazganda u faqat axborotni qabul qiladi. Nutq shakllanishi uchun esa faol muloqot ham kerak. Texnologiya toʼgʼri qoʼllanilsa, u nutqni boyitish uchun kuchli qurolga aylanishi mumkin. Maxsus logopedik dasturlar va mobil ilovalar oʼyin shaklida bolaning soʼz boyligini oshiradi. Sifatli audio-ertaklar va animatsion filmlar bolaning eshitish xotirasini rivojlantiradi. Soʼnggi yillarda olimlar tadqiqotlarida odam jinsiga qarab oʼng va chap yarimsharlar rivojlanishida farq borligini koʼrsatib berdi. Chap yarimshar asosan nutqiy funksiyani amalga oshiradi. Oʼng yarimshar esa koʼruv-fazoviy gnozisni amalga oshiradi. Nutq buzilishlarining kelib chiqishida maxsus sharoitlar katta rol oʼynaydi, ya’ni nutq kamchiliklarining kelib chiqishiga yordam beruvchiyoki to‘sqinlik qiluvchi omillar. Masalan, psixik travma ta’siri ostidabolada duduqlanish yuzaga kelsa, u tashqi sabab sifatida ko’riladi.Quyidagilar esa duduqlanishning kelib chiqishi uchun qulay sharoit bo’libxizmat qiladi: bolaning somatik zaifligi, uning nevropatik organizmi (nervpsixik qo‘zg‘aluvchanlikning oshganligi), markaziy nerv sistemasiningerta organik jarohatlanishi asorati. Nutq buzilishlarini kelib chiqishida nasliy omillar, odatda, ekzogen-organikva ijtimoiy omillar bilan birgalikda keladi. Shuningdek, ular ayrim nutqbuzilishlarning keltirib chiqarishda boshlovchi omil bo’lib xizmat qiladilar.Bularga xromosoma sindromi va nerv tizimining nasliydegenerativkasalliklarida kuzatiluvchi nutq buzilishlari nomi bilan alohida guruhni tashkil qiladi. Xromosoma sindromlari (yoki xromosoma kasalligi) tug’mahisoblanadi va odatda, progridient oqimga ega bolmaydi. Deyarli barchaxromosoma sindromlarida bolaning jismoniy, nerv-psixik rivojlanishida orqada qolish kuzatiladi, shuningdek, u yoki bu darajada nutq rivojlanishiham buziladi.Xromosoma sindromi ikki guruhga bolinadi: Birinchi guruh — autosoma strukturasi yoki sonining o’zgarishi bilanbogliq sindromlar. Ikkinchi guruh — jinsiy xromosomalarning o’zgarishi bilan bog’liqsindromlar. Nutq buzilishlarini oldini olish. Nutq poydevori homila davrida qo‘yilgani sababli, profilaktika onaning salomatligidan boshlanadi. Sog‘lom homiladorlik: Onaning infeksion kasalliklardan saqlanishi, zararli odatlardan (alkogol, tamaki) voz kechishi va kuchli dori vositalarini shifokor nazoratisiz ichmasligi. Emotsional barqarorlik Stress va kuchli hayajon homilaning asab tizimi shakllanishiga salbiy ta’sir qiladi, bu esa kelajakda nutq markazlarining sustligiga olib kelishi mumkin. Bolaning jismoniy holatini muntazam nazorat qilish; Eshitish qobiliyatini tekshirish:
Nutq nuqsonlarining aksariyati eshitishning pastligi sababli yuzaga keladi. Shuning uchun bolaning tovushlarga munosabatini erta yoshdan tekshirib turish lozim. Artikulyatsiya apparati nazorati. Til osti jilovining (uzdechka) qisqaligi yoki tish-jag‘ tizimidagi kamchiliklarni o‘z vaqtida stomatolog va xirurg yordamida tuzatish lozim. Kattalar bola bilan gaplashganda so‘zlarni buzib, “shirin” qilib aytmasligi kerak. Bola boshidanoq so‘zning to‘g‘ri va aniq variantini eshitishi shart. Mayda motorikani rivojlantirish; qo‘l barmoqlari harakati miyadagi nutq markazini qo‘zg‘atadi. Shuning uchun bolaga tugmalarni qadash, donachalarni saralash, plastilin bilan ishlash va barmoq o‘yinlarini o‘rgatish juda muhim. Korreksion-pedagogik yondashuv; logopedik yordam; logopedik massaj va artikulyatsion gimnastika orqali nutq apparati mushaklari mustahkamlanadi. O‘yin orqali o‘qitish; Zerikarli darsdan ko‘ra muloqotni o‘yin ichiga yashirish ko‘proq samara beradi. Xulosa qilib aytganda, hozirgi kunda inson kamolotida nutqning o‘rni va uni to‘g‘ri shakllantirishning ahamiyati tobora oshib bormoqda. Nutq shunchaki muloqot vositasi emas, balki inson tafakkurining tashqi ko‘rinishi bo‘lib, u bizning dunyoni qanday idrok etishimizni belgilaydi. Ushbu murakkab jarayon biologik asab tizimi, genetik omillar va ijtimoiy muhitning o‘zaro uyg‘unligi natijasida yuzaga keladi.Nutq rivojlanishi nafaqat fiziologik salomatlikka, balki bolaning muloqotga bo‘lgan ehtiyoji va atrof-muhitning qo‘llab-quvvatlashiga ham bog‘liqdir. Zamonaviy texnologiyalar asrida gadjetlarga qaramlik kabi muammolar yuzaga kelayotgan bir paytda, jonli muloqot va o‘yin orqali o‘rgatish usullari har bir bolaning nutqiy imkoniyatlarini uyg‘otishga xizmat qiladi.
Adabiyotlar, References, Литературы: 1. Goipova, N. B. Q., & Meliboyeva, Y. E. Q. (2025). Nutq rivojlanishining buzilishlari va ularning sabablari. Science and Education, 6(5), 374-381. 2. Botirali ogli, X. A. (2025). Current Problems Of Inclusive Education: Challenges And Perspectives. European International Journal of Pedagogics, 5(06), 26-29.3. Olimjonovna, R. Z., & Xusnatilla o‘g‘li, N. Q. (2025). O ‘SMIRLIK DAVRIDA DEVIANT XULQ-ATVOR SHAKLLANISHIGA BOILOGIK VA IJTIMOIY OMILLARNING TA’SIRI. Научный Импульс, 3(33), 30-33. 3.
Goipova, N. B. (2024). Inklyuziv ta’lim. Gospital pedagogika: darslik. Namangan, 252.
4. Rustamova, G. X. Q. (2025). Noto ‘liq oilaning jamiyatdagi o ‘rni va psixologik ta’siri. Science and Education, 6(4), 265-269. 5. Botirali ogli, X. A. (2023). 4. STEAM pedagogik texnologiyasi: integratsiya orqali o'rganishni kuchaytirish. Innovative technologies in construction Scientific Journal, 1(1).7. Olimjonovna, R. Z. (2025). SHARQ MUTAFAKKIRLARINING BOLA AXLOQIY KAMOLOTINI SHAKLLANTIRISHDA OILANING ROLI HAQIDA QARASHLARI. ZAMONAVIY TA’LIM TIZIMINI RIVOJLANTIRISH VA UNGA QARATILGAN KREATIV G‘OYALAR, TAKLIFLAR VA YECHIMLAR, 8(82), 133-136. 6. Goipova, N. B. Q., & Tursunaliyeva, M. U. B. Q. (2025). Bolalar nutqida sintaktik mexanizmlarning shakllanishi. Science and Education, 6(5), 340-344. 7.
Rustamova, G. Z. X. Q., & Dilshoda, T. U. (2025). Keksalarni yosh chegaralari psixologik muammo sifatida. Science and Education, 6(5), 356-361. 8. Goipova, N. B., & Erkinova, M. M. Q. (2025). Bola nutqini rivojlanishida eshitish va ko‘rishning ahamiyati. Science and Education, 6(6), 741-744. 9. Olimjonovna, R. Z. (2024). EMOTSIONAL INTELLEKT BOLAJAK MUTAXASSISLARNING MUHIM XUSUSIYATI SIFATIDA. INNOVATION IN THE MODERN EDUCATION SYSTEM, 5(41), 452-458. 10. Goipova, N. B. Q., & Uraimjonova, Z. I. Q. (2025). Nutq nuqsonlarining kelib chiqish sabablari. Science and Education, 6(5), 387-392. 11. Shavkatova, X. S. Q., & Goipova, N. B. (2026). Inklyuziv ta’limning jamiyatda tutgan o‘rni. Science and Education, 7(1), 1034-1037.
The text was automatically extracted from the article's PDF. Images, tables and formulas may not be reflected in the text · see the PDF for the original view.
Metadata source: the journal's OAI-PMH archive.