Zamonaviy dunyoda ilm-fan va texnologiya Том 5 № 24 (2026) · с. 52-55
“ETNOSLARLARO JARAYONLAR VA IJTIMOIY-DEMOGRAFIK OMILLARNING DIALEKTIK ALOQADORLIGI: IJTIMOIY-FALSAFIY TAHLIL”
Salayev, Fazliddin
Аннотация
Mazkur maqolada etnoslarlaro jarayonlar va ijtimoiy-demografik omillarning dialektik aloqadorligi ijtimoiy-falsafiy nuqtai nazardan tahlil etilgan. Shuningdek, etnoslararo jarayonlarning qanday yuzaga kelishi va rivojlanishi hamda ushbu jarayonlar haqida olimlarning fikr va mulohazalari yoritilgan. Shu o‘rinda ijtimoiy-demografik omillarning tarkibiy qismlariga ham to‘xtalib o‘tilgan. O‘zbekistonning ko‘p millatli jamiyatida mazkur jarayonlarning o‘ziga xos jihatlari ochib berilgan.
Global migratsiya, millatlararo totuvlik, dialektik tizim, globallashuv, transformatsiyalashuv, etnodemografiya, tendensiya, demografik tarkib, migratsiya, urbanizatsiya, aholining tabiiy harakati, integratsiya.
Полный текст в HTML
“ETNOSLARLARO JARAYONLAR VA IJTIMOIY-DEMOGRAFIK OMILLARNING DIALEKTIK ALOQADORLIGI: IJTIMOIY-FALSAFIY TAHLIL” Salayev Fazliddin Shamsiddin o‘g‘li Toshkent arxitektura-qurilish universiteti “O‘zbek va xorijiy tillar ” kafedrasi assistenti ORCID: https://orcid.org/0009-0005-5281-6196 E-mail: salayevfazliddin7@gmail.com Annotatsiya. Mazkur maqolada etnoslarlaro jarayonlar va ijtimoiy-demografik omillarning dialektik aloqadorligi ijtimoiy-falsafiy nuqtai nazardan tahlil etilgan. Shuningdek, etnoslararo jarayonlarning qanday yuzaga kelishi va rivojlanishi hamda ushbu jarayonlar haqida olimlarning fikr va mulohazalari yoritilgan. Shu o‘rinda ijtimoiy-demografik omillarning tarkibiy qismlariga ham to‘xtalib o‘tilgan. O‘zbekistonning ko‘p millatli jamiyatida mazkur jarayonlarning o‘ziga xos jihatlari ochib berilgan. Kalit so‘zlar: Global migratsiya, millatlararo totuvlik, dialektik tizim, globallashuv, transformatsiyalashuv, etnodemografiya, tendensiya, demografik tarkib, migratsiya, urbanizatsiya, aholining tabiiy harakati, integratsiya. Аннотация. В данной статье с социально-философской точки зрения анализируется диалектическая взаимосвязь между межэтническими процессами и социально-демографическими факторами. Также рассматриваются возникновение и развитие межэтнических процессов, а также взгляды и мнения ученых об этих процессах. Затрагиваются и компоненты социально-демографических факторов. Выявляются специфические особенности этих процессов в многонациональном обществе Узбекистана. Ключевые слова: Глобальная миграция, межэтническая гармония, диалектическая система, глобализация, трансформация, этнодемография, тенденция, демографический состав, миграция, урбанизация, естественное перемещение населения, интеграция. Abstract. This article analyzes the dialectical relationship between interethnic processes and socio-demographic factors from a socio-philosophical perspective. It also discusses the emergence and development of interethnic processes, as well as the views and opinions of scientists about these processes. It also touches on the components of socio-demographic factors. The specific features of these processes in the multinational society of Uzbekistan are revealed. Keywords: Global migration, interethnic harmony, dialectical system, globalization, transformation, ethnodemography, trend, demographic composition, migration, urbanization, natural population movement, integration. Bugungu zamonaviy dunyoda global migratsiya, etnik xilma-xillik, madaniy o‘zaro ta’sir va demografik transformatsiya jarayonlarining rivojlanishi bilan ahamiyatlidir. Ushbu jarayonlar aholisi ko‘p millatli mamlakatlarda etnoslararo jarayonlar masalasini ijtimoiyfalsafiy tomonlama tadqiq etishni keltirib chiqarmoqda.
Prezidentimiz Sh.M. Mirziyoyev qayt etganlaridek, “Bugungi kunda yurtimizda 130 dan ziyod millat va elat, 16 ta diniy konfessiya vakillari bir oila farzandlari kabi ahil va inoq yashab, mamlakatimiz ravnaqiga munosib hissa qo‘shib kelayotganini barchamiz yuksak qadrlaymiz.
G‘oyat noyob ijtimoiy hodisa bo‘lgan bunday milliy-madaniy xilma-xillik Yangi O‘zbekistonning har bir fuqorosi, millati, tili va dinidan qat’i nazar, erkin va farovon yashaydigan insonparvar davlat sifatidagi o‘rni hamda nufuzini oshirishda muhim rol o‘ynamoqda” [1]. Ushbu yondashuv millatlararo totuvlik va bag‘rikenglikni Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining ustuvor qadriyatlaridan biri sifatida baholash imkonini beradi. Etnoslararo jarayonlar va ijtimoiy-demografik omillar bir-birini to‘ldiruvchi, belgilovchi va doimiy ravishda o‘zgarib turuvchi dialektik tizimni tashkil etadi. Ushbu tadqiqot ishining ijtimoiy-falsafiy tahlili jamiyatning barqaror rivojlanishi, milliy o‘zlikni anglash va globallashuv sharoitida transformatsiyalashuv qonuniyatlarini ochib beradi. Etnoslararo jarayonlar – turli etnik guruhlar, elatlar va millatlar o‘rtasida ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy va madaniy munosabatlar asosida shakllanadigan, ijtimoiy-demografik omillar ta’sirida doimiy ravishda o‘zgarib va rivojlanib boradigan murakkab ijtimoiy hodisalar majmuidir. Bu jarayonlar tasodifiy bo‘lmay, tarixiy davrlar mobaynida jamiyatning demografik, siyosiy va hududiy rivojlanishi natijasida yuzaga keladi. Etnos atamasi manbalarda va adabiyotlarda turlicha ifoda etiladi. Professor Q. Nazarovning “Jahon falsafasi qomusi” asarida etnos (yun. ethnos – guruh, qabila, xalq) ijtimoiytarixiy jarayonlar natijasida shakllangan etnik birlik, ya’ni odamlar ijtimoiy guruhining bir turi sifatida ta’riflanadi [2]. Etnik birlik, etnos – kishilarning maʼlum bir tarixiy davrda va ijtimoiy tuzumda tarkib topgan alohida barqaror etnik uyushmasi [3]. A. Ashirov ham asarlari, ilmiy izlanishlari natijasida quyidagi ta’riflarni keltiradi. Etnos – tabiiy-tarixiy jarayonlar natijasida tarkib topgan kishilar guruhidir. Etnologiyada urug‘, qabila, elat, xalq, millat etnos deb yuritiladi [4]. Etnodemografiya – demografiya va etnologiya fanlarining yaqin aloqasidan paydo boʻlgan yangi ilmiy soha hisoblanadi. XIX asrning 2-yarmida ushbu yangi soha shakllana boshlagan Etnodemografiyaga oid tadqiqotlar XX asrning boshlarida boshlangan. Etnodemografiyada aholi etnik va milliy tarkibi turli davrlarda qanday boʻlganligi aniqlanadi [5]. Etnodemografiyaga nisbatan etnografiya va demografiya qadim zamonlardan rivojlanib, shakllanib kelgan. Bu ikki sohani yaqinlashishi natijasida aholi etnik tarkibini aniqlash, etnik birliklar orasidagi munosabatlar qanday shakllanganligini bilish yildan-yilga dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Etnodemograflar aholi etnik tarkibini oʻzgarishiga sabab boʻlgan asosiy omillar: hudud aholisining tabiiy oʻsishi, ma’lum millat, xalq, elat vakillarining ommaviy koʻchib kelishlari va nihoyat etnik ongni, etnik oʻzlik, mansublikni oʻzgarishiga olib kelgan etnik jarayonlarni oʻrganadi. Etnodemografiyani vazifalariga ushbu uch omilning ta’sirini aniqlash ham kiradi [6].
Lekin chuqur etnodemografik tadqiqotlar faqat aholining zamonaviy milliy tarkibini oʻrganishgina kirmaydi. Aholi etnik tarkibi dinamikasini asosiy tendensiyalari va qonuniyatlarini bilgan etnodemograflar aholi etnik tarkibini kelajakdagi istiqbollarini ham aniqlashlari mumkin. Etnik demografiyaning vazifalariga nafaqat tugʻilish, oʻlim va boshqa demografik hodisalarga ta’sir etuvchi omillarni oʻrganish, balki turli xalqlar ushbu koʻrsatkichlarni qiyosiy tahlil qilish, qoʻshni etnoslarni ushbu jarayonlarga ta’sirini tadqiq qilish ham kiradi.
Etnodemografiyaning muhim vazifalaridan biri migratsiyalarning etnik jihatlarini (migratsiya oqimlarining etnik tuzilishini aniqlash, turli millatlar uchun migratsiya saldosini aniqlash va hk.lar) oʻrganish ham muhim. Etnodemograflar uchun migratsiya u yoki bu xalqni etnik tarkibi dinamikasiga, ushbu xalqni joylashishi xususiyatlariga ta’siri ham ahamiyatlidir [7]. Ijtimoiy-demografik omillar hisoblangan migratsiya, aholining yosh tarkibi, tug‘ilish darajasi, o‘lim darajasi, ta’lim darajasi, aholining yosh bo‘yicha tarkibi, urbanizatsiya, hududlar bo‘yicha joylashuvi va bandlik ko‘rsatkichlari etnik guruhlarning ijtimoiy faolligi, ularning soni va hududlar bo‘yicha joylashuviga ta’sir ko‘rsatadi. Masalan, ichki va tashqi migratsiya natijasida ayrim hududlarning etnik tarkibi o‘zgaradi, bu holat esa yangi etnomadaniy muhitning shakllanishiga, madaniyatlararo muloqotning kengayishiga yoki ayrim hollarda ijtimoiy moslashuv jarayonlarining murakkablashishiga olib kelishi mumkin. Ijtimoiy-falsafiy nuqtai nazardan, etnoslararo jarayonlar va ijtimoiy-demografik omillar jamiyat taraqqiyotining o‘zaro bog‘liq va bir-birini taqozo etuvchi hodisalari sifatida namoyon bo‘ladi. Ularning aloqadorligi sabab va oqibat, zaruriyat va tasodif, barqarorlik va o‘zgarish kabi dialektik kategoriyalar orqali izohlanadi. Demografik tarkib, migratsiya, urbanizatsiya va aholining tabiiy harakati etnoslararo munosabatlarning rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatsa, shakllangan etnoslararo muhit ham, o‘z navbatida, demografik jarayonlarning keyingi yo‘nalishiga ta’sir etadi. Shu jihatdan, mazkur jarayonlarni tahlil qilish jamiyatdagi ijtimoiy barqarorlik, integratsiya, bag‘rikenglik va etnik hamjihatlikning falsafiy asoslarini anglash imkonini beradi. Etnoslararo jarayonlar va ijtimoiy-demografik omillar o‘rtasidagi aloqadorlik dialektik jihatdan bir tomonlama emas, balki o‘zaro ta’sirga asoslangan murakkab jarayon sifatida namoyon bo‘ladi. Bunda muayyan demografik o‘zgarishlar etnoslararo munosabatlarning mazmuni va rivojlanish yo‘nalishiga ta’sir etsa, mazkur munosabatlar natijasida vujudga kelgan ijtimoiy-etnik muhit, o‘z navbatida, demografik jarayonlarning keyingi rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatadi. Natijada sabab va oqibat o‘rtasidagi munosabat nisbiy xarakter kasb etib, ular turli tarixiy bosqichlarda o‘zaro o‘rin almashib boradi. Shu ma’noda, etnoslararo jarayonlar hamda ijtimoiy-demografik omillar o‘rtasidagi bog‘liqlik doimiy harakat, o‘zgarish va rivojlanishga asoslangan dialektik tizimni tashkil etadi.
O‘zbekistonning ko‘p millatli ijtimoiy makonida etnoslararo jarayonlar va ijtimoiydemografik omillar o‘rtasidagi dialektik bog‘liqlik o‘ziga xos mazmun kasb etadi. Jamiyatda millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglik tamoyillarining qaror topishi hamda ularni qo‘llabquvvatlashga qaratilgan davlat siyosatining amalga oshirilishi ijtimoiy barqarorlikning muhim shartlaridan biri hisoblanadi. Biroq urbanizatsiyaning rivojlanishi, ichki va tashqi migratsiya jarayonlarining faollashuvi, aholining yosh tarkibida yoshlar ulushining yuqoriligi kabi omillar etnoslararo munosabatlarning dinamikasiga sezilarli ta’sir ko‘rsatmoqda. Shu bois O‘zbekistonda mazkur jarayonlarning o‘zaro ta’siri va rivojlanish qonuniyatlarini ijtimoiyfalsafiy hamda demografik yondashuvlarning uyg‘unligi asosida tahlil qilish dolzarb ilmiy vazifalardan biri sifatida namoyon bo‘ladi. Xulosa qilib aytganda, etnoslararo jarayonlar va ijtimoiy-demografik omillar jamiyat taraqqiyotining o‘zaro bog‘liq hamda bir-biriga ta’sir ko‘rsatuvchi tarkibiy qismlaridir. Migratsiya, urbanizatsiya, aholining tabiiy o‘sishi, yosh va etnik tarkibidagi o‘zgarishlar etnoslararo munosabatlarning mazmuni va rivojlanishiga ta’sir etsa, shakllangan etnoslararo muhit ham demografik jarayonlarning keyingi yo‘nalishiga ta’sir ko‘rsatadi. Shu jihatdan, ular o‘rtasidagi munosabat sabab va oqibatning o‘zaro almashinuvi asosida rivojlanuvchi dialektik jarayon sifatida namoyon bo‘ladi. O‘zbekiston sharoitida esa millatlararo totuvlik, bag‘rikenglik va ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash mazkur jarayonlarni samarali boshqarishning muhim sharti hisoblanadi. Shu sababli etnoslararo jarayonlarni ijtimoiy-falsafiy va demografik yondashuvlar uyg‘unligida o‘rganish jamiyatning barqaror rivojlanishi va etnik hamjihatlikni mustahkamlashda muhim ilmiy-amaliy ahamiyat kasb etadi.
Adabiyotlar, References, Литературы: 1. https://president.uz/uz/lists/view/9466 // Prezident Shavkat Mirziyoyevning Xalqlar do‘stligi kuni munosabati bilan bayram tabrigi. 30.07.2026.] 2. Nazarov N. Jahon falsafasi qomusi. – Toshkent: Ma’naviyat, 2023. – B. 596. 3.
4. Ashirov A. Etnologiya. – Toshkent: Yangi nashr, 2014. – B. 542. 5. Казьмина О.Е., Пучков П.И.Основы этнодемографии – Москва: Наука, 1994. – C. 51. 6. Казьмина О.Е., Пучков П.И. Основы этнодемографии – Москва: Наука, 1994. – C. 51. 7. Казьмина О.Е., Пучков П.И. Основы этнодемографии – Москва: Наука, 1994. – C. 52.
Текст автоматически извлечён из PDF статьи. Изображения, таблицы и формулы могут не отображаться в тексте · для исходного вида смотрите PDF.
Источник метаданных: OAI-PMH архив журнала.