Zamonaviy dunyoda ijtimoiy fanlar Ҷилди 5 № 19 (2026) · Саҳифаҳои 62-65

AMIR TEMUR QO‘SHINLARINI KIYIM-KECHAK TA’MINOTI

Iskandarov, Jasurbek

Дар манбаъ хондан PDF

Аннотатсия

Ushbu tezisda Amir Temur davrida qo‘shinlarning kiyim-kechak ta’minoti tizimi, uning tashkil etilishi hamda harbiy yurishlarning samaradorligini ta’minlashdagi o‘rni tahlil qilinadi. Tadqiqotning asosiy e’tibori kiyim-kechak ta’minotining jangovar shaylik, qo‘shinlarning harakatchanligi va uzoq muddatli harbiy yurishlarni amalga oshirish imkoniyatlariga qaratiladi. Tadqiqot natijasida Amir Temur davridagi ta’minot tizimida kiyim-kechakning o‘rni va ahamiyati ilmiy jihatdan asoslanib iqtisodiy va logistika jihatlari ochib beriladi.

Amir Temur, harbiy ta’minot, kiyim-kechak ta’minoti, harbiy logistika, kiyim-bosh,jangovar shaylik.

Матни пурра

AMIR TEMUR QO‘SHINLARINI KIYIM-KECHAK TA’MINOTI Iskandarov Jasurbek G‘ulom o‘g‘li podpolkovnik, Toshkent Harbiy okrugi, 42219 harbiy qism komandirining o‘rinbosari Annotatsiya: Ushbu tezisda Amir Temur davrida qo‘shinlarning kiyim-kechak ta’minoti tizimi, uning tashkil etilishi hamda harbiy yurishlarning samaradorligini ta’minlashdagi o‘rni tahlil qilinadi. Tadqiqotning asosiy e’tibori kiyim-kechak ta’minotining jangovar shaylik, qo‘shinlarning harakatchanligi va uzoq muddatli harbiy yurishlarni amalga oshirish imkoniyatlariga qaratiladi. Tadqiqot natijasida Amir Temur davridagi ta’minot tizimida kiyimkechakning o‘rni va ahamiyati ilmiy jihatdan asoslanib iqtisodiy va logistika jihatlari ochib beriladi. Kalit so‘zlar: Amir Temur, harbiy ta’minot, kiyim-kechak ta’minoti, harbiy logistika, kiyim-bosh,jangovar shaylik. Annotation. This thesis analyzes the clothing provision system of Amir Temur’s troops, its organization and its role in ensuring the effectiveness of military campaigns. Particular attention is given to the role of clothing provision in maintaining combat readiness, troop mobility and the conduct of long-term military campaigns. The study identifies the importance of clothing provision within the military supply system of the Timurid period and examines its economic and logistical aspects. Keywords: Amir Timur, military supply, clothing provision, military logistics, uniforms, combat readiness. Аннотация: В данной тезисной работе анализируется система обеспечения войск одеждой и обмундированием в период правления Амир Темура, особенности её организации, а также её роль в обеспечении эффективности военных походов. Основное внимание в исследовании уделяется роли одежды и обмундирования в обеспечении боеспособности, мобильности войск и возможности осуществления длительных военных походов. В результате исследования научно обосновываются роль и значение одежды и обмундирования в системе снабжения войск в период правления Амира Темура, а также раскрываются её экономические и логистические аспекты. Ключевые слова: Амир Темур, военное обеспечение, обеспечение одеждой и обмундированием, военная логистика, одежда, боеспособность. Amir Temur qo‘shinlari va ushbu davrga tegishli bo‘lgan harbiy kiyim- kechaklar haqida ma’lumot bizgacha qisman yetib kelgan. Temuriylar davri uchun xos bo‘lgan kiyimlarni nusxalari XVI-XVII asrlarga oid Movarounnahr miniatura tasvirlari biz uchun asosiy manba bo‘lib kelmoqda. Ayniqsa, Temuriylar davriga tegishli bo‘lgan harbiy kiyimlar haqida fikr bildirilganda, biz Sharafiddin Ali Yazdiyning “Zafarnoma” asaridagi miniatura qo‘lyozmalari bilan ifodalay olamiz. Temuriylar davridagi harbiy kiyimlar bizgacha yetib kelmagan. Biz faqatgina kiyimlar haqida aniq ma’lumotlarni arxeologik qazilmalardan olingan ma’lumotlardan ma’lum darajada xulosa chiqarib olishimiz mumkin.

Temur armiyasi o‘z zamonasining ilg‘or qurol va texnikasi bilan qurollangan, aynan bir turdagi qurol-yarog‘, aslaha anjom bilan ta’minlangan, qismlar bir-biridan kiyim boshi, tutgan bayrog‘i yoki tug‘i bilan ajralib turgan. Bunday ajralib turish jang vaqtida qo‘shinni boshqarishda juda qo‘l kelgan. Klavixo o‘z kundaligida Amir Temur qo‘shinini harbiy ko‘rikdan o‘tkazganligi va unda qizil movut bilan bezatilgan uch ming juft kiyimlarni bir qancha kishilarga tortiq qilingani haqida yozgan. Sohibqiron o‘z qo‘shinlari tarkibida tikuvchilar, kosiblar, chodir tiklovchilar, hayvon terilariga ishlov beruvchilar (oshlovchi), oyoq kiyimlari tikuvchilari, bagtarlarga xizmat ko‘rsatuvchi kasb egalarini olib yurgan. Ularning aniq soni aniq bo‘lmasa ham, lekin bo‘linma kabi soni ko‘p bo‘lgan. Temur qo‘shinlari tarkibiga piyoda va otliq qo‘shin turlari kirgan. Temur va temuriylar qo‘shinlari Chingizxon singari bo‘linmalami o‘nlik sanoq sistemasi asosida shakllantirgan ya’ni o‘nlik, yuzlik, minglik va tuman kabi. Bu bo‘linmalar ham o‘zaro bir-birlaridan kiyim-kechak ust egallagan lavozimi va darajasi bilan turlicha bo‘lgan. Oddiy askar va uning sardori kiyimlari farqlanib turgan. Sohibqiron jangchilarning kiyim-kechaklarini jangovar vazifalarni bajarish sharoitlariga qarab belgilab bergan edi. Masalan, asosiy piyoda va otliq bo‘linmalari, razvedka bo‘linmalari, qo‘riqlov bo‘linmalari, artilleriya bo‘linmalari, pontonchi va muhandis bo‘linmalari, ta’minot bo‘linmalari, sozandalar, tabiblar kabi turli xil vazifalarni bajaruvchi askarlarni kiyim-kechaklari bir-birinikidan farq qilgan. Chunki jang davomida foydalaniladigan kiyim ust bosh bilan boshqa vazifalarni bajaruvchi bo‘linmalarni kiyimlarining sifat holati, tashqi muhitga moslashuvchanlik qobilyati va himoyalanish xususiyati bilan ajralib turgan. Amir Temur lashkarlarining harbiy kiyimlari turli xil rangda bo‘lgan. Har bir bo‘linmaning alohida jangovar bayroqlari va maxsus rangli kiyimlari bo‘lgan. Masalan, qaysi qismning bayrog‘ qizil bo‘lsa, ularning kiyimlari va boshqa anjomlari ham shu rangda bo‘lgan va shu tarzda yashil, oq, sariq va boshqa ranglar ajralib turgan. Shuningdek, bayroqlar ham chiroyli, rang barang va naqshlar bilan bezatilgan, uzoq masofadan ham ko‘zga yaqqol ko‘rinishi hisobga olinar edi. Bu bayroqda har bir mamlakatning milliyligi aks ettirilgan bo‘lib ramziy ma’noni ifodalagan. Temur Tuzuklarida bayon qilinadiki, oddiy askarlardan yuqori mavqeda bo‘lgan bahodirlarning kiyim-kechak va anjom-aslahalari quyidagicha bo‘lgan.

Harbiy bosh kiyimlariga maxsus ishlov berilgan bo‘lib, quyosh nurida yorqin tovlanar va unga qaragan kimsani ko‘zni ko‘rish qobilyatini ma’lum muddatga susaytirar edi. Bu esa jang davomida quyosh chiqib turgan pallada dushmanni o‘ldirish uchun qo‘l kelgan. Sohibqironning bosh kiyimi esa, qimmatbaho metallardan tayyorlangan bo‘lib butun qo‘shin ichida yaqqol ajralib, ko‘zga tashlanib turar edi. Temurning dubulg‘asi sof oltindan tayyorlanar, qolgan bezaklarini esa javohirlar bilan bezalib nafis va salobatli ishlangan edi. Kasbini ustasi bo‘lgan zargarlaru qurolsoz ustalar Amir Temurning shaxsiy jangovar kiyimlarini tayyorlashar edi. Sohibqironning qurol-yarog‘lari eng mustahkam matallardan qilinardi. Bu qurol-yarog‘ va jangovar kiyim-kechaklar bilan harakatlanish davomida noqulaylik sezilmas edi. Sohibqiron jangga kirganda esa uning egnidagi aslahalari quyoshda shu qadar tovlanib quyosh nurlarini qaytarar ediki yon atrofidagi dushmanlarining ko‘zlari qamashib ketar, o‘nga chapga alanglanib biroz muddat jang qilish qobilyati susayib qolar edi.

Amir Temurning oddiy jangchilari ko‘p hollarda ichki kiyim shimlari ustida qalin teri yoki zamshdan tikilgan keng shim kiyib yurishgan. Ko‘krak qafasini himoyasini kuchaytirish ular yumaloq disklar bilan ham mustahkamlangan. O‘z navbatida jangchilarni tirsak va tizza qismlarini yopib turuvchi metal parchalar bilan ishlangan himoya vositalari mavjud edi. Issiq bo‘lgan vaqtlarda bu himoya to‘plamlarini faqatgina jangga kirishdan oldin kiyib olishar edi. Qo‘llarini tirsakkacha qoplaydigan metal himoya vositalari, jangda qilichning zarbasiga yetarlicha qarshilik ko‘rsata olar edi. Bu himoya to‘plamlarini qurol yasovchi ustalar va temirchilarning mashaqqatlari bilan tayyorlanardi. Askarlarning asosiy jangovar kiyimlari dagala, shim va chakmondan iborat bo‘lgan. Bu bilan jangda har qaysi sharoitlarda, tepalik, o‘rmonzor, botqoqlik va daryolardan kechuvlarda bu kiyim bilan harakatlanish qulay bo‘lgan. Chakmonlari tabiiy iplardan, junlardan tayyorlanar edi. Ter va sovuqda bir xillikni ushlab turar edi. Ba’zi sarkardalar sirti mayda temir taxtachalar bilan qoplangan kuyuk - yengsiz kamzul ham kiyib olishardi. Oddiy sarboz esa, faqat charm kamzul kiyib, molning shoxi va yog‘ochdan yasalgan kichkina va qulay kamon bilan qurollangan bo‘lardi. U yana kichkina va dumaloq qalqon ham taqib olardi. Amir Temur uzoq yillik yurishga chiqishdan oldin yo‘l davomida duch keladigan sharoitlarning yechimini topib ketar edi. Xitoyga yurish qilishidan oldin jiyboxonada kiyimkechak va oziq-ovqat mahsulotlarini yetarlicha g‘amlash kerakligi bo‘yicha buyqrur bergan. Uning farmoniga binoan lashkarlarga issiq ko‘ylaklar, qavilgan kiyimlar va qalin to‘nlar tarqatilgan. Temir g‘ildirak besh yuz aravaga qo‘sh yopqichli chodirlar yuklangan, zaxira otlar, hamda qimizi qiyin lahzalarda askarlarga asqotadigan bir necha ming biya ham safarga tayyorlab qo‘yilgan. Amir Temur jangovar harakatlarda jangchilar uchun to‘n tiktirgan. Chunki to‘n sovuq vaqtda eng foydali kiyim hisoblangan. To‘n uzunligi tizzagacha emas balki belgacha yoki beldan pastro‘y qilib tikilgan. Bu bilan jangda va otda harakatlanganda qulay bo‘lishi ko‘zda tutilgan. Tikilishi esa old qismi to‘liq ochiq bo‘lib va bir-biriga ikki yon qismi tugmalar orqali biriktirilgan, tugma kindik ustida tugab past qismi ochiq holda qoldirilgan. Ochiq qolishining sababi oyoq bilan harakatda kiyimni qarshilik ko‘rsatishini yo‘q qilish bo‘lgan. Asosan bunday kiyimlarni ot bilan harakatlanuvchilar kiyishgan. Qavilishini sababi issiqlikni saqlab turish bo‘lgan.

Sohibqironning o‘zi esa doimo eng qimmatbaho va nafis matolardan tikilgan kiyimlarni kiygan. Ich kiyimlari ipak va yupqa shoyilardan tikilgan kiyimlar bo‘lgan. Temurning kiyimi shu qadar chiroyli va salobatli bo‘lganki, uzoqdan ko‘rgan odam yuzidan tanimasa ham kiyimiga qarab Temurligini bila olgan. Amir Temur kiyimlariga arab bitiklari ham bitilgan, doimo pokiza hushbo‘y ifor kelib turgan. Jangovar kiyimlari ham barcha vazir va amirlarni kiyimlaridan ko‘rinishi va sifati bilan yaqqol ajralib ustunligi bilinib turgan. Sohibqironning e’tiqodi juda mustahkam inson edi. U tanasini ochilib ko‘rinib turishini xohlamas edi. Barcha kiyimlari uzun va tanasini yopib turar edi. Yuqorida bayon qilingan ma’lumotlardan kelib chiqib shuni Xulosa qilib shuni aytishimiz mumkinki, Amir Temur vaqtida qo‘shinni kiyim-kechak ta’minotiga alohida e’tibor qaratilgan. Bo‘linmalar o‘zaro bir-birlaridan kiyim-kechak ust egallagan lavozimi va darajasi bilan turlicha bo‘lgan.

Ushbu davrga kelib, Temurga qadar mavjud bo‘lmagan kiyim-kechaklar bilan ta’minlashning me’yorlari joriy etilgan.

Adabiyotlar, References, Литературы: 1. Dadaboyev H. Amir Temurning harbiy mahorati. – T.: “Yozuvchi”, 1996. 2. Ahrorov S. va boshqalar. Sohibqiron Amir Temur harbiy san’ati: monografiya / R.S. Samarov. – T.: “Ma’naviyat”, 2022. 3. Ahrorov S., Otaboyev A. O‘zbekiston harbiy san’ati tarixi (siyosiy tarix kontekstida). 8-jild. Xrestomatiya. / R.S. Samarov // “Ma’naviyat”. – T.: 2021. 4. Amir Temur Evropa elchilari nigohida / Rui Gonsales de Klavixo. Buyuk Amir Temur tarixi (1403-1406); Tarj., U. Jo‘rayev. Sultoniya arxiepiskopi Ioann. Amir Temur va uning saroyi haqida xotiralar. Tarj., B. Ermatov; Mas’ul muharrir A.X. Saidov. – T.: “G‘.G‘ulom”, 2007.

Матн аз PDF-и мақола ба таври худкор истихроҷ шудааст. Расм, ҷадвал ва формулаҳо мумкин аст дар матн акс наёфта бошанд · барои шакли аслӣ ба PDF нигаред.

Манбаи метамаълумот: бойгонии OAI-PMH-и маҷалла.

Иқтибос гирифтан

APA 7
Iskandarov, Jasurbek (2026). AMIR TEMUR QO‘SHINLARINI KIYIM-KECHAK TA’MINOTI. Zamonaviy dunyoda ijtimoiy fanlar, 5(19), 62-65.
GOST R 7.0.5
Iskandarov, Jasurbek AMIR TEMUR QO‘SHINLARINI KIYIM-KECHAK TA’MINOTI // Zamonaviy dunyoda ijtimoiy fanlar. 2026. Т. 5. № 19. С. 62-65.
BibTeX
@article{jasurbek2026,
  author  = {Iskandarov, Jasurbek},
  title   = {AMIR TEMUR QO‘SHINLARINI KIYIM-KECHAK TA’MINOTI},
  journal = {Zamonaviy dunyoda ijtimoiy fanlar},
  year    = {2026},
  volume  = {5},
  number  = {19},
  pages   = {62-65}
}
RIS
TY  - JOUR
AU  - Iskandarov, Jasurbek
TI  - AMIR TEMUR QO‘SHINLARINI KIYIM-KECHAK TA’MINOTI
JO  - Zamonaviy dunyoda ijtimoiy fanlar
PY  - 2026
VL  - 5
IS  - 19
SP  - 62
EP  - 65
ER  -