Zamonaviy dunyoda amaliy fanlar Ҷилди 5 № 16 (2026) · Саҳифаҳои 146-150

XORIJIY INVESTITSIYALAR SAMARADORLIGINI BAHOLASHDA BANDLIK, EKSPORT VA TEXNOLOGIK YANGILANISH KO‘RSATKICHLARI

Fazliyev, Farrux

Дар манбаъ хондан PDF

Аннотатсия

Mazkur tezisda O‘zbekistonda xorijiy investitsiyalar samaradorligini baholashning natijaviy yondashuvi tadqiq etilib, investitsiyalarning iqtisodiyotga ta’siri bandlik, eksport va texnologik yangilanish ko‘rsatkichlari orqali tahlil qilinadi. 2021–2025-yillarda to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar va kreditlar hajmi, band aholi soni hamda eksport dinamikasi o‘rganilib, innovatsion faoliyatning asosiy ko‘rsatkichlari bilan solishtirilgan. Tahlil natijasida xorijiy kapital samaradorligini faqat jalb qilingan investitsiyalar hajmi bilan emas, balki yangi ish o‘rinlari, eksport salohiyatining oshishi, innovatsion mahsulotlar, yangi texnologiyalar va ishlab chiqarishning texnologik yangilanishi orqali baholash zarurati asoslangan.

xorijiy investitsiyalar, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar, investitsiya samaradorligi, bandlik, eksport, innovatsiya, texnologik yangilanish, innovatsion mahsulot, investitsiya siyosati.

Матни пурра

XORIJIY INVESTITSIYALAR SAMARADORLIGINI BAHOLASHDA BANDLIK, EKSPORT VA TEXNOLOGIK YANGILANISH KO‘RSATKICHLARI Fazliyev Farrux Faxriddinovich Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Mustaqil tadqiqotchisi Tel: +998 90 903 77 77, Email: fara-0606@mail.ru Annotatsiya. Mazkur tezisda O‘zbekistonda xorijiy investitsiyalar samaradorligini baholashning natijaviy yondashuvi tadqiq etilib, investitsiyalarning iqtisodiyotga ta’siri bandlik, eksport va texnologik yangilanish ko‘rsatkichlari orqali tahlil qilinadi. 2021–2025yillarda to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar va kreditlar hajmi, band aholi soni hamda eksport dinamikasi o‘rganilib, innovatsion faoliyatning asosiy ko‘rsatkichlari bilan solishtirilgan. Tahlil natijasida xorijiy kapital samaradorligini faqat jalb qilingan investitsiyalar hajmi bilan emas, balki yangi ish o‘rinlari, eksport salohiyatining oshishi, innovatsion mahsulotlar, yangi texnologiyalar va ishlab chiqarishning texnologik yangilanishi orqali baholash zarurati asoslangan. Kalit so‘zlar: xorijiy investitsiyalar, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar, investitsiya samaradorligi, bandlik, eksport, innovatsiya, texnologik yangilanish, innovatsion mahsulot, investitsiya siyosati. Kirish. Jahon iqtisodiyotida to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish bo‘yicha davlatlar o‘rtasidagi raqobat kuchayib borayotgan sharoitda investitsiyalar samaradorligini faqat jalb qilingan kapital miqdori bilan baholash yetarli emas. Xorijiy investitsiyaning milliy iqtisodiyot uchun haqiqiy samarasi uning yangi ish o‘rinlarini yaratishi, eksport hajmi va geografiyasini kengaytirishi, zamonaviy texnologiyalar transferini ta’minlashi, mehnat unumdorligini oshirishi va yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarishga xizmat qilishi bilan belgilanadi. O‘zbekistonda 2021–2025-yillarda to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar va kreditlar hisobidan asosiy kapitalga yo‘naltirilgan mablag‘lar 83,2 trln so‘mdan 400,8 trln so‘mgacha oshgan, ya’ni qariyb 4,8 barobarga ko‘paygan. 2023–2024yillarda ayniqsa yuqori investitsion faollik kuzatilib, ushbu manbalar bo‘yicha real o‘sish sur’atlari tegishlicha 167,8 va 168,2 foizni tashkil etgan. Mazkur tendensiya xorijiy kapitalning iqtisodiyotdagi roli ortayotganini ko‘rsatsa-da, uning samaradorligi bandlik, eksport va texnologik yangilanishdagi o‘zgarishlar bilan birgalikda baholanishi lozim. 2021–2025-yillarda investitsiyalarni jalb qilish, yangi ish o‘rinlari yaratish, eksportni rag‘batlantirish va innovatsion rivojlanishni ta’minlash bo‘yicha o‘zaro bog‘liq normativhuquqiy baza shakllantirildi.

1-jadval. 2021–2025-yillarda xorijiy investitsiyalar samaradorligiga ta’sir etuvchi asosiy normativ-huquqiy hujjatlar Normativ-huquqiy hujjat Xorijiy investitsiyalar samaradorligiga aloqador asosiy yo‘nalish 2021 Prezidentning 25.08.2021Investitsiya loyihalarini tashqi infratuzilma bilan yildagi PQ–5233-son ta’minlash, loyihalarni amalga oshirish uchun zarur qarori sharoit yaratish Prezidentning 28.01.2022yildagi PF–60-son Farmoni Prezidentning 06.07.2022yildagi PF–165-son Farmoni Prezidentning 11.09.2023yildagi PF–158-son Farmoni Prezidentning 21.02.2024yildagi PF–37-son Farmoni Prezidentning 30.01.2025yildagi PF–16-son Farmoni 2022–2026-yillarga mo‘ljallangan Taraqqiyot strategiyasi doirasida investitsiyalar, bandlik, sanoat va eksportni kengaytirish 2022–2026-yillarda innovatsion rivojlanish, texnologik innovatsiyalar, yangi texnologiyalar va innovatsion ish o‘rinlarini ko‘paytirish “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi doirasida investitsiya, eksport, samarali bandlik va innovatsion rivojlanishni jadallashtirish “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini amalga oshirish, biznes, bandlik va yuqori qo‘shilgan qiymatli ishlab chiqarishni qo‘llab-quvvatlash 2025-yilda “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi vazifalarini amalga oshirish, yangi ishlanmalar va texnologiyalarni kengaytirish PF–165-son Farmon bilan innovatsion faoliyat subyektlari sonini 613 tadan 2 250 tagacha, innovatsion tadbirkorlik natijasida yaratiladigan yangi ish o‘rinlarini 4 baravarga, tijoratlashtiriladigan yangi innovatsion ishlanmalarni 2 baravarga oshirish, shuningdek texnologik innovatsiyalar bilan shug‘ullanuvchi mahalliy sanoat korxonalari sonini 600 tagacha yetkazish kabi maqsadlar belgilangan. Eksport yo‘nalishida esa 2022-yilda tashqi savdo faoliyati ishtirokchilarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha choralar belgilandi. Jumladan, yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulotlar eksporti uchun transport xarajatlarini qoplash, eksportoldi moliyalashtirish va eksportni qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari kengaytirildi. Tahlil va natijalar. Xorijiy investitsiyalarning iqtisodiy samaradorligini baholash uchun ularni jalb qilish hajmini uchta asosiy natijaviy ko‘rsatkich — bandlik, eksport va texnologik yangilanish bilan taqqoslash maqsadga muvofiq. 2-jadval. Xorijiy investitsiyalar, bandlik va eksport ko‘rsatkichlarining 2021–2025yillardagi dinamikasi Yillar To‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy Band aholi, Eksport hajmi, mlrd investitsiyalar va kreditlar, trln so‘m mln kishi AQSH dollari 83,2 13,539 16,663 98,8 13,706 19,733 179,3 14,014 24,870 327,6 14,262 27,270 400,8 14,934 34,248 Jadval ma’lumotlaridan ko‘rinadiki, 2021–2025-yillarda to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar va kreditlar qariyb 4,8 barobarga oshgan bir sharoitda band aholi soni 13,54 mln kishidan 14,93 mln kishiga yetgan. Natijada besh yil davomida iqtisodiyotda band aholi soni qariyb 1,4 mln kishiga yoki 10,3 foizga ko‘paygan. Mazkur ko‘rsatkich xorijiy kapitalning yangi ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil etish, mavjud korxonalarni kengaytirish va xizmatlar sohasini rivojlantirish orqali bandlikni ta’minlash imkoniyatlari ortganini ko‘rsatadi. Biroq umumiy bandlikning o‘sishini faqat xorijiy investitsiyalar natijasi sifatida baholash metodologik jihatdan to‘g‘ri bo‘lmaydi. Chunki bandlikka ichki investitsiyalar, kichik biznes rivoji, demografik jarayonlar, mehnat bozori siyosati va davlat dasturlari ham ta’sir ko‘rsatadi.

Shuning uchun investitsiya loyihalari kesimida har 1 mln dollar investitsiyaga yaratilgan doimiy ish o‘rni ko‘rsatkichini hisoblash yanada aniq natija beradi. Eksport samaradorligi. Xorijiy investitsiyaning eng muhim natijalaridan biri ishlab chiqarilgan mahsulotning tashqi bozorlarga chiqishi hisoblanadi. O‘zbekiston eksporti 2021yildagi 16,7 mlrd AQSH dollaridan 2025-yilda 34,2 mlrd dollargacha oshgan. Ya’ni besh yil ichida eksport hajmi 2 martadan ko‘proqqa ko‘paygan. Ayniqsa, 2023–2025-yillarda eksportning tez o‘sishi kuzatilib, 2023-yilda 24,9 mlrd dollar, 2024-yilda 27,3 mlrd dollar va 2025-yilda 34,2 mlrd dollarga yetgan. Ushbu davr ayni paytda xorijiy investitsiyalar hajmining eng tez oshgan yillariga ham to‘g‘ri keladi. Bu xorijiy kapitalning yangi ishlab chiqarish quvvatlari, eksportga yo‘naltirilgan korxonalar va xalqaro qiymat zanjirlariga integratsiyani kengaytirishdagi rolini ko‘rsatishi mumkin. Biroq investitsiya samaradorligini aniqroq baholash uchun umumiy eksportdan tashqari xorijiy investitsiya ishtirokidagi korxonalar eksporti, qayta ishlangan mahsulotlar eksporti, yuqori qo‘shilgan qiymatli eksport hamda yangi eksport bozorlariga chiqish ko‘rsatkichlari ham alohida hisobga olinishi lozim. Texnologik va innovatsion yangilanish. Xorijiy investitsiyalarning uzoq muddatli samarasi kapital hajmidan ko‘ra ko‘proq yangi texnologiyalar, boshqaruv tajribasi, ilmiy ishlanmalar va innovatsion ishlab chiqarishni milliy iqtisodiyotga olib kirishi bilan belgilanadi. Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, korxona va tashkilotlarda yaratilgan innovatsion mahsulotlar hajmi 2021-yildagi 27,4 trln so‘mdan 2024-yilda 63,6 trln so‘mgacha oshgan. Shu davrda joriy qilingan innovatsiyalar soni 2021-yilda 4 148 tani, 2022-yilda 3 792 tani, 2023-yilda 8 294 tani va 2024-yilda 5 521 tani tashkil qilgan. 3-jadval. O‘zbekistonda innovatsion va texnologik yangilanishning ayrim ko‘rsatkichlari Innovatsion mahsulotlar hajmi, trln Joriy qilingan innovatsiyalar so‘m soni, birlik 27,4 4 148 40,5 3 792 55,7 8 294 63,6 5 521 2025 taqqoslanadigan yillik statistik ko‘rsatkich 250 ta yangi ishlanma va hali e’lon qilinmagan* texnologiya** * Milliy statistika qo‘mitasining ushbu innovatsion ko‘rsatkich bo‘yicha ochiq yillik qatori hozircha 2024-yil bilan yakunlanadi. ** 2025-yil uchun Innovatsion rivojlanish agentligi ma’lumotlari bo‘yicha yangi ishlanmalar va texnologiyalar soni keltirilgan; u metodologik jihatdan oldingi ustundagi “joriy qilingan innovatsiyalar soni” bilan aynan bir xil ko‘rsatkich emas.

2025-yilda innovatsion faoliyat bo‘yicha bir qator muhim natijalar qayd etilgan. Davlat ilmiy dasturlari doirasida 577,1 mlrd so‘mlik 323 ta ilmiy loyiha moliyalashtirilgan, 250 ta yangi ishlanma va texnologiya yaratilgan, 300 ta yangi ishlanma ichki va tashqi bozorlarda tijoratlashtirilgan. Startap loyihalari doirasida 106 ta innovatsion korxona faoliyati yo‘lga qo‘yilib, 1 100 ta yangi ish o‘rni yaratilgan va 2,3 mln AQSH dollari miqdorida xorijiy investitsiya jalb qilingan. Bu ma’lumotlar investitsiya, innovatsiya va bandlik o‘rtasidagi bog‘liqlikning amaliy misolini ko‘rsatadi: xorijiy va mahalliy kapital innovatsion loyihalarga yo‘naltirilganda nafaqat yangi texnologiya, balki tijoratlashtirilgan mahsulot va yangi ish o‘rinlari ham yaratiladi. 4-jadval. Xorijiy investitsiyalar samaradorligini baholash uchun taklif etilayotgan natijaviy indikatorlar Yo‘nalish Asosiy indikator Baholash mezoni Bandlik Yaratilgan doimiy yangi ish 1 mln dollar investitsiyaga to‘g‘ri o‘rinlari keladigan ish o‘rinlari Bandlik sifati O‘rtacha ish haqi va yuqori Tarmoq o‘rtachasiga nisbatan malakali ish o‘rinlari Eksport Investitsiya loyihasi hisobidan Investitsiya hajmiga nisbatan yaratilgan eksport eksport tushumi Eksport sifati Yuqori qo‘shilgan qiymatli Jami loyiha eksportidagi ulushi mahsulotlar eksporti Texnologiya Yangi texnologiyalar va Loyiha doirasida joriy qilingan innovatsiyalar texnologiyalar soni Mahalliylashtirish Mahalliy xomashyo va Mahalliylashtirish darajasi, % komponentlardan foydalanish Innovatsiya Yangi mahsulot va Yangi mahsulotdan olingan texnologiyalarni tijoratlashtirish tushum Kadrlar transferi Xodimlarning yangi O‘qitilgan mahalliy mutaxassislar texnologiyalar bo‘yicha soni tayyorlanishi Mazkur yondashuv investitsiyalarni “qancha mablag‘ jalb qilindi?” tamoyilidan “jalb qilingan kapital qanday iqtisodiy natija yaratdi?” tamoyiliga o‘tkazishga imkon beradi. Xulosa. 2021–2025-yillar davomida O‘zbekistonda xorijiy investitsiyalar hajmining tez sur’atlarda oshishi bandlik va eksport ko‘rsatkichlarining ham ijobiy dinamikasi bilan kechgan. To‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar va kreditlar hajmi 83,2 trln so‘mdan 400,8 trln so‘mgacha oshgan davrda band aholi soni 1,4 mln kishiga ko‘paygan, eksport esa 16,7 mlrd dollardan 34,2 mlrd dollarga yetgan. Innovatsion mahsulotlar hajmi esa 2021–2024-yillarda 27,4 trln so‘mdan 63,6 trln so‘mgacha, ya’ni qariyb 2,3 barobarga oshgan. Shu bilan birga, makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarning bir vaqtda o‘sishi xorijiy investitsiyalar ularning yagona sababi ekanligini anglatmaydi. Shuning uchun xorijiy investitsiya loyihalari samaradorligini mikro va tarmoq darajasida baholash tizimini shakllantirish zarur.

Xususan, birinchidan, har bir yirik xorijiy investitsiya loyihasi bo‘yicha “investitsiya – bandlik – eksport – texnologiya” natijalar zanjirini monitoring qilish; ikkinchidan, davlat imtiyozlari beriladigan loyihalar uchun yangi ish o‘rinlari, eksport, mahalliylashtirish va texnologiya transferi bo‘yicha minimal KPIlarni belgilash; uchinchidan, investitsiya yakunlangandan keyin 3–5 yil davomida uning real iqtisodiy samarasini baholash; to‘rtinchidan, yuqori texnologiyali va eksportga yo‘naltirilgan investitsiyalar uchun rag‘batlantirish choralarini investitsiya hajmiga emas, erishilgan natijaga bog‘lash maqsadga muvofiq.

Adabiyotlar, References, Литературы: 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 25-avgustdagi PQ–5233-son qarori — investitsiya loyihalarini tashqi infratuzilma bilan ta’minlash chora-tadbirlari. 2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi PF–60-son Farmoni, “2022–2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”. 3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 6-iyuldagi PF–165-son Farmoni, “2022–2026-yillarda O‘zbekiston Respublikasining innovatsion rivojlanish strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”. 4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 6-apreldagi “Tashqi savdo faoliyati ishtirokchilarini qo‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni. 5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-sentabrdagi PF–158-son Farmoni, “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi. Mazkur hujjat 2023–2025-yillardagi tahlil davrida amal qilgan. 6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 21-fevraldagi PF–37-son Farmoni, “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini 2024-yilda amalga oshirish bo‘yicha davlat dasturi. 7. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-yanvardagi PF–16-son Farmoni bilan 2025-yilda yangi ishlanmalar va texnologiyalar sonini 250 taga yetkazish vazifasi belgilangan. 8. Л Буранова. Влияние налогообложения на инвестиционную активность промышленных предприятий в Узбекистане. Green Economy and Development 4 (4), 732506 9. Абдуразакова Н. Р. Приток прямых иностранных инвестиций в Узбекистан // Iqtisodiyot va turizm. — 2023. — № 2(10). DOI: 10.56937/.v2i10a7. В работе исследуются динамика и роль прямых иностранных инвестиций в экономике Узбекистана. 10. Расулов Н. Н. Стимулирование привлечения иностранных инвестиций в экономику Узбекистана. — Ташкент: Фан, 2003. — 165 с. 11. Расулов Н. Прямые иностранные инвестиции в экономике Узбекистана // Рынок, деньги и кредит. — 2000. — № 6. — С. 46–47. 12. www.stat.uz - O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasi.

Матн аз PDF-и мақола ба таври худкор истихроҷ шудааст. Расм, ҷадвал ва формулаҳо мумкин аст дар матн акс наёфта бошанд · барои шакли аслӣ ба PDF нигаред.

Манбаи метамаълумот: бойгонии OAI-PMH-и маҷалла.

Иқтибос гирифтан

APA 7
Fazliyev, Farrux (2026). XORIJIY INVESTITSIYALAR SAMARADORLIGINI BAHOLASHDA BANDLIK, EKSPORT VA TEXNOLOGIK YANGILANISH KO‘RSATKICHLARI. Zamonaviy dunyoda amaliy fanlar, 5(16), 146-150.
GOST R 7.0.5
Fazliyev, Farrux XORIJIY INVESTITSIYALAR SAMARADORLIGINI BAHOLASHDA BANDLIK, EKSPORT VA TEXNOLOGIK YANGILANISH KO‘RSATKICHLARI // Zamonaviy dunyoda amaliy fanlar. 2026. Т. 5. № 16. С. 146-150.
BibTeX
@article{farrux2026,
  author  = {Fazliyev, Farrux},
  title   = {XORIJIY INVESTITSIYALAR SAMARADORLIGINI BAHOLASHDA BANDLIK, EKSPORT VA TEXNOLOGIK YANGILANISH KO‘RSATKICHLARI},
  journal = {Zamonaviy dunyoda amaliy fanlar},
  year    = {2026},
  volume  = {5},
  number  = {16},
  pages   = {146-150}
}
RIS
TY  - JOUR
AU  - Fazliyev, Farrux
TI  - XORIJIY INVESTITSIYALAR SAMARADORLIGINI BAHOLASHDA BANDLIK, EKSPORT VA TEXNOLOGIK YANGILANISH KO‘RSATKICHLARI
JO  - Zamonaviy dunyoda amaliy fanlar
PY  - 2026
VL  - 5
IS  - 16
SP  - 146
EP  - 150
ER  -