Yosh olimlar 4-том 68-нөмір (2026) · 4-8-беттер
OROL DENGIZI EKOLOGIK INQIROZINING IQTISODIY OQIBATLARINI YORITISHDA OMMAVIY AXBOROT VOSITALARINING O‘RNI
Temirxanova, Sapura
Аңдатпа
Mazkur ilmiy maqolada Orol dengizi ekologik inqirozining iqtisodiy oqibatlarini ommaviy axborot vositalari orqali yoritish masalasi tahlil qilinadi. Orol fojiasi XX asrning eng yirik ekologik inqirozlaridan biri sifatida nafaqat tabiiy muhitga, balki hudud aholisining ijtimoiy-iqtisodiy hayotiga ham jiddiy ta’sir ko‘rsatdi. Maqolada ekologik muammolarning iqtisodiy oqibatlarini jamoatchilikka yetkazishda jurnalistikaning o‘rni, ekologik jurnalistika shakllanishi va uning zamonaviy axborot makonidagi ahamiyati o‘rganiladi. Tadqiqot davomida Orolbo‘yi hududida yuzaga kelgan iqtisodiy muammolar, jumladan, baliqchilik tarmog‘ining inqirozi, mehnat migratsiyasi, sog‘liqni saqlash xarajatlarining ortishi, qishloq xo‘jaligidagi yo‘qotishlar hamda yashil iqtisodiyotga o‘tish jarayonlarini yoritishda ommaviy axborot vositalarining faoliyati tahlil qilinadi. Shuningdek, zamonaviy jurnalistika vositalari orqali ekologik muammolarni iqtisodiy nuqtai nazardan yoritish jamiyatda ekologik ongni shakllantirish va barqaror rivojlanish g‘oyalarini ilgari surishda muhim omil ekani asoslab beriladi.
Orol dengizi, ekologik jurnalistika, iqtisodiy oqibatlar, ommaviy axborot vositalari, media, ekologik inqiroz, Orolbo‘yi, yashil iqtisodiyot, barqaror rivojlanish, axborot siyosati.
Метадеректер дереккөзі: журналдың OAI-PMH архиві · Sindex толық мәтінді сақтамайды, дереккөзге сілтеме береді.