Yosh olimlar Ҷилди 4 № 68 (2026) · Саҳифаҳои 40-41
MILLIY QADRIYATLAR VA ZAMONAVIY YOSHLAR MA’NAVIYATI: AN’ANA VA TARAQQIYOT UYG‘UNLIGI
Sabirov, Dilshod, Isomitdinova, Bahora, G‘aybullayev, Sanjar
Аннотатсия
Mazkur tezisda milliy qadriyatlarning zamonaviy yoshlar ma’naviyati va dunyoqarashini shakllantirishdagi o‘rni yoritilgan. Globallashuv va axborot texnologiyalari jadal rivojlanayotgan bugungi davrda yosh avlodning milliy o‘zlikni anglashi, tarixiy va madaniy merosga hurmat bilan munosabatda bo‘lishi muhim ahamiyat kasb etadi. Milliy qadriyatlarni zamonaviy bilim, innovatsion fikrlash va taraqqiyot tamoyillari bilan uyg‘unlashtirish barkamol, vatanparvar va ma’naviy yetuk yoshlarni tarbiyalashning muhim sharti sifatida tahlil qilinadi. Har bir xalqning asrlar davomida shakllangan milliy qadriyatlari uning ma’naviy hayoti, tarixiy xotirasi va milliy o‘zligini belgilovchi muhim omillardan biridir. Milliy qadriyatlar xalqning urf-odatlari, an’analari, tili, madaniyati, san’ati, tarixiy merosi, oilaviy tarbiya va insoniy fazilatlarida o‘z ifodasini topadi. Bugungi globallashuv davrida yoshlarning dunyoqarashi turli axborot manbalari ta’sirida shakllanmoqda. Internet, ijtimoiy tarmoqlar va zamonaviy texnologiyalar yoshlar uchun katta imkoniyatlar yaratishi bilan birga, milliy o‘zlik va ma’naviy qadriyatlarga bo‘lgan munosabat masalasini ham dolzarb qilmoqda. Shu sababli yosh avlodni zamonaviy bilim va ko‘nikmalar bilan bir qatorda milliy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash muhim vazifalardan biridir. Milliy qadriyatlar insonning jamiyatdagi o‘rnini anglashiga, o‘z xalqining tarixi va madaniyatini bilishiga hamda kelajakka mas’uliyat bilan qarashiga yordam beradi.
milliy qadriyatlar, yoshlar, ma’naviyat, milliy o‘zlik, globallashuv, ma’rifat, madaniyat, an’ana, taraqqiyot, vatanparvarlik.
Манбаи метамаълумот: бойгонии OAI-PMH-и маҷалла · Sindex матни пурраро нигоҳ намедорад, ба манбаъ пайванд медиҳад.