Yosh olimlar 4-jild 68-son (2026) · 42-43-betlar
TELEFONLAR ORASIDA YO‘QOLAYOTGAN MULOQOT: ZAMONAVIY YOSHLARNING INSONIY MUNOSABATLARI
Ashuruva, Nigora, Isomitdinova, Bahora, G‘aybullayev, Sanjar
Annotatsiya
Bugungi kunda telefon va internet hayotimizning ajralmas qismiga aylanib qoldi. Ayniqsa, yoshlar deyarli har kuni ijtimoiy tarmoqlardan foydalanadi, do‘stlari va yaqinlari bilan telefon orqali muloqot qiladi. Texnologiyalar bizga ko‘plab qulayliklar yaratgan bo‘lsa-da, ba’zan odamlarning bir-biri bilan yuzma-yuz gaplashishi va bir-birini tinglashi kamayib borayotganini ham ko‘rish mumkin. Ushbu tezisda telefon va ijtimoiy tarmoqlarning yoshlarning insoniy munosabatlariga ta’siri, real muloqotning ahamiyati hamda texnologiyadan to‘g‘ri foydalanish haqida fikr yuritiladi. Bugungi hayotimizni telefonsiz tasavvur qilish qiyin. Telefon orqali o‘qiymiz, ishlaymiz, yaqinlarimiz bilan gaplashamiz, yangiliklardan xabardor bo‘lamiz va bo‘sh vaqtimizni ham ko‘pincha telefon bilan o‘tkazamiz. Ayniqsa, yoshlar hayotida telefon va ijtimoiy tarmoqlarning o‘rni juda katta. Lekin bir narsaga e’tibor berish kerak: texnologiyalar odamlarni bir-biriga yaqinlashtirayotgandek ko‘rinsa ham, ba’zan ularning orasidagi haqiqiy muloqotni kamaytirib qo‘ymoqda. Masalan, bir guruh do‘stlar bir joyda o‘tirib, bir-biri bilan suhbatlashish o‘rniga telefoniga qarab o‘tirishi bugungi kunda odatiy holga aylanib bormoqda. Yonimizdagi inson bilan gaplashishdan ko‘ra, boshqa odamning internetdagi hayotini kuzatishga ko‘proq vaqt ajratayotgan holatlar ham uchraydi.
yoshlar, telefon, internet, muloqot, insoniy munosabatlar, ijtimoiy tarmoqlar, texnologiya, do‘stlik.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex toʻliq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.