Zamonaviy dunyoda innovatsion tadqiqotlar 5-tom 27-san (2026) · 18-19-betler
BA’ZI KICHIK O‘LCHOVLI ALGEBRALAR TIZIMLARINI SINFLASHTIRISH MUAMMOLARI HAQIDA
Arzikulova, Marjona, Rakhimov, Isamiddin
Annotaciya
Ushbu tezisda uch o‘lchovli kommutativ algebralarni ixtiyoriy asosiy maydon ustida sinflashtirish muammosi ko‘rib chiqiladi. Mavjud natijalarning katta qismi kompleks maydon ustida olinganligi bois, ixtiyoriy maydon sharoitidagi sinflashtirish alohida dolzarblik kasb etadi. Tadqiqotda ikki bosqichli yondashuv qo‘llaniladi: dastlab ikki o‘lchovli kommutativ algebra asosida uch o‘lchovli nomzod algebralar quriladi, so‘ngra izomorfizm invariantlari — avtomorfizmlar guruhi va struktura xossalari — yordamida ortiqcha algebralar chiqarib tashlanadi. Natijada 113 ta o‘zaro izomorf bo‘lmagan uch o‘lchovli kommutativ algebra sinfidan iborat to‘liq ro‘yxat olindi.
kommutativ algebra; sinflashtirish muammosi; izomorfizm; avtomorfizmlar guruhi; ixtiyoriy asosiy maydon.
Metadata derekkózi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex tolıq mátindi saqlamaydı, derekkózge silteme beredi.