Zamonaviy dunyoda innovatsion tadqiqotlar 5-tom 27-san (2026) · 16-17-betler
O‘ZBEK LINGVOMADANIYATIDA “FAHM-FAROSAT” KONSEPTINING SEMANTIK-FUNKSIONAL INTEGRATSIYASI VA ANTROPOTSENTRIK BAHOSI
Imomova, Madinaxon
Annotaciya
Mazkur tezis o‘zbek lingvomadaniyatidagi fahm, farosat leksemalari va fahm-farosat konseptining semantik munosabati hamda ular orqali baholanadigan insoniy sifatlarni tahlil qiladi. Tadqiqot o‘zbek leksikografiyasi, tanlangan badiiy kontekstlar va zamonaviy diskurs natijalariga tayangan holda olib borildi. Tahlil fahm leksemasining anglash-idrok bilan, farosat leksemasining esa anglash kabi semalar bilan birga vaziyatga tegishli baho chiqarish bilan kuchliroq bog‘lanishini ko‘rsatdi. Fahm-farosat konseptida semantik-funksional integratsiya kuzatilib, anglash, baholash kabi semalar va kontekstga mos munosabatga asoslangan antropotsentrik model tavsiflandi.
fahm, farosat, fahm-farosat, lingvomadaniy konsept, antropotsentrizm, semantik integratsiya, baholash.
Metadata derekkózi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex tolıq mátindi saqlamaydı, derekkózge silteme beredi.