Zamonaviy dunyoda pedagogika va psixologiya Ҷилди 5 № 18 (2026) · Саҳифаҳои 7-9
IBN SINO “TIB QONUNLARI” ASARIDAGI XALQ TABOBATIGA OID KASALLIK NOMLARINING INGLIZ VA O‘ZBEK TILLARIDAGI ZAMONAVIY TIBBIY TERMINOLOGIYADAGI MUQOBILLARI
Kodirova, Maftunabonu
Аннотатсия
Mazkur maqolada Abu Ali ibn Sinoning “Tib qonunlari” asarida uchraydigan xalq tabobatiga oid kasallik nomlari hamda ularning zamonaviy o‘zbek va ingliz tibbiy terminologiyasidagi muqobillari tahlil qilinadi. Tadqiqot davomida tarixiy tibbiy terminlarning semantik mazmuni va ularning bugungi tibbiyot tizimidagi nomlari hamda terminologik davomiyligi o‘rganildi. Tahlillar natijasida Ibn Sino qo‘llagan ko‘plab kasallik nomlari bugungi tibbiy terminologiyada saqlanib qolganligi hamda ayrimlari esa zamonaviy ilmiy terminlar bilan almashganligi aniqlandi.
Ibn Sino, Tib qonunlari, kasallik nomlari, xalq tabobati, tibbiy terminologiya, termin, isitma, falaj, tutqanoq.
Манбаи метамаълумот: бойгонии OAI-PMH-и маҷалла · Sindex матни пурраро нигоҳ намедорад, ба манбаъ пайванд медиҳад.