Наука и инновации Ҷилди 4 № 71 (2026) · Саҳифаҳои 28-32
AYOL XARAKTERINING INDIVIDUAL TABIATI: STEREOTIPDAN PSIXOLOGIK INDIVIDUALLIKKA
Egamberdiyeva, Gulnoza
Аннотатсия
Maqolada Nodira Ibrohimova va Katherine Mansfield hikoyalarida ayol xarakterining individuallashuvi ijtimoiy rol, shaxsiy idrok, ichki ziddiyat va tanlov o‘rtasidagi munosabat asosida qiyosiy tahlil qilinadi. Ayol obrazini “ona”, “qiz”, “rafiqa”, “itoatkor” yoki “sezgir” kabi tayyor belgilar bilan izohlash o‘rniga, qahramonning muayyan vaziyatga bergan o‘ziga xos ruhiy javobi xarakter yaratishning asosiy mezoni sifatida olinadi. Tahlil ikki adiba poetikasida psixologik individuallik ijtimoiy rol bilan subyektiv tajriba to‘liq mos kelmaydigan nuqtalarda ayniqsa yaqqol namoyon bo‘lishini ko‘rsatadi.
ayol obrazi, xarakter individualligi, stereotip, ijtimoiy rol, subyektiv tajriba, ichki ziddiyat, tanlov, psixologizm, Nodira Ibrohimova, Katherine Mansfield.
Манбаи метамаълумот: бойгонии OAI-PMH-и маҷалла · Sindex матни пурраро нигоҳ намедорад, ба манбаъ пайванд медиҳад.