Наука и инновации 4-jild 71-son (2026) · 35-36-betlar
DORIVOR O‘SIMLIKLAR EKSTRAKTLARI ASOSIDA FOTOHIMOYALOVCHI FITOKOSMETIK VOSITALARNI YARATISH ISTIQBOLLARI
Ashuruva, Nigora, Isomitdinova, Bahora, G‘aybullayev, Sanjar
Annotatsiya
Ushbu tezisda ultrabinafsha nurlanishining inson terisiga ta’siri, zamonaviy fotohimoyalovchi vositalarning ahamiyati hamda dorivor o‘simliklar tarkibidagi biologik faol moddalardan fitokosmetik vositalar yaratishda foydalanish imkoniyatlari tahlil qilinadi. O‘simlik ekstraktlari tarkibidagi polifenollar, flavonoidlar, karotinoidlar va boshqa antioksidant birikmalarning terini oksidlovchi stressdan himoya qilishdagi o‘rni yoritiladi. Tabiiy komponentlardan foydalanish asosida samarali va istiqbolli fotohimoyalovchi fitokosmetik vositalarni ishlab chiqish zamonaviy kosmetik farmatsiyaning dolzarb yo‘nalishlaridan biri ekanligi ko‘rsatib beriladi. Quyosh nurlari inson organizmi uchun muhim biologik ahamiyatga ega bo‘lsa-da, ultrabinafsha (UV) nurlanishining ortiqcha ta’siri terida turli salbiy o‘zgarishlarni yuzaga keltirishi mumkin. Ayniqsa, UV-A va UV-B nurlari terining erta qarishi, pigmentatsiya, oksidlovchi stress va boshqa fotodamlanish jarayonlarida muhim rol o‘ynaydi. Shu sababli terini ultrabinafsha nurlanishidan himoya qilish zamonaviy dermatologiya va kosmetologiyaning muhim masalalaridan biridir. Bugungi kunda fotohimoyalovchi kosmetik vositalarning asosiy tarkibiy qismlarini sintetik organik va mineral UV-filtrlar tashkil etadi.
dorivor o‘simliklar, fitokosmetika, SPF, ultrabinafsha nurlanishi, UV-filtrlar, o‘simlik ekstraktlari, flavonoidlar, antioksidantlar, fotohimoya.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex toʻliq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.