Zamonaviy dunyoda ilm-fan va texnologiya 5-tom 25-san (2026) · 13-17-betler
QURILISH MATERIALLARI SANOATI KORXONALARIDA MAHSULOT TANNARXINI MATEMATIK MODEL ASOSIDA HISOBLASH VA ISHLAB CHIQARISH XARAJATLARI AUDITINING TARKIBIY MODELI
Mirzaev, Komiljon
Annotaciya
Tezisda qurilish materiallari sanoati korxonalarida mahsulot tannarxini xarajat elementlari kesimida aniqlashning olti bosqichli matematik modeli, meʼyoriy va haqiqiy xarajatlar oʻrtasidagi ogʻishlarni hisoblash tartibi hamda xalqaro moliyaviy hisobot standartlari (IAS 2, IAS 16, IAS 37) talablariga tayanuvchi tannarx hisoblash modeli taklif etilgan. Shu bilan birga, sinov tizimi, ichki standartlashtirish, tahliliy tartiblar, integratsiyalashgan hisob, audit indikatorlari va tavsiya mexanizmi modullaridan iborat ishlab chiqarish xarajatlari auditining tarkibiy modeli asoslangan. Takliflar «Qizilqumsement», «Ohangaronsement» va «Quvasoysement» aksiyadorlik jamiyatlarining 2020–2023-yillardagi maʼlumotlarida sinovdan oʻtkazilgan.
mahsulot tannarxi, matematik model, meʼyoriy xarajatlar, ishlab chiqarish xarajatlari auditi, tahliliy tartiblar.
Metadata derekkózi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex tolıq mátindi saqlamaydı, derekkózge silteme beredi.