Наука и инновации 4-том 71-нөмір (2026) · 46-49-беттер
MAKROIQTISODIY BARQARORLIKNI TA’MINLASHDA FISKAL SIYOSATNING O‘RNI
Choriyev, Fazliddin
Аңдатпа
Mazkur tezisda fiskal siyosatning makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlashdagi o‘rni ilmiy adabiyotlar va xalqaro tashkilotlar tadqiqotlari asosida tahlil qilinadi. Davlat xarajatlari, soliqlar, transfertlar, avtomatik stabilizatorlar va fiskal multiplikator orqali iqtisodiy sikllarga ta’sir qilish mexanizmlari yoritiladi. OECD tadqiqotlarida 23 ta mamlakat bo‘yicha avtomatik fiskal stabilizatorlar uy xo‘jaliklari bozor daromadiga berilgan salbiy shokning dastlabki ta’sirini o‘rtacha qariyb 60 foizga yumshatishi aniqlangan. Shuningdek, fiskal multiplikatorning iqtisodiy pasayish va kengayish davrlarida bir xil emasligi ko‘rsatiladi. Tezisda qisqa muddatli barqarorlashtirish vazifalari davlat qarzi barqarorligi va fiskal siyosat imkoniyatlarini shakllantirish bilan uyg‘un olib borilishi zarurligi asoslanadi.
fiskal siyosat, makroiqtisodiy barqarorlik, davlat xarajatlari, soliqlar, avtomatik stabilizatorlar, fiskal multiplikator, budjet taqchilligi, davlat qarzi.
Метадеректер дереккөзі: журналдың OAI-PMH архиві · Sindex толық мәтінді сақтамайды, дереккөзге сілтеме береді.