Zamonaviy dunyoda ijtimoiy fanlar Ҷилди 5 № 20 (2026) · Саҳифаҳои 21-25
O‘ZBEK VA ARAB DIPLOMATIK DISKURSIDA RASMIY MUROJAAT SHAKLLARI: QATAR VA O‘ZBEKISTON MISOLIDA
Raimova, Sarvinoz
Аннотатсия
Mazkur maqolada o‘zbek va arab diplomatik diskursda rasmiy murojaat shakllarining qo‘llanish usullari Qatar–O‘zbekiston munosabatlari misolida tadqiq etiladi. Tadqiqotda Qatar va O‘zbekistonning rasmiy diplomatik manbalarida davlat rahbarlari, vazirlar, elchilar hamda yuqori martabali boshqa mansabdor shaxslarga nisbatan ishlatilgan murojaat shakllari tahlil qilinadi. Arab tilidagi صاحب السمو، سمو الأمير، فخامة الرئيس، سعادة السيد kabi rasmiy birliklarning qo‘llanish holatlari va ularning o‘zbek tilidagi muqobil variantlari qiyosiy jihatdan o‘rganiladi. Shuningdek, mazkur birliklarning rasmiylik, hurmat-ehtirom va diplomatik ahamiyatini ifodalashdagi muhim xususiyatlari aniqlanadi. Tadqiqot natijalari o‘zbek va arab diplomatik nutqida murojaat shakllarining o‘ziga xos jihatlarini aniqlashga xizmat qiladi.
diplomatik diskurs, murojaat shakllari, rasmiy nutq, prezident, amir, arab tili, o‘zbek tili, Qatar, O‘zbekiston, elchi.
Манбаи метамаълумот: бойгонии OAI-PMH-и маҷалла · Sindex матни пурраро нигоҳ намедорад, ба манбаъ пайванд медиҳад.