Yosh olimlar 4-tom 68-san (2026) · 49-50-betler
ALISHER NAVOIY ASARLARIDA ADOLATLI BOSHQARUV VA DAVLAT IQTISODIYOTI MASALALARI
Hikmatova, Komila
Annotaciya
Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish, ijtimoiy adolat tamoyillarini mustahkamlash va xalq farovonligini oshirishga qaratilgan islohotlar izchil davom ettirilmoqda. Shu nuqtai nazardan milliy mumtoz merosimizda, xususan, Alisher Navoiy ijodida aks etgan adolatli boshqaruv va davlat iqtisodiyotiga oid g‘oyalarni ilmiy jihatdan qayta o‘rganish alohida ahamiyat kasb etadi. Navoiy yashagan XV asr Movarounnahr va Xurosonning ijtimoiy-siyosiy hayoti hokimiyat va xalq, boylik va adolat munosabatlari masalasida keskin ziddiyatlarga boy bo‘lgan davr edi. Shoirning bu masalalarga bag‘ishlangan asarlari nafaqat badiiy, balki ijtimoiy-falsafiy va hatto amaliy-iqtisodiy ahamiyatga ega bo‘lib, ularni zamonaviy davlat boshqaruvi nazariyasi kontekstida tahlil qilish mavzuning dolzarbligini belgilaydi[1]. Shuningdek, milliy g‘oya va ma’naviyatni yuksaltirish, yoshlarda vatanparvarlik va adolat tuyg‘usini shakllantirish borasidagi davlat siyosati ham ushbu tadqiqotning amaliy zaruratini kuchaytiradi.
Adolatli boshqaruv, podshohi odil, davlat iqtisodiyoti, “Mahbub-ul qulub” , ijtimoiy adolat.
Metadata derekkózi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex tolıq mátindi saqlamaydı, derekkózge silteme beredi.