Yosh olimlar 4-том 68-сан (2026) · 54-57-беттер
CHO‘LPON IJODIDA TURKISTON MUXTORIYATI VA MILLIY ISTIQLOL G‘OYASI
Gadayeva, Mohigul
Аннотация
Mazkur maqolada XX asr boshlarida Turkiston o‘lkasida yuz bergan siyosiy jarayonlar, milliy uyg‘onish harakati va 1917-yilda tashkil topgan Turkiston Muxtoriyatining tarixiy ahamiyati Abdulhamid Cho‘lpon faoliyati bilan bog‘liq holda tahlil qilinadi. Tadqiqotda Turkiston Muxtoriyatining vujudga kelishiga olib kelgan siyosiy-ijtimoiy omillar, 1917-yil Fevral inqilobidan keyingi milliy siyosiy harakatlar, Qo‘qon shahrida chaqirilgan Umumturkiston musulmonlarining IV favqulodda qurultoyi va Muxtoriyat hukumatining tashkil etilishi yoritiladi. Shuningdek, Cho‘lponning milliy uyg‘onish harakatidagi o‘rni, uning “Ozod turk bayrami” she’ri orqali Turkiston Muxtoriyatini qo‘llab-quvvatlagani va mazkur asarning o‘zbek davlatchiligi tarixidagi ramziy ahamiyati tahlil qilinadi. Maqolada Turkiston Muxtoriyatining qisqa muddatli faoliyati va 1918-yil fevralida tugatilishi ham tarixiy manbalar asosida ko‘rib chiqiladi.
turkiston, milliy istiqlol, milliy uyg‘onish, jadidchilik, milliy davlatchilik
Метадайындар булагы: журналдын OAI-PMH архиви · Sindex толук текстти сактабайт, булакка шилтеме берет.