Yosh olimlar Том 4 № 68 (2026) · с. 58-60
KO‘MIR SHLAMLARINI FLOTATSION BOYITISHDA ZARRACHA O‘LCHAMINING AJRATISH SAMARADORLIGIGA TA’SIRI
Abduvaitova, Noila
Аннотация
Ushbu tezisda ko‘mir shlamlarini flotatsion boyitishda zarracha o‘lchamining ajratish samaradorligiga ta’siri xorijiy ilmiy adabiyotlar asosida tahlil qilingan. Tadqiqotda flotatsiya kinetikasi, pufakcha–zarracha to‘qnashuvi, yopishish va ajralish jarayonlarining zarracha o‘lchamiga bog‘liqligi ko‘rib chiqilgan. Adabiyotlar tahlili zarracha o‘lchami flotatsiya tezligi, chiqim va mahsulot sifatiga sezilarli ta’sir ko‘rsatishini ko‘rsatadi. Mayda zarrachalarda to‘qnashish va yopishish ehtimolining kamayishi, yirik zarrachalarda esa pufakchadan ajralish xavfining ortishi asosiy cheklovlar sifatida qayd etilgan. Shuningdek, mayda va yirik zarrachalarni flotatsiya qilish samaradorligini oshirishga qaratilgan zamonaviy texnologik yechimlar tahlil qilingan. Olingan natijalar ko‘mir shlamlarini boyitish jarayonlarini takomillashtirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqishda foydalanilishi mumkin.
ko‘mir shlami; flotatsiya; boyitish; zarracha o‘lchami; ajratish samaradorligi; flotatsiya kinetikasi; mayda zarrachalar; yirik zarrachalar; pufakcha–zarracha to‘qnashuvi; chiqim; tashuvchi flotatsiya; nanopufakcha.
Источник метаданных: OAI-PMH архив журнала · Sindex не хранит полный текст, а даёт ссылку на источник.