Zamonaviy dunyoda innovatsion tadqiqotlar 5-tom 27-san (2026) · 41-43-betler
“JANUBIY USTYURT” MILLIY TABIAT BOG’I HUDUDIDA TARQALGAN SHIGIRTKA TURLARINING TABIIY O’SIMLIK QOPLAMIGA TASIRI
Bazarbaeva, S.A., O’mirzakov, A.
Annotaciya
Mazkur maqolada “Janubiy Ustyurt” milliy tabiat bog’i hududida tarqalgan shigirtka turlarining tabiiy o‘simlik qoplamiga ta’siri o‘rganildi. Cho‘l ekotizimida uchraydigan asosiy yem-xashak va butasimon o‘simliklarga shigirtkalarning oziqlanish bosimi, fitomassa kamayishi va fitotsenoz tarkibining o‘zgarishi tahlil qilindi. Shigirtkalar to‘g‘riqanotlilar turkumiga mansub hasharotlar bo‘lib, Orthoptera turkumining eng keng tarqalgan guruhlaridan biridir. Ularning asosiy qismi Acrididae oilasiga kiradi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, shigirtkalar sonining ortishi dominant va subdominant turlarning kamayishiga hamda o‘simliklar qoplamining siyraklashishiga olib keladi. Shuningdek, ularning fitotsenozlardagi roli hamda o‘simlik qoplami va ekotizimlarga ta’siri yoritiladi. Shigirtkalar ayrim sharoitlarda zararkunanda sifatida namoyon bo‘lsa-da, tabiiy ekotizimlarda modda va energiya almashinuvining muhim bo‘g‘ini hisoblanadi.
Janubiy Ustyurt, shigirtka, fitotsenoz, dominant tur, cho‘l o‘simliklari, fitomassa.
Metadata derekkózi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex tolıq mátindi saqlamaydı, derekkózge silteme beredi.