Наука и инновации 4-том 71-сан (2026) · 55-57-беттер
ILMIY LOYIHALARNI GRANT ASOSIDA MOLIYALASHTIRISH TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISH ISTIQBOLLARI
Mirkasimov, Baxtiyer
Аннотация
Bugungi kunda jahon iqtisodiyotida ilm-fan va innovatsiyalarning iqtisodiy o‘sish, texnologik taraqqiyot va milliy raqobatbardoshlikni ta’minlashdagi roli tobora ortib bormoqda. Raqamli iqtisodiyotning jadal rivojlanishi, sun’iy intellekt, biotexnologiya, yashil texnologiyalar, robototexnika va boshqa yuqori texnologiyalarning iqtisodiyotning turli tarmoqlariga keng joriy etilishi ilmiy tadqiqotlarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlashning samarali mexanizmlarini shakllantirishni talab etmoqda. Ayniqsa, ilmiy loyihalarni tanlov asosida grantlar orqali moliyalashtirish ilmiy salohiyatni rivojlantirish, yangi bilimlarni yaratish va ularni amaliyotga tatbiq etishning muhim vositalaridan biri sifatida namoyon bo‘lmoqda.
Метадайындар булагы: журналдын OAI-PMH архиви · Sindex толук текстти сактабайт, булакка шилтеме берет.