Наука и инновации Volume 4 Issue 71 (2026) · pp. 81-86
AVESTO MATNLARIDA GEOGRAFIK NOMLARNING TARIXIY-TOPONIMIK TAHLILI
Yo‘ldoshev, Iskandar
Abstract
Mazkur maqolada “Avesto” matnlarida uchraydigan geografik nomlarning tarixiy-toponimik xususiyatlari tahlil qilinadi. Tadqiqotda, avvalo, “Vendidad”ning birinchi fragardida hamda “Yasht”larda qayd etilgan Airyanem Vaejah, Sug‘dha, Mouru, Baxdi, Haroyu, Haraxvaiti, Haetumant, Xvairizem va boshqa geografik nomlarning tarixiy-geografik mazmuni yoritiladi. Ushbu toponimlarning kelib chiqishi, semantik xususiyatlari, qadimgi va zamonaviy geografik hududlar bilan bog‘liqligi qiyosiy-tarixiy hamda etimologik tahlil asosida o‘rganiladi. Shuningdek, Avesto toponimlarining qadimgi Turon va kengroq Markaziy Osiyo hududlarining tarixiy geografiyasini, etnik-madaniy jarayonlarini hamda qadimgi xalqlarning hududiy tasavvurlarini tiklashdagi ilmiy ahamiyati ochib beriladi. Tadqiqot natijasida Avesto matnlaridagi geografik nomlar nafaqat diniy-mifologik tasavvurlar, balki qadimgi Sharq va Markaziy Osiyo tarixiy geografiyasini o‘rganishda muhim manbashunoslik materialini tashkil etishi asoslanadi. Ayrim toponimlarning aniq geografik lokalizatsiyasi, xususan, Airyanem Vaejah bilan bog‘liq masalalar ilmiy adabiyotlarda hanuz munozarali ekanligi ham alohida e’tiborga olinadi.
Avesto, geografik nomlar, toponimika, tarixiy geografiya, Airyanem Vaejah, Sug‘dha, Mouru, Baxdi, Markaziy Osiyo, qadimgi Turon, Vendidad, Yashtlar, etimologiya.
Metadata source: the journal's OAI-PMH archive · Sindex does not store the full text; it links to the source.