Zamonaviy dunyoda innovatsion tadqiqotlar 5-том 27-сан (2026) · 50-52-беттер
TADBIRKORLIK SUBYEKTLARINI MOLIYALASHTIRISHDA INNOVATSION KREDITLASH INSTRUMENTLARIDAN FOYDALANISH
Ergashev, Otamurod
Аннотация
Zamonaviy iqtisodiyot sharoitida tadbirkorlik subyektlarini moliyalashtirish mexanizmlarini takomillashtirish iqtisodiy o‘sishning muhim omillaridan biri hisoblanadi. Tadbirkorlik faoliyatining kengayishi yangi ish o‘rinlarini yaratish, ishlab chiqarish va xizmatlar hajmini oshirish, innovatsiyalarni joriy etish hamda iqtisodiyotning raqobatbardoshligini kuchaytirishga xizmat qiladi. Biroq tadbirkorlik subyektlarining moliyaviy resurslarga bo‘lgan ehtiyojini faqat an’anaviy bank kreditlari hisobidan qondirish zamonaviy iqtisodiyot talablariga to‘liq javob bermaydi. Ayniqsa, kichik biznes, yangi tashkil etilgan korxonalar va innovatsion loyihalar yuqori risk darajasi hamda yetarli garov ta’minotiga ega emasligi sababli an’anaviy kreditlash imkoniyatlaridan cheklangan holda foydalanadi. Shu sababli innovatsion kreditlash instrumentlarini rivojlantirish dolzarb ilmiy-amaliy masalalardan biridir.
Метадайындар булагы: журналдын OAI-PMH архиви · Sindex толук текстти сактабайт, булакка шилтеме берет.