Хорижий лингвистика ва лингводидактика 2-jild 8-son (2024)
Sanoatda raqamli transformatsiyaning shakllanishi va rivojlanishi
Rasulova, Dilbar, Murtazakulov, Odiljon, Расулова, Дилбар, Муртазакулов, Одилжон, Rasulova, Dilbar, Murtazaqulov, Odiljon
Annotatsiya
Ushbu maqolada sanoatda raqamli transformatsiya paydo bo‘lishi, uning shakllanishi va rivojlanishi, mamlakatva korxonalarga tegadigan foydasi haqida so‘z yuritiladi. Mamlakatning muvaffaqiyatli raqamli tarmoq iqtisodiyotinibarpo etishning asosi sanoat korxonalarini raqamlashtirishdir. Bu sanoat korxonasining butun ekotizimining eng yangitexnologiyalaridan foydalangan holda, shuningdek, to‘g‘ridan to‘g‘ri iqtisodiyotning tarmoqlaridan foydalangan holda judamurakkab qayta qurish jarayonidir. Sanoat korxonasini raqamli transformatsiya qilish jarayoni “raqamli korxonalar” paydobo‘lishiga olib keladi. Sanoat korxonalarini raqamli transformatsiya qilish, bir tomondan, raqamli transformatsiya sharoitidaiqtisodiyot tarmoqlarining mavjud ehtiyojlariga javob berish, boshqa tomondan, raqamlashtirishning maqsadlariva usullarini tanlash hisoblanadi. Ilmiy tadqiqot ishida sanoat korxonasida raqamli transformatsiya ta’rifi berilgan, hozirgivaqtda sanoat korxonalarini boshqarish tizimini rivojlantirishning asosiy tendensiyalari keltirilgan. Muallif tomonidanraqamli sanoat ishlab chiqarishining asosiy xususiyatlarini biznes subyektlarining tarmoq innovatsion faoliyatini amalgaoshirish uchun shart sifatida aniqlandi.
raqamli transformatsiya, raqamli iqtisodiyot, sanoat korxonalari, raqamli sanoat korxonasi, raqamli modellashtirish, raqamli texnologiyalar, sanoat korxonalarini raqamlashtirish, axborot kommunikatsiya texnologiyalari, sun’iy intellekt.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex toʻliq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.