Хорижий лингвистика ва лингводидактика 2-jild 12-son (2024)
O‘zbekistonda milliy ko‘p o‘lchovli kambag‘allik indeksini ishlab chiqish
Nishonova, Khurshida, Нишонова, Xуршида, Nishonova, Xurshida
Annotatsiya
Ushbu maqolada milliy ko‘p o‘lchovli kambag‘allik indeksini (MPI) qanday ishlab chiqish bo‘yicha batafsilva amaliy ma’lumot berilgan. Bundan tashqari, Alkire-Foster usuli yordamida kambag‘allikning turli o‘lchovli jihatlarinihisoblash jarayonlari batafsil yoritilgan. Jumladan, ta’lim, sog‘liqni saqlash va yashash sharoitlari kabi sohalarni hisobgaolishni ko‘zda tutadi. Maqolada, shuningdek, turli mamlakatlar tomonidan Barqaror rivojlanish maqsadlariga (BRM)erishish uchun milliy MPIlarini ishlab chiqish, hisoblash bo‘yicha olib borilgan ishlar va ulardan olingan misollar keltirilgan.O‘zbekistonda kambag‘allikni o‘lchash va uning turli aspektlarini hisobga olish imkoniyatlarini ko‘rsatadi. Milliy MPI asosidastrategik qarorlar qabul qilish uchun statistik asoslar yaratiladi va ijtimoiy rivojlanish hamda kambag‘allikni kamaytirishgayo‘naltirilgan yangi choralar ishlab chiqiladi.
kambag‘allik darajasi, global ko‘p o‘lchovli kambag‘allik indeksini, milliy ko‘p o‘lchovli kambag‘allik indeksini, Alkire-Foster usuli, Barqaror rivojlanish maqsadlari.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex toʻliq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.