Хорижий лингвистика ва лингводидактика 3-tom 1-san (2025)
O‘zbekistonda hududiy turizmni barqaror rivojlantirishda ijtimoiy-iqtisodiy hamda hukumat strategiyalarining roli va ta’siri
Toshtemirova, Dinora, Kodirova, М, Тоштемирова, Динора, Кодирова, М, Toshtemirova, Dinora, Qodirova, М
Annotaciya
Ushbu maqola Oʻzbekistonda mintaqaviy turizmning ijtimoiy-iqtisodiy taʼsiri, turizmni rivojlantirishda hamdaboshqarishda muhim bo‘lgan omillar, jumladan, infratuzilma, raqobatbardoshlik, davlat siyosati hamda iqtisodiyotdagibarqaror amaliyotlar rolini oʻrganishga qaratilgan. Maqalada 1995-yildan 2023-yilgacha bo'lgan ma'lumotlardanfoydalangan holda O'zbekiston yalpi ichki mahsulotini (YaIM) shakllantirishda turizmning rolini va muhim omillarini, xususan,sayyohlarning kelishi, davlat xarajatlari va inson kapitalini o'rganadi. Tadqiqot natijasi turizm mintaqaviy iqtisodiyotnirivojlantirish uchun keng imkoniyatlarni taqdim etsa-da, infratuzilma, siyosatning uyg'unligi va resurslar barqarorligi kabimuammolar mavjud ekanligini ko‘rsatadi. Shuningdek, maqolada turistik hududlarning raqobatbardoshligini oshirish,ularda qayta tiklanadigan energiya manbalarini integratsiya qilish va qishloq turizmi kabi turizm sohalaridan kengfoydalanishda aniq strategiyalar muhokama qilingan. Mazkur strategiyalar. Turizmdan mintaqaviy hamda ijtimoiy-iqtisodiyo‘sishning barqaror drayveri sifatida qanday foydalanish mumkinligi bo‘yicha dalillarga asoslangan tavsiyalar berish orqalimaqolada O‘zbekiston turizm sektorining dinamik ishlashi to‘g‘risidagi savollarga javob beriladi
ijtimoiy-iqtisodiy ta'sirlar, turizmni rivojlantirish, barqaror turizm.
Metadata derekkózi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex tolıq mátindi saqlamaydı, derekkózge silteme beredi.