Хорижий лингвистика ва лингводидактика 3-tom 4-san (2025) · 59-67-betler
“QISSAYI KURASH AZ XISLAT” ASARINING MATN TARIXI
Atabayeva, Zarnigor, Атабаева, Зарнигор, Atabayeva, Zarnigor
Annotaciya
Ushbu maqolada XIX asr oxiri – XX asr boshlarida yashab ijod etgan ma’rifatparvar shoir Sayid Haybatullohxoʻjaning “Qissayi kurash az Xislat” asarining matn tarixi yoritilgan. Mazkur she’riy qissaning matn tarixini o‘rganish Xislatning ijtimoiy voqeliklarga munosabati, ijodiy uslubidagi o‘ziga xosliklar, hayotiy qiziqishlari, o‘y-kechinmalari haqida muayyan tasavvurlar hosil qilish mumkin. Mavzuni yoritishda qiyosiy-tarixiy, matniy-qiyosiy, statistik tahlil usullaridan foydalanildi. Tadqiqotda masnaviyning qoʻlyozma, toshbosma bayozlar va nashr variantidagi matniy tafovutlar sabablari aniqlangan hamda asliyatga muvofiq ishonchli matnlari tiklangan.
qo‘lyozma, matn tarixi, adabiy manbashunoslik, qissa, masnaviy, bayoz, qofiya, g‘azal, asosiy matn, hoshiya.
Metadata derekkózi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex tolıq mátindi saqlamaydı, derekkózge silteme beredi.