Marketing № 2 (2026)
ISHLAB CHIQARISH KORXONALARIDA LOGISTIKA XIZMATINI RIVOJLANTIRISHNING DOLZARB MASALALARI
Maxmidov Shirinboy Botirovich
Аннотация
AnnotatsiyaMazkur maqolada ishlab chiqarish korxonalarida logistika xizmatinirivojlantirishning dolzarb masalalari tizimli yondashuv asosida tahlil qilingan. Ishlabchiqarish tizimlarining evolyutsiyasi, sanoat inqiloblari va raqamli iqtisodiyotsharoitida logistika xizmatining roli hamda funksional mazmunidagi oʻzgarishlar ilmiyjihatdan asoslab berilgan. Tadqiqotda ishlab chiqarish-logistik makonning yaxlitliginitaʼminlash, moddiy va axborot oqimlarini sinxronlashtirish, zaxiralarnioptimallashtirish hamda logistika xarajatlarini kamaytirish masalalariga alohida eʼtiborqaratilgan. Shuningdek, korxonalarda logistika xizmatini samarali tashkil etishningustuvor yoʻnalishlari - raqamli texnologiyalarni joriy etish, tejamkor ishlab chiqarishtamoyillarini qoʻllash, taʼminot zanjiri ishtirokchilari oʻrtasida integratsiyanikuchaytirish hamda jarayonlarga yoʻnaltirilgan boshqaruv tizimini shakllantirishasoslab berilgan.Kalit soʻzlar: ishlab chiqarish logistikasi, ishlab chiqarish-logistika tizimi,taʼminot logistikasi, taqsimot logistikasi, resurslar harakati logistikasi, transportlogistikasi, ichki ishlab chiqarish oqimlari, omborlash, raqamli platformalar,avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlari.
Источник метаданных: OAI-PMH архив журнала · Sindex не хранит полный текст, а даёт ссылку на источник.