Хорижий лингвистика ва лингводидактика 4-том 2-нөмір (2026) · 120-127-беттер
DIKENS ROMANLARIDA INSONIY FAZILATLAR VA IJTIMOIY CHEKLANISHLAR: MAGVICH OBRAZINING TAHLILI
Abdurakhimova, Feruza, Абдурахимова, Феруза, Abduraximova, Feruza
Аңдатпа
Ushbu maqolada Charlz Dikensning Buyuk umidlar romani misolida insoniylik, axloqiy poklik va jamiyatdagi ijtimoiy zaifliklar masalalari tahlil qilinadi. Asosiy e’tibor Abel Magvich obraziga qaratilgan bo‘lib, u ijtimoiy marginal holatga tushirilgan, biroq o‘z ichki fazilatlari orqali boshqa qahramonlar, xususan Pip hayotida o‘zgarishlar yuzaga keltiradi. Magvichning soddalik, mehr-oqibat, fidoyilik va altruizm kabi xususiyatlari orqali Dikens ijtimoiy adolat va axloqiy o‘sish mavzularini ochib beradi. Maqola Dikensning axloqiy-estetik idealini ijtimoiy, psixologik va simbolik kontekstda yoritadi.
Altruizm, axloqiy ideal, gumanizm, tanqidiy realizm, axloqiy-estetik konsepsiya, ijtimoiy adolat, shaxsiy kamolot, ijtimoiy-falsafiy roman, insoniylik, axloqiy evolyutsiya
Метадеректер дереккөзі: журналдың OAI-PMH архиві · Sindex толық мәтінді сақтамайды, дереккөзге сілтеме береді.