Хорижий лингвистика ва лингводидактика Ҷилди 4 № 2 (2026) · Саҳифаҳои 257-261
RAQAMLI KOMMUNIKATSIYADA ZOOKOMPONENTLI MAQOLLARNING LINGVOPOETIK VA SEMANTIK XUSUSIYATLARI
Normuhammedova, Mohinur, Нормухамедова, Мохинур, Normuhammedova, Mohinur
Аннотатсия
Ushbu maqolada raqamli kommunikatsiya (internet, ijtimoiy tarmoqlar, forumlar va bloglar) kontekstida zookomponentli maqollarning lingvopoetik va semantik xususiyatlari ilmiy tahlil qilingan. Tadqiqotning asosiy maqsadi hayvon obrazlari orqali til va madaniyatning o‘zaro bog‘liqligini aniqlash, shuningdek, ularning digital kommunikatsiyadagi funksiyalarini o‘rganishdir. Maqolada ingliz va o‘zbek tilidagi zookomponentli maqollar solishtirma usulda tahlil qilinib, ularning lingvopoetik imkoniyatlari, metaforik funksiyalari, semantik o‘ziga xosliklari va kommunikativ samaradorligi ko‘rib chiqilgan. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, digital kommunikatsiyada hayvon metaforalari nafaqat ma’no uzatishda, balki badiiy-estetik ta’sir yaratishda ham muhim rol o‘ynaydi. Bundan tashqari, maqolada raqamli kommunikatsiya sharoitida zookomponentli ifodalar qanday yangi ma’no va konnotatsiyalar kasb etishi ham tahlil qilingan.
zookomponent, maqol, lingvopoetika, semantika, metafora, digital kommunikatsiya, internet tilshunosligi, ijtimoiy tarmoq, kommunikativ funksiyalar
Манбаи метамаълумот: бойгонии OAI-PMH-и маҷалла · Sindex матни пурраро нигоҳ намедорад, ба манбаъ пайванд медиҳад.