Хорижий лингвистика ва лингводидактика 4-том 2-сан (2026) · 362-371-беттер
LINGVISTIK KORPUSLAR TADQIQI: MULTIMEDIA KORPUSI
Mukhamedova, Mukhlisa, Мухамедова, Мухлисa, Muxamedova, Muhlisa
Аннотация
Ushbu maqolada korpus lingvistikasining nazariy asoslari, jahon tajribasi va turkiy tillarda yaratilgan multimedia korpuslarining tahlili amalga oshirilgan. Tadqiqotda multimedia korpuslarini yaratish bosqichlari, multimodal annotatsiyalash tamoyillari hamda ularning lingvistik tadqiqotlardagi ahamiyati o‘rganilgan. ELAN, ANVIL, Praat kabi maxsus dasturiy vositalar yordamida audio va video materiallarni annotatsiyalash metodologiyasi tahlil qilingan. Turkiy tillar, jumladan, turk, tatar, qozoq, qirg‘iz va o‘zbek tillarida yaratilgan multimedia korpuslari qiyosiy o‘rganilgan. Tadqiqot natijasida multimedia korpuslarini yaratishning optimal metodologiyasi ishlab chiqilgan va o‘zbek tili multimedia korpusini yaratish bo‘yicha tavsiyalar berilgan.
multimedia korpusi, multimodal annotatsiya, og‘zaki nutq korpusi, ELAN, ANVIL, Praat, turkiy tillar korpusi, lingvistik annotatsiya, prosodik annotatsiya
Метадайындар булагы: журналдын OAI-PMH архиви · Sindex толук текстти сактабайт, булакка шилтеме берет.