Marketing Issue 2 (2026)
DAVLAT ISHTIROKIDAGI KORXONALARNI IPO ORQALI XUSUSIYLASHTIRISHDA AKSIYALAR QIYMATINI ANIQLASHNING NAZARIY VA AMALIY ASOSLARI
Razikov Ulugʻbek Zaripovich
Abstract
Mazkur tadqiqotda davlat ishtirokidagi korxonalarni ommaviy joylashtirish jarayonida aksiyalar qiymatini aniqlash amaliyoti tahlil qilindi. Tadqiqot doirasida baholashning nazariy asoslari, daromadli yondashuv va diskontlangan pul oqimlari modeli oʻrganildi. Amaliy tahlil asosida “UzAuto Motors” va “Uzbektelecom” korxonalari misolida aksiyalar qiymati shakllanishining bosqichlari aniqlashtirildi. Natijalar baholash metodologiyasining takomillashuvi kapital oʻsishiga ijobiy taʼsir koʻrsatganini tasdiqladi. Shuningdek, shaffoflik va bozor mexanizmlarining rivojlanishi investorlar ishonchini mustahkamlagani qayd etildi. Tadqiqot xulosalari kapital bozorini rivojlantirish va IPO jarayonlarini takomillashtirishda amaliy ahamiyat kasb etdi.
IPO, aksiyalar qiymati, davlat korxonalari, baholash metodlari, diskontlangan pul oqimlari, kapital bozori, investitsiyaviy jozibadorlik, bozor kapitalizatsiyasi.
Metadata source: the journal's OAI-PMH archive · Sindex does not store the full text; it links to the source.