Marketing 3-son (2026)
IQTISODIYOTDA KICHIK BIZNES SUBYEKTLARINING OʻRNI,ULARNING IQTISODIY RIVOJLANISHDAGI AHAMIYATI VAINSTITUTSIONAL XUSUSIYATLARI
Anvarova Muqaddas Maxamadjonovna
Annotatsiya
Mazkur tadqiqotda iqtisodiyotda kichik biznes subyektlarining oʻrni, ularningiqtisodiy rivojlanishdagi ahamiyati hamda institutsional xususiyatlari tahlil qilingan.Tadqiqotda kichik biznesning ish oʻrinlari yaratish, innovatsiyalarni rivojlantirish,bozor raqobatini kuchaytirish va iqtisodiy diversifikatsiyani taʼminlashdagi roli yoritibberilgan. Raqamli transformatsiya jarayonining kichik biznes faoliyatiga taʼsiri,xususan, raqamli platformalar orqali bozorga kirish imkoniyatlarini kengaytirish,operatsion samaradorlikni oshirish va xarajatlarni kamaytirish kabi jihatlar koʻribchiqilgan. Tadqiqot natijalari kichik biznesni rivojlantirish uchun institutsional muhitnitakomillashtirish, moliyaviy resurslarga kirishni kengaytirish, raqamli infratuzilmanirivojlantirish va tadbirkorlik koʻnikmalarini oshirish muhim ahamiyatga ega ekanliginikoʻrsatadi.
Kichik biznes, iqtisodiy rivojlanish, raqamli platformalar, raqamli transformatsiya, innovatsiya, raqobatbardoshlik, institutsional muhit.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex toʻliq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.