Marketing 3-нөмір (2026)
OʻZBEKISTON SOGʻLIQNI SAQLASH TIZIMIDA TADBIRKORLIKRIVOJLANISHINING ZAMONAVIY HOLATI VA AMALIY TAHLILI
Solikhova Dildora Alisher qizi
Аңдатпа
Sog‘liqni saqlash sohasida xususiy sektor va tadbirkorlikning faollashuviOʻzbekistonda davlat xizmatlari sifatini oshirish, aholi talabi ortib borayotganyoʻnalishlarda qoʻshimcha quvvatlar yaratish hamda investitsiyalarni jalb qilishsiyosati bilan uzviy bogʻlandi. Milliy qonunchilik sogʻliqni saqlashning yagona tizimidavlat, xususiy va boshqa tizimlar majmuasidan iborat ekanini belgilab, xususiytibbiyotning institutsional legitimligini mustahkamlaydi (yagona tizim konsepsiyasihamda xususiy tizimlarni rivojlantirishga sharoit yaratish vazifasi). Biroq tadbirkorlikrivoji sogʻliqni saqlashni moliyalashtirish va koʻp tarmoqli islohotlar bilan bir vaqtdakechmoqda.Maqolada Oʻzbekiston sogʻliqni saqlash tizimida tadbirkorlik va xususiysektorning rivojlanishi kompleks tahlil qilinadi: normativ-huquqiy muhit,moliyalashtirish arxitekturasi, xizmat koʻrsatish modeli va innovatsion transformatsiyajarayonlarida xususiy provayderlarning roli baholanadi. Tadqiqot aralash (mixedmethod)yondashuvda olib borildi: huquqiy hujjatlar kontent-tahlili, milliy statistikakoʻrsatkichlarining deskriptiv tahlili, xalqaro hisobotlar (WHO, World Bank) boʻyichakomparativ xulosalar hamda uchta keys-stadi (dializ DXSh, xususiy koʻp tarmoqlimarkaz, laboratoriya tarmogʻi) asosida amaliy toʻsiqlar va imkoniyatlar oʻrganildi.Natijalar xususiy sektor oʻsishi tezlashayotganini, biroq hududiy konsentratsiya, “oʻzchoʻntagidan” toʻlovlar ulushi, kadrlar va sifat monitoringidagi institutsionalboʻshliqlar tadbirkorlikning ijtimoiy samaradorligini cheklayotganini koʻrsatadi.Maqola sugʻurta asosida strategik xaridni kengaytirish, litsenziyalash-akkreditatsiyaninatija indikatorlari bilan bogʻlash, raqamli sogʻliq infratuzilmasini interoperabelstandartlar asosida joriy qilish, DXSh loyihalarini hududiy tenglik mezonlari bilansaralash hamda tadbirkorlar uchun komplayens/menejment kompetensiyalarinikuchaytirish boʻyicha amaliy tavsiyalarni taklif etadi.
Dializ, xususiy sektor, OOP-Out-of-pocket, davlat-xususiy sheriklik, tibbiy sugʻurta, strategik xarid, litsenziyalash, akkreditatsiya, raqamli sogʻliqni saqlash.
Метадеректер дереккөзі: журналдың OAI-PMH архиві · Sindex толық мәтінді сақтамайды, дереккөзге сілтеме береді.